ega bo’lasiz. Bu saytda tanlovlar ham bo’lib turadi. Eng ko’p va eng yaxshi referat,
hisobot, ilmiy ish kabi ishlarga savg’o mavjud. REF.uz sayti nafaqat o’quvchilarga,
ilmiy xodimlarga va talabalarga ham mo’ljallangan.
Kataloglar yordamida qidirish
Internetdan ma’lumot olish uchun
qidiruv mashinalaridan tashqari kataloglardan foydalanish mumkin. Internet-
katalog – bo’limlardan iborat tizimli ko’rsatkichlar to’plami. Bu to’plamni robot
emas, tajribali mutaxassislar yaratadi. Ko’rsatkichlar to’plami bir necha katta
bo’limlardan iborat bo’ladi. Masalan, biznes, san’at, komp’yuter, sport va hokazo.
Bunday har bir bo’lim bir necha qism bo’limlaridan iborat bo’lishi mumkin.
Masalan, sport ko’rsatkichiga chertsangiz futbol, basketbol, tennis va hokazo
bo’limlarni topasiz. SHunday qilib, katalog daraxtsimon tizimga ega va har bir
sichqoncha chertilishida ko’rsatkichlar shoxlanib ketaverishi mumkin.