|
Mavzuning o`rganilganlik darajasi
|
bet | 4/30 | Sana | 21.07.2021 | Hajmi | 11,3 Mb. | | #15427 |
Mavzuning o`rganilganlik darajasi. Mavzuga oid materiallar mamlakatimizning pedagogik olimlaridan L.A.Gafurova , I.O.Alyabina , G.M. Nabieva, G.T.Djalilova , B.S.Mambetnazarov (2017), Gulyamova.L.X, Safarov.E.Yu., Abdullayev.I.O. (2013), Musaev.I.M., Abduraximov X.A. (2009), va boshqalar tomonidan “geografik axborot tizimlarini “ hayotga tadbiq qilish asosida o`rganilgan.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Mazkur bitiruv malakaviy ishida geografiya darslarida geografik axborot tizimlari (GAT) dan foydalanish yo`llarini ko`rsatish maqsadi qo`yilgan. Shu madsadga bog`liq holda ularning qisqacha ta`rifi va tarixi va boshqa fanlar bilan aloqadorligi yoritilgan. Eng muhim masala geografik axborot tizimidan foydalanishdir. Ular faqat xarita tuzish va jihozlash uchun qo`l keladi degan fikr noto`g`ri deb hisoblasak bo`ladi va ularni imoniyatlari nihoyatda cheksizdir.Ushbu tizim yordamida yangi axborot mahsulot yaratish, axborot bilan ta`minlash, axborot asosida joyni , hodisa , jarayonni o`rganib unumli qaror qabul qilish va idora qilish vazifalari yechilmoq. Tadqiqotning vazifalari. Ishda ko`zda tutilgan maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:
-geografik axborot tizimlarining tasnifi, klassifikatsiyasi, ulardan foydalanishning afzalliklari;
-geografiya darslarida geografik axborot tizimlardan foydalanish metodlarini yoritib berish;
-geografik axborot tizimlarining zamonaviy dasturlari haqida malumotlar to`plash va ularda ishlashni yoritib berish;
|
| |