|
Jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti geografiya o
|
bet | 21/30 | Sana | 21.07.2021 | Hajmi | 11,3 Mb. | | #15427 |
4,3,2-Standart <> kombinatsiyasi. O`simliklar qoplami qizil, shahar qurilishlari –yashil-havorang, tuproqlar esa, to`q qo`ng`ir rangdan yorqin qo`ng`ir tusgacha aks ettiriladi. Muz, qor va bulutlar oqish yoki och havorangda aks ettiriladi. Ninabargli o`rmonlar nisbatan to`q qizil yoki hatto, bargli o`rmonlarga nisbatan qo`ng`ir tusda tasvirlanadi. Bu kombinatsiya juda ommalashgan bo`lib, asosan o`simlik qoplamini o`rganish, drenaj tizimlari va tuproqlarning mozaik tavsiflarini va shunengdek, qishloq xo`jalik ekinlari maydonlarini o`rganishda foydalaniladi. Umumiy holatda to`yingan qizil rangdagi dog`lar sog`lom va keng bargli o`simliklar qoplami hisoblanadi., shu bilan bir vaqtda nisbatan och tusli sohalar o`tsimon yoki siyrak butasimon o`simliklar qoplamini ifodalaydi
|
| |