|
Rastr ma`lumotlarni kiritish uslublari
|
bet | 18/30 | Sana | 21.07.2021 | Hajmi | 11,3 Mb. | | #15427 |
Rastr ma`lumotlarni kiritish uslublari. Ayrim hollarda rastr ma`lumotlarning kiritilishi haligacha qoplama to`rlaridan foydalanib amalga oshiriladi, bunda atributlar ketma-ketlikda, navbat bilan kiritiladi. Rastrli formatlarga TIFF, JPEG, JPG , BMP larni misol keltirish mumkin. Skanerlardan keng ko`lamda foydalanish imkoniyatlari ushbu nisbatan qiyin kiritish uslubini amaliyotdan siqib chiqargan,biroq bu uslubdan foydalanish rastr yacheykalarini kiritish uchun foydalanuvchiga raqamli shaklga o`tkazish dasturlarida qo`llanuvchi turli xil uslublardan juda yaxshi foydalanish imkonini beradi.SHunendek, oldingi davrlarda ko`pincha rastr ma`lumotlarning raqamli shaklga digitayzer yordamida o`tkazilishidan ham keng foydalanilgan, bunda digitayzer yordamida hosil qilingan vektor ko`rinishidagi ob`yekt konturi raqamli shaklga o`tkaziluvchi dastur piksellar orqali to`ldiriladi. Eng avvalo , rastrning har bir yacheykasining qanday maydonni egallashi kerakligi masalasiga oydinlik kiritib olish talab qilinadi. Bu masalani hal qilish ma`lumotlarni raqamli shaklga o`tkazilishiga kirishishdan yoki qoplam to`rini joylashtirishdan oldin hal qilish talab qilinadi, ya`ni raqamli shaklga o`tkazish dasturga yacheykaning o`lchamlari haqida ma`lumot berish yoki operatorga to`rlar kvadratlari o`lchamlari haqida ma`lumot berish amalga oshiriladi. Digitayzer yordamida ma`lumotlarni kiritish mumkin bo`lgan yoki digitayzer va tugmachalar to`plami (klaviatura) yordamida kiritish mumkin bo`lgan rastr tavsifiga ega ayrim GAT tarkibida ma`lumotlarni zanjir shaklida yoki atributlar bloklari shaklida kiritish imkonini beruvchi buyruqlar mavjud hisoblanadi.Xarita tarkibida bir jinsli tavsifda bo`yalgan sohalar skaner orqali o`qilganidan keyin, qochib bo`lmaydigan tarzda qiymatlarining ma`lum darajada o`zgarishiga olib keladi, bu holatga ko`plab omillar sabab bo`lishi mumkin:jumladan xaritaning bo`yalishining bir jinsli tavsifga ega emasligi, ko`z bilan ko`rish qiyinligi , skanerda yorug`lik nuri berilishining bir jinsli tavsifga ega emasligi, xaritalarning eskirganligi va boshqa sabablar tasir ko`rsatishi mumkin.
|
| |