51
–
xalqaro tashkilotlarning metrologiya masalalari bo‘yicha
faoliyatida
qatnashish;
–
O‘zbekiston o‘lchashlar birligini ta’minlash tizmi (O‘z O‘BTT) ning ishini
va rivojlanishini, xalqaro o‘lchashlar tizimi va boshqa mamlakatlarning o‘lchashlar
tizimlari bilan uyg‘unlashtirishni ta’minlash;
–
iste’molchilarning huquqlarini, insonlarning sog‘ligi va xavfsizligini, atrof
muhitni va davlat manfaatlarini o‘lchashlar ishonchsiz natijalarining salbiy
ta’sirlaridan himoya qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish.
“O‘zstandart” Agentligi to‘g‘risida Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2004 yil 5 avgustdagi №373-sonli Qarori bilan tasdiqlangan. Unga
ko‘ra Davlat metrologik xizmatiga quyidagilar kiradi:
–
Milliy etalonlar markazi;
–
Metrologik xizmat Bosh markazi;
–
Standart namunalar Bosh markazi;
–
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot
instituti (SMS ITI) Malaka oshirish markazi (MOM) bilan birga;
–
sinash va sertifikatlashtirish hududiy markazlarining (SSM) ning
metrologik laboratoriyalari;
–
standartlashtirish va metrologiya hududiy boshqarmalari (SMB);
–
Axborot-ma’lumotnoma markazi.
Milliy etalonlar markazi O‘zbekiston Respublikasi
etalon zahirasini
rivojlantirish va mukammallashtirish, kattaliklar birliklarining davlat etalonlarini
yaratish, saqlash va qo‘llanish bo‘yicha ishlarni olib boradi.
Metrologik xizmat Bosh markazining vazifalari SMS ITI ga yuklatilgan
bo‘lib, o‘lchashlar birliligini ta’minlash ilmiy-metodik, texnik-iqtisodiy, tashkiliy,
me’yoriy
asoslarini yaratadi, metrologiya sohasida kadrlar tayyorlash va malaka
oshirish ishlarini bajaradi.
Standart namunalar Bosh markazi, buning vazifalari ham SMS ITI ga
yuklatilgan, moddalar va materialllar tarkibi va xossalarining
standart namunalari
davlat xizmatiga ilmiy-metodik rahbarlik qiladi, yuridik shaxslarning standart
52
namunalarini
chiqarish
va
qo‘llanish
tartibi
bo‘yicha
faoliyatlarini
muvofiqlashtiradi, mamlakatimizda chiqariladigan davlat standart namunalarini
ekspertiza qilish va attestatlashni amalga oshiradi.
Metrologik xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha Markaz, hududiy SSM ning
metrologik laboratoriyalari, hududiy SMB o‘lchashlar birliligini ta’minlash
bo‘yicha
ishlarni muvofiqlashtiradi, davlat metrologik tekshiruvi va nazorati
qo‘llaniladigan sohada metrologik tekshiruv va nazoratni O’z DSt 8.002:2002 “O‘z
O‘DT. Metrologik tekshiruv va nazorat. Asosiy nizomlar” bo‘yicha o‘tkazadi.
Axborot-ma’lumotnoma markazi me’yoriy hujjatlar jamg‘armasini saqlaydi
va O‘z O‘BTT qatnashchilarini axborotlar bilan ta’minlaydi.