|
Ызбекистон республикаси олий ва
| bet | 62/113 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 1,41 Mb. | | #132930 |
Bog'liq portal.guldu.uz-BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR (1)Muhokama uchun savollar
-
Bolalarning ona –Vatan oldidagi muqaddas burchi, fidoyiligi, e’tiqodi va sadoqati shoirning qaysi asarida chuqur ifodasini topgan.
-
Shoirning o’zbek bolalar adabiyotida alohida ahamiyatga ega she’rlari haqida ma’lumot bering.
2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Uyg’un ijodida folklor motivlari va shoir xalq og’zaki ijodidan ruhlangan holda yaratgan ertak-dostonlari haqida tushuncha berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1. Uyg’un ijodida folklor motivlari sezilib turganligi haqida fikr bildiradi.
2.«Yolg’onchining jazosi» asarining syujet chizig’ini izohlaydi.
2-asosiy savolning bayoni:
Uyg’un ijodida folklor motivlari yaqqol sezilib turadi. Uning Navoiy, Gulxaniy, Hamza asarlaridan ta’sirlangan va xalq og’zaki ijodidan ruhlangan holda yaratgan «Yolg’onchining jazosi» ertak-dostoni yosh kitobxonlar muhabbatini allaqachon qozongandir.
Garchand, bu asarning syujet chizig’i «Sher va durroj»ga o’xshab ketsa-da, dostonda butunlay boshqa voqea, boshqa obrazlar talqin etiladi. Uning asosiy obrazlaridan biri – Xolvoy yolg’onchi, xasis boy timsolida gavdalanadi. U boylik ketidan quvgan kimsa. Shuning uchun ham «ishonmasdan cho’ponga, o’zi boqardi qo’yin».
Xolvoy qo’y boqib yurib, bir kuni saharda juda zerikadi, nima qilarini bilmay, odamlarni sinab ko’rmoqchi bo’ladi:
-
Dod kelinglar, kelinglar!
Yuguringlar, elinglar!
Qo’yimga tegdi bo’ri,
Quridi qo’yning sho’ri!
-deya ovozi boricha baqiradi, dodlaydi. Odamlar shirin uyqularini buzib, «qo’lga tayoq olishib, chopib, charchab, tolishib», yordamga etib keladilar. Lekin boy quvonchini sezgan olomon undan qattiq ranjiydi. Xolvoy xalq qahr-g’azabiga duchor bo’ladi, o’ziga ishonchni yo’qotadi. Boshqa kuni qo’ylariga chindan ham bo’ri tekkanda har qancha baqirib-chaqirmasin, hech kim yordamga kelmaydi.
Bo’rilar, xatto, boyning o’zini ham eb qo’yishiga oz qoladi. Aldangan xalq ertasi kuni bu voqeani ko’rib, Xolvoyga achinmaydi.
Aksincha:
Zararlaring ko’p bo’pti,
Ajab bo’pti, xo’p bo’pti!
Yolg’onchiga shu sazo,
Shunga loyiq jazo!
-deb ta’na toshini yog’diradi.
Xullas, Uyg’unning bolalarga atab yozgan asarlari ular xarakteri, orzu-umidlari, qiziqishlarini o’zida mujassam etishi bilan qadrli.
|
| |