• Shu bilan bir qatorda
  • Oriental Renaissance: Innovative




    Download 466,97 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet10/12
    Sana15.12.2023
    Hajmi466,97 Kb.
    #119625
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    ta-lim-sifati-islohotlar-muammolar-yechimlar-va-istiqbollari-haqida-fikr-va-mulohazalar

    Oriental Renaissance: Innovative, 
    educational, natural and social sciences 
     
    VOLUME 1 | ISSUE 8 
    ISSN 2181-1784 
    Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
    532 
    w
    www.oriens.uz
    September 
    2021
     
    Shu bilan bir qatorda: 
    - pedagoglar o‘z kasbiy faoliyati bo‘shliqlarni to‘ldirish ustida izlansin, o‘z 
    ustida muntazam ishlasin; 
    - ta’lim oluvchilar bilan Internet tarmoqlari yoki telegramm orqali bog‘lanib 
    tursin, o‘z fani yuzasidan ularga muammoli vazifalarni taklif etib borsin hamda 
    ularning bajarilishini nazorat qilsin; 
    - hayotiy, turmush, fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bog‘liq muammolarni 
    hal etishga bag‘ishlangan ma’lumotlardan ularni ko‘proq xabardor qilsin; 
    - bugungi kunda televidenie orqali efirga uzatilayotgan darslarni kuzatib borsin, 
    ulardan tajriba olsin, ularni ko‘rishni ta’lim oluvchilariga ham taklif etsin; 
    - ma’ruzalar slaydini yaratsin, ularda loyihalash va modellashtirishga e’tiborni 
    qaratsin, bu o‘z navbatida ta’lim oluvchilarning bilimlarni puxta egallashlariga, 
    yaxshi tushunishlariga, kelajakda kerakli ekanligini tasavuur etishlariga xizmat qiladi; 
    - bugungi kunda o‘qitish shakllari, metodlari, vositalari va texnologiyalarini 
    qanday takomillashtirish kerakligi haqida o‘ylasin, bu o‘z navbatida ta’lim 
    oluvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirada, pedagogga bo‘lgan 
    hurmat kuchayadi, o‘zaro ijobiy munosabat va hamkorlik vujudga keladi; 
    - zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ular asosida yaratilgan interfaol 
    usullarni yaxshilab o‘rgansing, chunki ayrim pedagoglarimiz pedagogik 
    texnologiyalarning maqsad va vazifalarini, uning tamoyillarini, qonuniyatlarini, 
    darsga kiritish mexanizmlarini hanuzgacha bilishmaydi yoki ulardan pala-partish 
    foydalanishadi, bu esa o‘z navbatida ta’lim oluvchilar bilimining susayishiga olib 
    keladi; 
    - bugungi kunda ta’lim oluvchilarning kasbiy sifatlarini shakllantirish va 
    rivojlantirishga yo‘naltirilgan – muammoli o‘qitish, loyihalash, evristik, 
    modellashtirish, modulli o‘qitish texnologiyalaridan ko‘proq foydalanishga hamda 
    o‘z faoliyatiga joriy etishga harakat qilsin, ularni yaxshilab tushunib olsin; 
    - ta’lim oluvchilarga kelajakda yaxshi mutaxassis bo‘lib yetishishlarida mavjud 
    tajriba va mahoratini ayamasin, xo‘ja ko‘rsinga dars o‘tishdan voz kechsin, chunki 
    yoshlarimizni kelajak kutyapti, Prezidentimiz ularga katta ishonch bildiryapti, 
    qolaversa bu pedagogning obro‘si; 
    - men zo‘rman deyishdan o‘zini asrasin, tajriba almashsin, bilmaganlarini 
    boshqalardan so‘rasin, bilganlarini boshqalarga o‘rgatsin, aytishadi-ku so‘rab 
    o‘rgangan olim, so‘ramagan o‘ziga zolim deb. 
    Demak, 
    ilg‘or xorij tajribalaridan foydalangan holda o‘zimizning 
    tizimlashtirilgan 
    ta’lim 
    sifati 
    borasidagi 
    amalga 
    oshiriladigan 
    ishlarni



    Download 466,97 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 466,97 Kb.
    Pdf ko'rish