Kalit so‘zlar.
Hisob siyosati, texnik ta’minot, qishloq xo‘jaligi, fermer xo‘jaligi,
buxgalteriya hisobi.
Аннотatsiя:
В статье рассматриваются эффективные способы ведения
учетной политики в сельскохозяйственных предприятиях, в том числе
техническое обеспечение бухгалтерского учета в фермерских хозяйствах.
Ключевые слова
Учетная политика, техническое обеспечение, сельское
хозяйство, фермерское хозяйство, бухгалтерский учет.
Abstract.
The article examines the effective ways of conducting accounting
policy in agricultural enterprises, including the technical support of accounting in
farms.
Key words.
Accounting policy, technical support, agriculture, farm, accounting.
Mavjud manbalarni, xususan, xorijiy, MDH mamlakatlari va respublikamizda
chop etilgan sohaga oid ilmiy va о‘quv-uslubiy adabiyotlar hamda meyoriy
hujjatlarni о‘rganish shuni kо‘rsatdi-ki, ularda kо‘pincha “hisob texnikasi”,
535
“buxgalteriya hisobi texnikasi”, “hisobda qayd etish texnikasi”, “hisob yuritish
texnikasi” kabi atamalar uchraydi. Bu atamalar buxgalteriya hisobining analitik va
sintetik hisob registrlarida xо‘jalik operatsiyalarini yozish (qо‘lda bajariladigan yoki
avtomatlashtirilgan hisob sharoitida), ularda oborot va qoldiqlar chiqarish kabi
amallarni bildiradi.
Bizningcha, buxgalteriya hisobini tashkil etishdan to yuritish va hisobot tuzish
hamda taqdim etishga qadar barcha ishlarni mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqqan
holda texnik ta’minlash - hisob siyosatining texnik ta’minoti deb atalgani maqsadga
muvofiq.
Hisob siyosatining texnik ta’minoti buxgalteriya hisobining uslubiy va tashkiliy
jihatlarini zamon talablari darajasida amalga oshirishga yо‘naltirilgan tadbirlar
tizimidir.
Bunday tadbirlar tizimiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
xо‘jalik yurituvchi subyektlar moliya-xо‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi
namunaviy schyotlar rejasi va uni qо‘llash bо‘yicha yо‘riqnoma asosida ishchi
schyotlar rejasini ishlab chiqish;
dastlabki hujjatlar va ularni rasmiylashtirish qoidalari (buxgalteriyaning har
bir bо‘limi bо‘yicha, masalan, ish xaqi hisobi, materiallar hisobi va h.k);
sintetik va analitik hisob registrlarining korxona sharoitiga mos namunaviy
shakllarini tanlash va (yoki) ishlab chiqish;
zamonaviy EHM, axborot texnologiyalari, dastur ta’minoti va shu kabilar
negizida buxgalteriya hisobini kompterlashtirish;
sintetik va analitik hisob obyektlari bо‘yicha tasniflagich (kodifikator)lar
tuzish;
biznesni boshqarishning zamon talablariga javob beradigan malakali
buxgalterlar bilan ta’minlash;
hisob jarayonlarini optimallashtirishga doir tashkiliy-texnik va sanitariya-
gigiyena tadbirlari;
ichki nazorat tizimini tashkil etish;
536
hisob xodimlari jamoasida ishlab chiqarish munosabatlari madaniyati va
mehnat taqsimotini tashkil etish;
hisobot tuzish va taqdim etishni tashkil etish.
Hisob siyosatining texnik ta’minotini shakllantiradigan tadbirlar tizimidagi
talablarning barchasi muhim hisoblanib, sanitariya-gigiyena masalalari va malakali
buxgalterlar bilan ta’minlash va buxgalteriya apparati xodimlari orasidagi muhit
sog‘lomligi birinchi omil hisoblanadi. Bu kо‘p jihatdan korxona rahbariyatining
malakali kadrlarga munosabati va tashkilotchilik layoqatiga bog‘liq. Shu bois, biz
tadqiqot jarayonida masalaning bunday jihatlariga tо‘xtalmasdan, tadbirlardan
ayrimlarining holati va ularni takomillashtirishga e’tibor qaratdik. Bizningcha, hisob
siyosatini shakllantirishda buxgalteriya hisobining texnik ta’minotida ishchi schyotlar
rejasini tuzish va hisob registrlarini ularga mos ravishda tanlash muhim о‘rin tutadi.
G‘uzar tumani «Baxodur-VALI» fermer xо‘jaligi asosan о‘simlikchilik tarmog‘ida
faoliyat yuritib, paxtachilik va bug‘doychilik bilan shug‘ullanadi. №20 BHMSda
xodimlarning о‘rtacha yillik soni 20 kishigacha bо‘lishi kerak bо‘lgan talabga javob
beradi va uni kichik tadbirkorlik subyekti sifatida qayd etish mumkin. Uning
faoliyatiga soddalashtirilgan hisob yuritish shaklini joriy qilish mumkin.
20-sonli BHMS ning 5.3 bandida “Hisobning soddalashtirilgan shaklda tashkil
qilinishi uchun kichik korxona va mikrofirmalar, korxonalarning moliyaviy xо‘jalik
faoliyati buxgalteriya hisobining namunaviy schyotlar rejasi asosida mablag‘lar va
uning manbalari hisobini asosiy schyotlarda yuritish imkonini beruvchi va bu orqali
umuman buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining ishonchliligi ustidan nazoratni
ta’minlash imkonini beruvchi xо‘jalik muomalalarining buxgalteriya hisobi
schyotlarining qisqartirilgan ishchi rejasini tuzish huquqiga egaligi”
59
. belgilangan.
Shunga kо‘ra, qishloq xо‘jalik korxonasi sifatida asosan bir tarmoqqa ixtisoslashgan
fermer xо‘jaliklari soddalashtirilgan shaklda buxgalteriya hisobini tashkil qilishlari
uchun о‘zlarining ishchi schyotlar rejasiga ega bо‘lishlari zarur. Qishloq xо‘jaligida
hisobning jurnal-order shakli, bu shaklda hisobni tashkil etishning umumiy
59
О‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobining Milliy Standartlari T.: О‘zBAMA nashriyot-axborot markazi,-
2004.-167 б
537
tamoyillariga muvofiq, qishloq xо‘jalik korxonalarining о‘ziga xos tomonlarini
hisobga olgan holda tuziladi.
Qishloq xо‘jalik korxonalarida ishlab chiqiladigan schyotlar rejasi xо‘jalikning
ichki hisob obyektlarini tо‘liq qamrab olishi va ularni har birini о‘zida alohida aks
ettirishi lozim. Agrofirmalar tashkiliy tuzilishiga kо‘ra xizmat kо‘rsatuvchi tarmoq
hisoblanadi. Ular fermer xо‘jaligi va boshqa qishloq xо‘jalik korxonalaridan
mahsulot sotib olib, qayta ishlab xaridorlarga yetkazib berish funksiyalarini bajaradi.
Hozirgi vaqtda faoliyat kо‘rsatayotgan agrofirmalarning aksariyati qayta ishlash
majmualariga ega emas. Ular asosan qishloq xо‘jalik korxonalaridan tayyor
mahsulotlarni sotib olib qayta ishlash korxonalariga, aholiga yetkazib berish bilan
shug‘ullanmoqda. Ishlab chiqarishning bunday tuzulmasi agrofirmaning ishchi
schyotlar rejasida о‘z aksini topishi kerak. Agrofirmalar uchun namunaviy ishchi
schyotlar rejasi tadqiqot jarayonida ishlab chiqildi va ishlab chiqarishga joriy
etilmoqda.
Qishloq xо‘jaligida MTPlar ham muhim xizmat kо‘rsatuvchi tarmoq
hisoblanadi. Ular faoliyatining ham о‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Amaliyotda
kо‘pchilik holatlarda MTPlar tomonidan qilingan ishlab chiqarish xarajatlari 9400-
“Davr xarajatlari” schyotida hisobga olish hollari uchraydi. Fikrimizcha, xizmatlarni
ishlab chiqarish xarajatlari hisobiga bunday yondashuv tо‘g‘ri emas. Chunki,
MTPlarning asosiy ishlab chiqarishi xizmatlar kо‘rsatishdan iborat. Shuning uchun,
ularning xizmat kо‘rsatish uchun qilingan xarajatlarini 2010-“Asosiy ishlab
chiqarish” schyotida hisobga olish maqsadga muvofiq bо‘ladi.
Ta’kidlash joizki, tashkil etish usulidan qat’iy nazar, buxgalteriya hisobining
kompyuterlatirilgan tizimi ham axborotlarga qо‘lda ishlov berishga asoslangan
tizimga о‘xshash bо‘lib, hisob siklining asosiy bosqichlarini ta’minlashi lozim.
Jumladan:
axborotlarni tо‘plash va rо‘yxatga olish;
ma’lumotlarni guruhlash, jamlash va saqlash;
foydalanuvchilarga axborotlarni taqdim etish.
538
Hisobni kompyuterlashtirish tajribalarini о‘rganish shuni kо‘rsatdiki, kо‘p
hollarda hisob jarayoninig barcha bosqichlari qamrab olinmasdan, hatto hisob
yuritish tamoyillari va uslubiga rioya qilmaslik holatlari ham mavjud.
Shunday qilib, kompyuterlashtirish sharoitida hisob siklining alohida
bosqichlarini amalga oshirish texnologiyasi ma’lum xususiyatlarga ega. Shu bois,
buxgalteriya hisobini kompyuterlashtirishda hisob siklining uchala bosqichini amalga
oshirish xususiyatlarini batafsil kо‘rib chiqamiz.
Birinchi bosqichda, aniqrog‘i xо‘jalik hodisalarini dastlabki kuzatish, о‘lchash,
axborotlarni tо‘plash va rо‘yxatga olish bosqichida, qoidaga kо‘ra, xо‘jalik
operatsiyasining sodir bо‘lish fakti dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtirilib, ulardagi
ma’lumotlar buxgalter tomonidan SHEHMga kiritilishi lozim. Ta’kidlash joizki,
buxgalteriya hisobining avtomatlashtirilgan tizimida dastlabki hujjatlar xо‘jalik
muomalasini sodir etish uchun asos bо‘luvchi hujjat ma’lumotlari asosida
kompyuterda terib chiqarilishi ham mumkin.
Dastlabki hisob ma’lumotlari nafaqat qog‘ozda, balki disket, disk, fleshka va
boshqa axborot saqlovchi vositalarda ham qayd qilinishi mumkin. Bu ma’lumotlarni
qо‘lda kiritish hajmini qisqartiradi. Birlamchi ma’lumotlarning axborotlarni
saqlovchi vositalarga yozilishi xо‘jalik muomalasi sodir bо‘lgan joyda amalga
oshirilishi mumkin. Masalan, moddiy boyliklar omborida о‘lchash va ma’lumotlarni
qayd qilish qurilmasi о‘rnatilgan. Hisob siklining birinchi bosqichida dastlabki
ma’lumotlar axborotlarni saqlash vositalarida taqdim etilganda buxgalterning asosiy
vazifasi uning ishonchliligini nazorat qilishdan iborat. Bunda nazorat usullaridan biri
ma’lumot olingan rо‘yxatlarni va EHM xotirasiga kiritilgan ma’lumotlarni о‘zaro
taqqoslash hisoblanadi.
|