74
intiladi. Buni esa ma’lumotlarni tuzulmaviy tartiblashtirgan holda, ma’lumotlar
bazasini boshqarish tizimlarini (MBBT) qo‘llabgina bajarish mumkin.
Informatsion tizimlarni yaratish bo‘yicha jadal harakatlar va ma’lumotlar
hajmining tez sur’atlar bilan oshib borishi 60-yillar boshida maxsus “Ma’lumotlar
bazasini boshqarish tizimi” (MBBT) deb ataluvchi dasturiy kompleksning
yaratilishiga olib keldi.