Ijobiy teskari aloqa tamoyili.
Internet-iqtisodiyotni paydo bo‘lishi
ikkita asosiy jarayonni o‘zaro harakati va bir-biriga ta’sirini ta’minlash
bilan bog‘liq, ya’ni chiplar kattaligini kamaytirish (va tegishlicha narxni
pasaytirish) hamda ular o‘rtasida aloqalar sonini ko‘p marotaba o‘sishi
bilan. “Telekosmos” yordamida neyron tarmoqqa bog‘langan shaxsiy
kompyuterlar jahon o‘rimchak to‘rini tashkil qildilar.
Tarmoq – bu optik tolalar va havo orqali trillionlab obyektlarni bir-
lashtiruvchi ko‘p sonli shaxsiy kompyuterlarning jamoaviy o‘zaro hara-
katidir. Paydo bo‘lgan tarmoq Internet-iqtisodiyot yaratilishiga asos bo‘-
lib xizmat qildi. Internet tarmog‘i va uning tarkibiga kiruvchi lokal tar-
moqlarni yaratish tamoyillarining o‘zaro iyerarxik bog‘liqligi 2.1-rasm-
da ko‘rsatilgan.
23
2.1-rasm.
Internet tarmog‘i va uning tarkibiga kiruvchi lokal
tarmoqlarni yaratilish tamoyillarining o‘zaro iyerarxik bog‘liqligi
Internet iqtisodiyot yaratish tamoyillari
Elektron biznes tizimini yaratish
tamoyillari
Elektron savdo tizimni yaratish
tamoyillari
- to‘g‘ri aloqa
- teskari aloqa
Elektron biznes har xil darajada amalga oshirilishi mumkin: milliy
va xalqaro miqyosda. Mazkur darajalarda ishbilarmonlik operatsiyalarini
amalga oshirishda farqining asosini texnik-texnologik ko‘rsatkichlar
emas (chunki elektron biznes global xarakterga ega), qonunchilik me’-
yorlari tashkil qiladi. Xalqaro miqyosda (ichki milliydan farqli o‘laroq)
elektron biznes tizimini amalga oshirish jiddiy murakkablashadi. Bu qu-
yidagi omillarga bog‘liq: soliq solishni, bojxona yig‘imlarining har xil
tizimlarini qo‘llash, har xil mamlakatlar o‘rtasida o‘ziga xos va bir-biri-
ga o‘xshamagan bitimlarni imzolash, bank operatsiyalarini amalga oshi-
rishda qo‘llanadigan qoidalardagi farqlar.
Milliy darajada elektron biznes tizimlarini amal qilishi asosan tar-
moqda firma taqdimoti, reklama, shuningdek, sotuvdan oldin va sotuv-
dan keyingi qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq.
Internet tarmog‘ida to‘liq biznes operatsiyasi, odatda, elektron usul-
da o‘tkaziladi. Unga tovarni buyurtma qilish, tashish, qabul qilish, hi-
soblarni yozish va to‘lovni amalga oshirish kiradi. Bunda bojxona va so-
liq majburiyatlarini bajarish maqsadida muallif markazlari bilan kerakli
o‘zaro aloqalar ta’minlanadi.
Transaksiya
– bu ishbilarmonlik operatsiyasidir.
Transaksiya qiymatiga mahsulot (hizmat)ni izlash bo‘yicha xarajat-
lar, yetkazib berish rejasini tuzish, manfaatdor tomonlar bilan kerakli
muzokaralar olib borish, bitim shartlarini asoslash, bitimni imzolash,
shuningdek, bitimni bajarish hamda nizom masalalarni hal qilish kiradi.
24
|