|
Jahon xo‘jaligini integratsion jarayonlarini ob’ektiv omillari
|
bet | 27/147 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 3,07 Mb. | | #155232 |
Bog'liq Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.orgJahon xo‘jaligini integratsion jarayonlarini ob’ektiv omillari
Xo‘jalik xayotining yanada baynalminallashuvi
Xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi
Umumjahon ahamiyatiga ega bo‘lgan ilmiy-texnika inqilobi
Milliy iqtisodiyotda ochiqlik darajasini kuchchayishi va boshqalar
5.1 – rasm. Iqtisodiy integratsiya jarayonlarini yuzaga keltirib chiqaruvchi ob’ektiv omillar
Chizmada keltirib o‘tilgan ob’ektiv omillarning barchasi jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida bir-birlari bilan chambarchas bog‘liq holda o‘zaro aloqadorlikda rivojlanib bormoqda. Jahon iqtisodiyotida xo‘jalik hayotining barqaror rivojlanishi, takror ishlab chiqarishning milliy xo‘jaliklar doirasidan chetga chiqish jarayonini aks ettiradi (eng avvalo, xalqaro mehnat taqsimoti asosida). Jahon xo‘jaligi baynalminallashuvining o‘sishi va rivojlanishida TMKlarning ta’sir doirasi kattadir. YUNKTAD ma’lumotiga ko‘ra hozirgi kunda jahonda 40 mingdan ortiq TMKlar va ularning 270 mingdan ortiq shaxobchalari va sho‘’ba korxonalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Jahondagi 500 dan ortiq eng yirik korporatsiyalarning 1/3 qismi esa AQShga tegishlidir.
Jahon xo‘jaligida xalqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanish jarayonlarini ikkinchi omili - xalqaro mehnat taqsimoti tuzilmasidagi chuqur o‘zgarishlardir (bu asosan ITI ta’sirida yuz beradi). Xalqaro mehnat taqsimoti atamasi, bir tomondan, mamlakatlarning ma’lum bir mahsulotlar ishlab chiqarishiga ixtisoslashuvini bildirsa, ikkinchi tomondan, ishlab chiqarish majburiyatlarning firma ichida va firmalararo taqsimlanishida o‘z ifodasini topadi. Umumjahon ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy-texnik inqilobning hozirgi bosqichi baynalminallashuvni ham bozor, ham ishlab chiqarish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishda muhim rol o‘ynamoqda. ITI tashqi iqtisodiy aloqalarning ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi rolini oshishini ta’minlovchi muhim omildir. Xullas, ITIning rivojlanishi u yoki bu mamlakatda alohida bir ajralgan holda to‘laqonli rivojlanib bora olmaydi.
Jahon xo‘jaligida mamlakatlarning iqtisodiy aloqalarga yanada chuqurroq kirib borishida milliy davlatlar iqtisodiyotining ochiqlik darajasi muhim rol o‘ynamoqda. Turli mamlakatlarga tegishli firmalarning kooperatsiyalashuvi natijasida ishlab chiqarish va investitsiyalar sohasida yirik xalqaro muammolar kelib chiqmoqda. Milliy davlatlarda ochiq iqtisodiyotning shakllanishida eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishini rag‘batlantirish ishlari bo‘yicha olib borilayotgan tashqi iqtisodiy strategiyasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunda, albatta xorijiy mamlakatlardan kapital va ilmiy - texnologiyalar, malakali kadrlarning kirib kelishiga imkon beruvchi xuquqiy asoslarni yaratilishi ham katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Jahon iqtisodiyotida hozirgi kunda 20 dan ortiq xalqaro iqtisodiy integratsion birlashmalar (uyushmalar) mavjud. Jahon xo‘jaligining yalpi ichki mahsulotida (YAIM) tovar aylanmaning 2/3 qismi va investitsiyalarning asosiy qismi ana shu birlashmalar ulushiga to‘g‘ri keladi. Bunda biz xalqaro iqtisodiy integratsion markazlar ichida uchtasini (G‘arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika, Osiyo - Tinch okeani mintaqasi kabi integratsion markazlarni) alohida ajratib ko‘rsatishimiz mumkin. Jahon iqtisodiyotida 50 - yillardan so‘ng G‘arbiy Yevropada ikkita yirik integratsion guruhni - Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati (YEIH) va Yevropa Erkin Savdo Assotsiatsiyasini (YEESA) vujudga kelishi natijasida integratsion jarayonlar ushbu mintaqada katta tezlikda rivojlanib bordi. 90 – yillarning o‘rtalariga kelib YEIH (1995 yildan boshlab Yevropa Ittifoqi (YEI) deb atala boshlandi) davlatlari tashkiloti deyarli YEESAni tugashiga sabab bo‘ldi (YEESA o‘z tarkibida Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya va Shvesariya davlatlarini saqlab qoldi xalos). Jahon iqtisodiyotida YEESA o‘zining faoliyatida bojxona ittifoqini (BI) yaratishdan nariga o‘tmadi, uning tuzilmasi millatlararo yirik zamonaviy tashkilotlar va uyushmalar bilan mustahkamlanmadi28. 1990 yilda YEI va YEESAga a’zo davlatlar Yevropa iqtisodiy makonini yaratish to‘g‘risida kelishib olishdi. Ushbu makon doirasida YEESAsi a’zolarining ishlab chiqaruvchilari YEI a’zolari kompaniyalari bilan bir qatorda preferensial (imtiyoz, rag‘batlantirish) bojxona rejimidan foydalanishdi.
Sharqiy Yevropada sobiq sotsialistik rejali davlatlardagi demokratik qayta qurishlar 1949 yillardan beri mavjud bo‘lib kelgan O‘zaro Iqtisodiy Yordam Kengashining (O‘IYOK) tarqalib ketishiga sabab bo‘ldi. Sharqiy Yevropa davlatlari o‘zlarining iqtisodiy yo‘nalishlarini G‘arbiy Yevropa bozorlariga qaratib, yangi birlashmalarni tashkil etishga intilmoqda. Aytish joizki, 1992 yilda erkin savdo to‘g‘risida Markaziy Yevropa kelishuvi imzolanib, unga Vengriya, Polsha, Chexiya va Slovakiya a’zo bo‘lib kirdi. Sobiq SSSR tarkibida bo‘lgan respublikalar (Rossiya, Ukraina, Belorus, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston) esa 1991-1993 yillarda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) doirasida Iqtisodiy Ittifoqni shakllantirdi29.
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida ahamiyati jihatidan ikkinchi o‘rinda turuvchi yirik xalqaro iqtisodiy integratsion markaz Shimoliy Amerika hududi hisoblanadi. Ushbu hududda 1994 yilning 1 yanvaridan Shimoliy Amerika Erkin Savdo Assotsiatsiyasi (NAFTA tashkiloti) kuchga kirdi. Ushbu mintaqaviy tashkilot o‘z tarkibiga AQSH, Kanada va Meksika davlatlarini birlashtirgan. NAFTA davlatlari kelishuvida asosan tovar va xizmatlar savdosida cheklashlarni olib tashlash, savdo-iqtisodiy munosabatlarda ro‘y berib turgan kelishmovchiliklarni hal etish mexanizmlarini ishlab chiqish, bir-biriga nisbatan investitsion muhitni erkinlashtirish masalalari nazarda tutilgan. NAFTAning YEIga nisbatan o‘ziga xos rivojlanish xususiyati integratsion jarayonlarning simmetrik emasligidir. Kanada va Meksika davlatlari integratsiyalashuv jarayonida AQShga o‘zaro iqtisodiy bog‘liqdir.
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida uchunchi integratsion markaz Osiyo Tinch okeani mintaqasi hisoblanadi. Ushbu markaz boshqa iqtisodiy integratsion markazlarga nisbatan hududi, aholisi va resurslarining miqdori bo‘yicha ancha ustundir. Biroq, integratsiyalashuv yo‘lida Osiyo – Tinch okeani mintaqasida juda ko‘p to‘siqlar (iqtisodiy rivojlanish darajasidagi keskin tafovutlar, etnik va madaniy farqlar, siyosiy davolar, hududiy to‘qnashuvlar va boshqalar) mavjud. Osiyo-Tinch okeani mintaqasida bir necha yirik subhududiy iqtisodiy guruhlar Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari Assotsiatsiyasi ASEAN, Janubiy Xitoy forumi, Avstraliya va Yangi Zelandiya erkin savdo hududi, Shanxay guruhi davlatlari xalqaro iqtisodiy uyushmasi va boshqalar mavjud bo‘lib, ular okean sohillarida joylashgan davlatlarning umumiy tashkilotlarini shakllanishiga xalaqit bermoqda.
Osiyo Tinch okeani mintaqasi davlatlarining iqtisodiy hamkorligi tashkiloti 1989 yilda tashkil topdi. Ushbu tashkilot turli darajada iqtisodiy rivojlangan va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida turli mavqeilarga ega bo‘lgan 20 dan ortiq davlatni o‘z tarkibiga birlashtirgan. 1995 yilda bu tashkilotning Osaka shahrida ma’qullagan harakat Dasturi 2010-2020 yillargacha savdo va investitsiyalashni Jahon savdo tashkiloti (JST) standart talablariga muvofiq erkinlashtirishga yo‘naltirilgan. Xullas, hozirgi kunda ushbu integratsion guruh rivojlanish yo‘lining eng yuqori cho‘qqisida turibdi. Muvofiqlashtiruvchi hujjatlar ushbu tashkilotda mavjud bo‘lsada, unga a’zo mamlakatlar bojxona tariflari, transport va boshqa sohalardagi muammolarni hal etish uchun ko‘p tadbiriy ishlarni amalga oshirishlari lozim.
Jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvni belgilovchi omillar. Birlashish jarayonlari barqaror iqtisodiy o‘zaro aloqalarning o‘sishi jarayonini (birinchi navbatda xalqaro mehnat taqsimoti asosidagi) hamda ishlab chiqarishning milliy xo‘jalik doirasidan chiqishini taqozo etadi. Birlashish jarayonining rivojlanishida transmilliy korporatsiyalar (TMK) faol ravishda xizmat ko‘rsatmoqdalar.
Integratsion jarayonlarning o‘sishiga sabab bo‘luvchi boshqa omillar xalqaro mehnat taqsimoti tuzilishining chuqurroq siljib borishidir (birinchi navbatda, ilmiy-texnika tarraqqiyoti ta’sirida). “Xalqaro mehnat taqsimoti” atamasi, bir tarafdan, odatdagidek, millatlararo ishlab chiqarish majburiyatlariga ko‘ra, ayrim mamlakatlarning belgilangan turdagi mahsulotni chiqarishga ixtisoslashishini, taqsimlash jarayonini nazarda tutadi. Boshqa tarafdan esa, ishlab chiqarish majburiyatlari rejali tarzda ichkarida va firmalar o‘rtasida taqsim qilinadi. Ichki soha ixtisosligi keng ko‘lam topmoqda.
Ilmiy-texnik tarraqqiyotning hozirgi bosqichi integratsion jarayonlarni turli mamlakatlarda ITT tarqalishi notekis bo‘lgan taqdirda ham bozorni, ham ishlab chiqarishni sifatli yangi darajaga olib kelmoqda, turli mamlakatlarda ITT mustaqil omil bo‘lib, hozirgi zamon ijtimoiy ishlab chiqarishidagi tashqi iqtisodiy aloqalarda katta rol o‘ynaydi. U yoki bu mamlakatdagi fan va texnikaning rivojlanish muvaffaqiyatlarini davlatlararo aloqalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Turli mamlakatlarning firmalari o‘rtasida kooperatsiya asosida tashkil etilishning shiddat bilan rivojlanishi ulkan xalqaro ishlab chiqarish-investitsiya komplekslarini barpo etishga olib keladi, bularni tashkil etishga ko‘pincha TNK boshchilik qiladi. Ular uchun firma ichidagi mehnat taqsimoti milliy chegaradan chiqib, xalqaro miqyosga aylangan. Xuddi shu asosda ochiq milliy iqtisodiyot darajasi oshadi. Ochiq iqtisodiyot mamlakatlarning xo‘jaliklararo aloqalariga to‘la kirib borishi asosida shakllanadi. Rivojlangan mamlakatlarda ochiq iqtisodiyotni barpo etishda mamlakatlarning tashqi iqtisodiy strategiyasi katta rol o‘ynagan holda, eksport ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, kooperatsiyalarning chet el firmalari bilan ishlashiga ko‘maklashadi va huquqiy asos tashkil etib, chetdan mablag‘, texnologiya, malakali kadrlar kirib kelishiga yo‘l ochib beradi.
|
| |