127
- kirish qismida ko`rilayotgan muammoning dolzarbligi (aktualligi) haqida
fikr yuritilib, tinglovchilarga ma`lumot beriladi;
- asosiy qismda o`rganilganlik darajasi, muammoning echimlari (texnik
echimlari), iqtisodiy samaradorligi, ijtimoiy ahamiyati haqida to`xtalib o`tiladi;
- xulosa qismida qisqacha erishilgan natijalar beriladi.
Ma`ruza tinglovchilarning (masalan ilmiy kengash a`zolarining) savollariga
javob berish bilan yakunlanadi.
Ilmiy ma`ruzani prezentatsiya (taqdimot) shaklini tushuntiring. Ilmiy
mahruzaning taqdimot shakli turlicha bo`lishi mumkin. Bular:
•
Slaydlar shaklida;
•
Maketlar orqali;
•
Chizmalar orqali;
•
Bukletlar orqali;
•
Elektron shaklda.
Ilmiy doklad (ma`ruzalar)ga tezis yozish. Buhga tayyorlanadigan
ma`ruzaning modeli (asosi) deb qarash kerak. Tezisda (odatda hajmi 1
yozuv
varag’iga teng bo`ladi) ma`ruza mavzusining dolzarbligi,
bajarilgan ishlar va
olingan natijalarning qisqacha yozuvi beriladi.