21
• Nazariy tadqiqod metodlari.
• Empirik va nazariy tadqiqod metodlari.
• Empirik tadqiqot metodlari.
Nazariy tadqiqot metodlariga
•
abstraktsiyalash;
• umumlashtirish;
• aksiomatik;
• formatlashtirish metodlari kiradi.
Abstraktsiyalash (lot.
abstractio– mavhumlashtirish) metodi- ob`ektni
ahamiyatsiz xossalardan uzoqlashtirib, tadqiqodchini qiziqtiruvchi ba`zi bir
tomonlarini ajratib olishga asoslanadi. Abstraktsiyalash metodi 2
ta bosqichga
bo`linadi. 1-bosqichda e`tiborga olinmasa ham bo`ladigan omillar aniqlanadi. 2-
bosqichda ob`ektni xossalarga uncha boy bo`lmagan soddalashtirilgan model bilan
almashtiriladi.
Abstraktlashtirish sezishdan xayoliy obrazga o`tishdagi bilish jarayonining
muhim bosqichidir.
Umumlashtirish –
konkreklashtitish (lot.
concretus – umumlashtirish) deb
umumiy holatni shakllanishi va ob`ektlar majmuasidagi eng ahamiyatli
munosabatlarni aniqlash metodiga aytiladi.
Umumlashtirish yangi ilmiy
tushunchalarni hosil bo`lishi va yangi qonun va nazariyalarni shakllanishi uchun
vosita hisoblanadi.
Aksiomatik metod - aksiomalarga, ya`ni isbotsiz
qabul qilingan muqarrar
holatlarga asoslanadi. Unda nazariya, deduktsiyadan foydalanilgan holda, mantiqiy
isbotlar yordamida yaratiladi. Bu ilmiy bilimlarni tashkil etilishi va bir tizimga
keltirilishidagi eng talabchan va aniq metoddir. U ko`proq nazariy fanlarni
rivojlanishda ishlatiladi.
Formatlashtirish – u ob`ektni biror –bir sun`iy tilning (masalan
matematika,
kimyo) belgisi shaklida tasvirlash orqali o`rgatishga imkon beradi. Ushbu metod
muammoni umumiy holda yechish imkonini beradi. Bunda ob`ektning e`tiborli
tomonlari matematik termin va tenglamalar bilan ifodalanadi. Keyin ular bilan
qoidalar yordamida amallar bajariladi.
Empirik –nazariy tadqiqot metodlari. Ushbu metodlarga
•
tahlil (analiz);
•
sintez;
•
induktsiya;
•
deduktsiya;
•
modellashtirish usullari kiradi.
Tahlil (unon.
analysis – ajratish) usulida tadqiqot ob`ekti
fikran yoki jisman
tarkibiy qismlarga ajratib o`rganiladi. Bunda ob`ektning ayrim tomonlarining
mohiyati ularning bog’liqligi va o`zaro ta`siri asosida o`rganiladi.
Sintez (unon.
synthesis – birlashtirish) esa – ob`ektni yahlit, bir butun sifatida
qismlarining birligi va o`zaro bog’liqligi asosida o`rganadi. Sintez tahlil qilingandan
keyin murakkab tuzimlarni o`rganishda qo`llaniladi. Tahlil va sintez bir-biriga
bog’liq metodlaridir, ular bir-birini to`ldiradi.
22
Tahlil
va sintezning empirik, gumanitar-nazariy va tuzilmali-genetik usullari
mavjud. empirik tahlil va sintez ob`ektlar bilan yuzaki tanishishga yordam beradi.
Bunda ob`ektning ayrim qismlari ajratiladi, ularning xususiyatlari aniqlanadi, oddiy
o`lchashlar va umumiy yuzasidagi narsalar qayd qilinadi. Bu usul tadqiqot ob`ektini
o`rganishga imkon beradi, lekin, uning mohiyatini ochib berishga kamlik qiladi.
Ob`ektning mohiyatini o`rganish uchun gumanitar-nazariy
tahlil va sintez
ishlatiladi. Ob`ektning mohiyatiga chuqurroq kirib borishda esa tuzilmaviy-genetik
tahlil va sintez qo`l keladi. Bunda tadqiqot ob`ekti mohiyatining barcha tomonlariga
ta`sir ko`rsatuvchi asosiy va eng muhim usullar ajratiladi.