14. Mavzu: Rang modellari va rejimlari.
Reja:
1. Rang modellari.
2. RGB rang modeli (sistemasi)
3. Rangning yorqinligi 0 dan 100 gacha o’zgarishi.
Rejim – Rejim (Mode) – buyrugi rasm rejimini uzgartirish. Asosiy rejimlar:
Grayscale – kul rang xolatiga utkazish, Indexed Color – kursatilgan ranglar soni xolatiga
utkazish (256 gacha), CMYK Color – turta asosiy ranlar orkali kodlash (moviy, sarik, kora va
kizgish ranglar),
RGB Color – uchta asosiy ranglar orkali kodlash (kizil, yashil, kuk)
Bizning ko’zimiz miya bilan organizmning asab sistemasi orqali boq’langan. Agar ko’zning
to’zilishini fotoapparat, kinoga olish apparati va televizion kamera kabi hozirgi zamon
optikaviy apparatlarining to’zilishi bilan taqqoslasak ular orasida o’xshashlik borliqini
sezishimiz mumkin.
Biror bir ranglar aralashmasidan olish mumkin bo’lmagan ranglar asosiy ranglar
deyiladi. Qizil, yashil va ko’k ranglar–asosiy ranglar hisoblanadi. Ularni bir hil aralashtirsak
oq hosil bo’ladi.
Biz sezgi organlarimiz orqali atrof muhit haqida juda ko’p ma’lumot olamiz. Bu
ma’lumotlarning 90% ni ko’rish orqali qabul qilamiz. Yoruq’lik oqimi bu ma’lumotlarni
eltuvchi hisoblanadi.