hosil qilgan turli rangdagi kvadratlardan iborat boiadi. Ular gohida ma’nosiga tushunib
bo'lmaydigan detal qirrasini eslatadi.
Uning atributlari boshqa piksellaming atributlari bilan bogliq emas. Kompyuterda
qoilaniladigan operatsion tizimlaming imkoniyatiga ko‘ra, 480x640, 800x600, 1024x768
va undan ko‘proq pikselga ega boigan tasvirlar joylashishi mumkin. Tasviming oichamiga
ko‘ra uning imkoniyati ham oshib boradi. Ekranning imkoniyati parametrik boiib, bir
dyuymdagi nuqtalar soni bilan belgilanadi. Rastrli grafik vositalari bilan bajarilgan
(tayyorlagan) tasvirlar juda kam hollardagina kompyuter dasturlaridan foydalanib ishlab
chiqiladi. Bu maqsadda professional rassom chizgan rasm yoki fotografiya texnik
vositalari yordamida kompyuterga kiritiladi.
Rastrli tasvirlar quyidagi tiplarga bolinadi: binar, kulrang, palitrali, to‘liq
kulrang. Bunda tasviming elementlari faqat ikki qiymatni (0 yoki 1) qabul qilishi mumkin.
Bu tasvirlar turlicha paydo bo‘lishi mumkin. Ammo ko‘p hollarda kulrang, palitrali va turli
rangli tasvirlami o‘zgarmas yoki adektiv chegaraviy son bilan binar tasvirga almashtirish
natijasida paydo bo‘ladi. Binar tasvirlami saqlash uchun juda ham katta joy talab qilinadi.
Ulaming har bir elementi uchun 1 bit joy kerak bo‘ladi. Kulrang tasvimi elementlari
ma’lum bir rang intensivligining turli xil qiymatlari qabul qiladi. Odatda bu
tasvirlaming har bir elementmi saqlash uchun 8 bit ishlatiladi. Kulrang tasvirlar turli
xil amaliy masalalami hal qilishda eng ko‘p qo‘llaniladigan tasvirlardan biri hisoblanadi.
Palitrali tasvirlaming har bir elementiga ranglar xaritasinmg bir katakchasidagi
rang mos qo‘yiladi. Palitra - bu ikki o'lchovli massiv bo‘lib, uning satrlariga turli
ranglar, har bir ustunlariga esa ma’lum bir rangning intensivligi joylashtiriladi.
To‘liq rangli tasvirlar elementlari rangni tashkil etuvchi yor- qinliklaii haqidagi
axborotni o‘zini saqlaydi. Shu bilan u palitrali tasvirlardan farq qiladi. Amaliy masalalar
yechishda qaysi tipdagi tasvimi tanlash masalasining oЈziga xos xususiyatlaridan
boshlab, tasvirdagi zarur axborotni qanchalik to‘liq ifodalanishi bilan xarakterlanadi.