Bosh menyu (main menu) va buyruqlar paneli (command panels)
tuzilishi
Bosh menyu (main menu)
Bosh menyu amalda barcha dasturiy mahsulotlar interfeysining asosiy qismi
hisoblanadi.
Autodesk 3D Studio Max grafik paketida bosh menyu o‘n beshta banddan
tarkib topadi va quyidagi toifalarni birlashtiradi:
1.
File (Fayl) –fayllar bilan ishlash, shuningdek sahna haqida
ma’lumotlarni ko‘rish.
Asosiy buyruqlar:
1.1.
New (Yaratish) [Ctrl+N] - yangi fayl yaratish. Yangi fayl yaratishda,
joriy sahnada o‘zgarishlarni saqlash kerakmi-yo‘qmi degan savol bilan oyna paydo
bo‘ladi. So‘ngra New Scene (Yangi sahna) oynasi chiqadi va unda turli
parametrlarni tanlash mumkin: Keep Objects and Hierarchy (Obyektlar va
ierarxiyani saqlash), Keep Objects (Faqat obyektlarni saqlash), New All (Yangi
sahna).
1.2.
Reset (Chiqarish) - sahnani chiqarib tashlash.
1.3.
Open (Ochish) [Ctrl+O] - ilgari yaratilgan sahnani ochish.
1.4.
Open Recent (Oxirgi faylni ochish) - oxirgi foydalanilgan fayllar
ro‘yxati.
1.5.
Save (Saqlash) [Ctrl+S] - sahnani *.max kengaytmasi bilan saqlash.
1.6.
Save As (Qanday saqlash kerak) [Ctrl+S] - joriy sahnani yangi nom
ostida saqlash.
176
1.7.
Merge … (Bog‘lash) - joriy sahnaga boshqa sahnalarning fayllarini
qo‘shish. Bog‘lash davomida sahnaga qanday ob’eklarni qo‘shish zarurligi haqidagi
so‘rovli oyna paydo bo‘ladi. Agarda obyektlarning nomi bir-biriga mos kelmasa,
quyidagi so‘rovlar berilgan oyna chiqadi: Merge - shu nomlar bilan birlashtirish;
Skip - obyektni o‘tkazib yuborish; Delete Old - eski obyektni yangi obyekt bilan
almashtirish; Auto-Rename avtomatik qayta nomlash va qo‘shish.
1.8.
Import … (Import) - faylni boshqa formatlarga import qilish.
Masalan: *.fbx kengaytmali fayllar yordamida Maya grafik muharriridagi faylni
Autodesk 3D Studio Max dasturiga import qilish. Xuddi shunday, *.ai (Adobe
Illustrator) kengaytmali fayllar yordamida ham vektorli konturlarni import qilish
mumkin, bunda ikki o‘lchovli egri chiziqlar o‘zgartiriladi.
1.9.
Export … (Eksport) - faylni boshqa formatlarga eksport qilish.
1.10.
Summary info … (Umumiy axborot) - sahna haqidagi tugallangan
axborotlar (obyektlar soni, foydalanilayotgan materiallar va b.).
1.11.
View Image File … (Tasvirni ko‘rish) - grafik muhitdan chiqmagan
holda vizuallashtirilgan materiallarni ko‘rish imkonini beradi.
2.
Edit (Tahrirlash) - obyektlar bilan ishlash buyruqlari. Asosiy buyruqlar:
2.1.
Undo (Bekor qilish) [Ctrl+Z] - oxirgi haraqatni bekor qilish. Bu
buyruq orqali oxirgi bajarilgan o‘nta amalni bekor qilish mumkin. Orqaga qaytishlar
sonini Preference (Xususiyatlar) menyusida ko‘rsatish mumkin, bu esa kompyuter
tezkor xotirasining yuklanuvchanligiga ta’sir ko‘rsatadi.
2.2.
Redo (Qaytarish) [Ctrl+Y] - Undo buyrug‘i bilan bekor qilingan
harakatlarni orqaga qaytaradi.
2.3.
Hold (Kechiktirish) [Alt+Ctrl+H] - almashish buferida sahnaning joriy
holatini xotirada saqlash.
2.4.
Fetch (Olish) [Alt+Ctrl+F] - buferdan sahnaning kechiktirilgan
holatini olish.
2.5.
Delete (O‘chirish) [Delete klavishasi] - obyektni o‘chiradi.
2.6.
Select All (Barchasini belgilash) [Ctrl+A] - sahnadagi barcha
obyektlarni belgilaydi.
177
Izoh
:
Belgilangan obyekt oq ko‘rinishga keladi va uning o‘qlari
koordinatada ko‘rinadi.
2.7.
Select invert (Invertirlash) [Ctrl+I] - sahnadagi belgilanmagan
obyektlar belgilangan va teskari bo‘ladi.
3.
Tools (Uskunalar) - obyektlar va ularning xususiyatlari bilan ishlash
bo‘yicha turli xildagi uskunalar.
Asosiy buyruqlar:
3.1.
Transform Type-In ... (Klaviatura orqali ko‘chirish) [F12] - paydo
bo‘ladigan oynada mos o‘qlar uchun raqamli qiymatlarni berish orqali sahnada
obyektlarni qo‘chirish yuz beradi (5.17-rasm). Shuningdek ushbu panel ekranning
quyi qismidagi holatlar satrida joylashgan.
139-rasm. Obyektlarni qo‘chirish oynasi
Parametrlar:
Absolute - sahnada obyektning holati;
Offset -
ma’lum masofada mos o‘qlar bo‘yicha obyektlarni siljitish.
Izoh
: Obyektni ko‘chirish uchun, obyektni ko‘chirish, burish va
masshtablashni tanlash zarur.
3.2.
Spacing tool (Fazoga xos uskuna) [Shift+I] - belgilangan yo‘l
bo‘yicha uch o‘lchovli obyektni joylashtirish imkonini beradi (138-rasm).
Chiqadigan oynada (139-rasm) quyidagi asosiy parametrlar o‘zgartiriladi: Pick Path
- tanlangan obyekt bir tekisda taqsimlanadigan yo‘lni ko‘rsatish; Pick Points -
178
tanlangan obyekt joylashadigan nuqtani ko‘rsatish; Count - joylashgan ob’eklar
soni.
140-rasm. Belgilangan yo‘l
141-rasm. Spacing tool oynasi bo‘yicha obyektning joylashishi
4.
Group (Guruh) - sahna obyektlari guruhini yaratish buyrug‘i.
5.
Views (Proeksiyalar) - tasvirlanadigan obyektlarni boshqarish, ekranga
chiqishlarni sozlash, ekspert rejimini ishga solish (Expert Mode [Ctrl+X]) - faqat
ko‘rinadigan ekran bilan ishlash.
6.
Create (Yaratish) - obyektlar yaratish uskunasi, buyruqlar panelidagi
Create bandiga o‘xshash.
7.
Modifiers (Modifikatorlar) - obyektlarni o‘zgartirish uchun uskuna,
buyruqlar panelidagi Modify bandiga o‘xshash.
8.
Character (Personaj) - suyaklar tizimini yaratish (Bones) va skeletli
deformasiyalar orqali turli xildagi obyektlarning animatsiyalari bilan ishlash
179
buyrug‘i.
9.
Reactor (Reaktor) - yordamchi obyektlarni yaratish, ular yordamida suv
yuzasi, qattiq va egiluvchan jismlar, to‘qimalar va boshqa uch o‘lchovli
jismlarning real fizik xususiyatlari modellashtiriladi.
10.
Animation (Animatsiya) - animatsiyalarni boshqarishning turlicha
algoritmlarini ifodalagan nazoratchilar yordamida animatsiyalanuvchi obyektlar
yaratish buyrug‘i.
11.
Graph Editors (Grafik muharrir) - ushbu band sahna obyektlari bilan
ishlash jarayonini optimallashtirishga yo‘naltirilgan bir necha muharrirlardan tarkib
topadi: Track View (Treklarni ko‘rish) - animatsiyalangan obyektlarni tahrirlash;
Schematic View (Tuzilmalarni ko‘rish) - sahnadagi alohida obyektlarning bir-biri
bilan ierarxik aloqasi; Particle View (Bo‘lakni ko‘rish) - bo‘lakning murakkab
tizimini yaratish.
12.
Rendering (Vizuallashtirish) - sahnani vizuallashtirish ishlariga, ya’ni
kuchaytirilgan yorug‘lik, videomontaj effektlari (Video Post), atrof muhit effektlari
(tuman, olov, hajmiy yorug‘lik)ni yaratishga mo‘ljallangan buyruqlar. (Material
Editor) Materiallar muharriri oynasini chaqirish.
13.
Customize (Sozlash) - dastur parametri va interfeysi elementlarini
sozlash. Sozlash imkoniyalaridan foydalanib foydalanuvchi interfeysda o‘zining
variantini yaratishi, ya’ni buyruqlar panelida kerakli tugmalarni ko‘shishi,
buyruqlarni chaqirish uchun qaynoq tugmalar kombinasiyasini o‘zgartirishi va
boshqa amallarni bajarishi mumkin.
Asosiy buyruqlar:
13.1.
Customize User Interface … - interfeysni sozlash.
13.2.
Load/Save Custom UI Scheme - interfeysning foydalanuvchi
sxemasini yuklash/saqlash.
13.3.
Show UI - turli xildagi uskunalar panelini ko‘rsatish/yashirish.
13.4.
Configure User Paths … (Foydalanuvchi yo‘lini konfigurasiyalash)
–
ochiladigan oynada foydalaniladigan barcha materiallar (sahna,
tekstura, materiallar kutubxonasi va boshqa fayllar) uchun yo‘llar tayinlangan.
180
13.5.
Configure System Paths … -
asosiy (tizimli)
papkalar konfigurasiyasi.
13.6.
Units Setup (O‘lchov birligini sozlash) - ochiladigan oynada metrik
o‘
lchovlar sistemasini (mm, sm, km), US Standard (dyumlar, futlar), muharrirning
o‘zini o‘lchov birligini tanlash, yoki o‘zi o‘lchov birligini yaratishi mumkin. Bu
obyektni keraklicha geometrik o‘lchamlarda loyihalash imkonini beradi.
13.7.
Plug-in Manager … (Qo‘shiladigan modellar menedjeri) - turli xil
muharrirlarga (nafaqat uch o‘lchovli) qo‘shimcha foydali ilovalar (masalan: hir xil
o‘simliklar yaratish imkonini beradigan dastur va b.) yaratiladi. Ushbu buyruq
sizning dasturingizga qanday ilovalar qo‘shilganini ko‘rsatadi.
13.8.
Preference (Xususiyatlar) - 3D Studio Max grafik muharririning
asosiy sozlashlari.
14.
MAXScript - MAXScript dasturlashtirish tilida ssenariy yozish
buyruqlari.
15.
Help (Ma’lumot) - ma’lumotlar tizimi, shuningdek mazkur grafik
muharrir haqida axborot beradi.
|