174
to‘plangan tugmalardan iborat panel.
3.
(Viewports) proeksiyalar oynasi. Sahna obyektlarini turli proeksiyalarda
tasvirlash va ular bilan ishlash.
4.
(Command panels) buyruqlar paneli. Oltita
sahifada sahna obyektlari
parametri va sozlash, obyektlar bilan ishlash uchun buyruqlar tarkib topgan.
5.
Yo‘l ko‘rsatish satri. Foydalanuvchini keraklicha ish tutish haqida
xabardor qiladi.
6.
Holatlar
satri.
Tanlangan
obyektning
sahnada
joylashish
koordinatalarini ifodalaydi.
7.
Proeksiyalar oynalarini boshqarish. Sahna obyektlarini ko‘rinish
ekraniga
tasvirlanishini
ta’minlovchi
buyruqlarning
barchasi
(kattalashtirish/kichiklashtirish, masshtablash, burish).
Pastgi qismida animasion videolavhalar yaratish uchun uskunalar joylashgan.
137-rasm. Autodesk 3D Studio Max grafik muharriri interfeysi
Oddiy
tugmalardan tashqari, belgilangan buyruqlarni qo‘llashning turli
variantlarini taklif etuvchi suriladigan panel ham mavjud.
Suriladigan panelning
belgisi tugmaning pastgi o‘ng qismida joylashgan qora rangdagi uchburchak
hisoblanadi. Bunday panelni ochish uchun kursorni uning ustiga olib borish lozim,
175
sichqonchaning chap tugmasini bosib (panel chiqadi)
turgan holda kerakli buyruq
tanlanadi.
138-rasm. Suriladigan panel