80
Olingan natijadan ko‘rishimiz mumkinki yaratilgan dog‘ tasvir markazida
joylashtirilishi shart edi, chunki aks holda uning kattaligi oshganda u to‘liq ekranga
yetmagan bo‘lar edi.
Bajarilayotgan amalning eng asosiy bosqichi-kristallarni hosil qilishni ko‘rib
o‘tamiz. Buning uchun Extrude: Filter-Stylize-Extrude filtrini qo‘llaymiz. Kerakli
sozlash amallari rasmda keltirilgan.
33-rasm. Extrude oynasi
Kristallar tayyor. Biroq ular barchasi rang-barang bo‘lib, umuman bir-biriga
o‘xshamaydi. Ularni bir tonda ranglash lozim. Havorangni tanladik - chunki barcha
sirli kristallar faqat havorangda bo‘ladi. Rang o‘rnatish uchun Hue/Saturation
uskunasini Colorize rejimda qo‘llaymiz. Qo‘llanilgan sozlashlar rasmda
ko‘rsatilgan. Kristallarni turli rangda va shaffoflikda yaratib ko‘rishimiz mumkin.
Misol tayyor holga keltirildi.
34-rasm. Colorize rejimi oynasi