|
Innovatsion va amaliy loyihalarBog'liq Сайтга Joriy etishga tayyor ishlanmalar (2)Tadqiqot shakli: Amaliy bo‘lib, Uskunalarning xorijiy mamlakatlaridan yuqori naxrda olib
kelinishi, sanoat va qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida ekologik havfsiz bo‘lgan
yuqori samarali texnologiyalardan foydalanish imkoniyati yo‘q. Qolaversa, bunday uskunalarning
yaratilishi va qo‘llanilishi muammo bo‘lib kelmoqda. Bundan tashqari, korxonalarning inson
salomatligiga, atmosfera havosiga va o‘simlik dunyochiga ta’siri ortib bormoqda.
Ilmiy-tadqiqot natijalari:
Korxonalardagi mavjud chang-gaz tozalash uskunalarining ish samaradorligi ortadi. Inert
mahsulotlardan ayniqsa keng foydalanadigan korxonalarining atrof-muhitga ta’siri
kamaytiriladi.
Atrof-tabiiy muhitni ifloslantirilganlik, chiqindilar hosil bo‘lishi va ularni joylashtirganlik
uchun ishlab chiqarish korxonalari tomonidan to‘lanadigan kompensatsiya to‘lovining
miqdori kamaytiriladi.
Bu ishlanma uskunalarda mahalliy hom ashyodan foydalanilganligi, arzon hamda changsimon
moddalarni yuqori samarada tozalash imkoniyati mavjudligi, oson va energiya tejamkor
regeneratsiya jarayoniga ega bo‘lganligi bilan xorijiy boshqa analoglardan farq qiladi.
Olingan natijalarning sinovdan o‘tkazish: Ishlab chiqarish korxonalaridan atmosfera havosiga
ajralib chiqadigan noorganik changni ushlab qoladigan uskunalarning bir necha xildagilari
yaratiladi va turli sohadagi ishlab chiqarish korxonalariga joriy qilinadi.
Ilmiy natijalarni chop etish: Tadqiqot natijalari bo‘yicha intellektual mulk ob’ektlariga tegishli
hujjatlar olinadi, Web of Science hamda Scopus ma’lumotlar bazasida indeksatsiyalangan
jurnallarda chop etiladi.
0,250 mlrd. so‘m
* Innovatsion loyihaning umumiy moliyalashtirish hajmi 0,250 mlrd. so‘m va bajarilishi bir yilga mo‘ljallangan.
|
| |