a)Kursorni ekrandagi MICROSOFT EXCEL piktogrammasiga qo’ying.
b)Sichqonchani chap tugmasini ikki marta bosing.
Bir necha daqiqadan so’ng ekranda EXCEL programmasi yangi ishchi sahifasi
bilan hosil bo’ladi. Demak, oldingi qaysidir muharirlarga o’xshash tomoni ham bor,
farqi ham bor.
(Munozarali savol: EXCEL muharririni ishga tushirishni boshqa
muharrirdan farqi bormi? Bo’lsa shuni tushuntirib bering.)
(Ish joyi tarqatma material ko’rinishida talabalarga tarkatiladi.)
Ish joyining asosiy elementlari.
«Sarlavxa paneli» - hujjat nomidan iborat bo’lib, tepadan birinchi panel.
«Sarlavxa panelida» hujjatning tizimli menyusi tugmasi
va uni boshqarish tugmalari
mavjud.
«Menyo’lar satri» – ikkinchi yo’lak menyo’lar ro’yxatidan iborat bo’lib,
ularning har biri shaxsiy menyusiga ega.
«Menyuni tanlash» – «Sichqoncha» kursorini menyo’lar satridagi menyu
nomiga joylab, chap tugmasi bosiladi.
Har bir menyu vazifalari tavsifi:
«Fayl» menyusi – hujjatlarni hosil qilish, ochish,
saqlash va chop etish,
Exceldan chiqish;
«Tahrir» menyusi
–
diapozondan voz kechish, o’chirish, nusxa olish, izlash,
almashtirish buyruqlari;
«Ko’rinish» menyusi – hujjatlarni namoyish etish,
uskunalar paneli va hujjat
tasvirining masshtabini sozlash;
«O’rnatish» menyusi – hujjatga katakchalar, varaqlar,
grafik tasvirlar va
diagrammalar joylash;
«Format» menyusi – ajratilgan ob'yektning tashki ko’rinishini o’zgartirish;
«Servis» menyusi – Excel vositasi parametrlarini o’zgartirish, hujjat
berilganlarining boglanishi tahlili;
«Ma'lumotlar» menyusi – varaqdagi axborotni qayta ishlab chiqish buyruqlari;
«Oyna» menyusi – ochiq hujjatlar oynalarini tartiblash
va oynaga hujjatni
ko’chirish;
«?» menyusi - Excel dasturi bilan ishlash haqidagi ma'lumotlarni olish;
(Mavzu «Menyu» boshqotirmasi bilan yakunlanadi.)
Microsoft Excel fayli ishchi kitob deyiladi.
Excel yo’qlangach, avtomatik ravishda yangi ishchi kitobi hosil bo’ladi. Agar
Excel yo’qlangan bo’lsa, u holda uskunalar panelida mos keluvchi ishchi kitob hosil
qilish tugmasi yoki
Ctrl+N
tugmalari birgalikda bosiladi.
Agar avval hosil qilingan
ishchi kitobini ochish kerak bo’lsa, uskunalar panelidagi mos keluvchi tugma yoki