273
o`zgartirish turini ko`rsatuvchi simvol bilan tugaydi. % belgisi va o`zgartirish
simvoli orasiga qo`yidagi simvollarni qo`yish mumkin. Chiqarilayotgan argument
chapga tekislash lozimligini ko`rsatuvchi minus belgisi. Maydon minimal
uzunligini ko`rsatuvchi raqamlar qatori. Maydon uzunligini keyingi raqamlar
qatoridan ajratuvchi nuqta. Biror qatordan qancha simvol ajratib olish lozimligini
hamda float yoki double tipidagi sonlarda nuqtadan keyin qancha kasr raqamlari
bosib chiqarilishini ko`rsatuvchi raqamlar ketma-ketligi. Chiqarilayotgan son long
tipiga tegishli ekanligini ko`rsatuvchi uzunlik markeri l. O`zgartirish simvollari
quyidagilardan iborat.