|
Informatika-8
|
bet | 6/10 | Sana | 03.01.2022 | Hajmi | 337 Kb. | | #15857 |
Qiymatlar shkalasi – o’qlarni bo’laklarini son qiymatini ifodalaydigan qiymatlar (52-rasm). Qiymatlar shkalasi diagrammada aks ettirilayotgan ma’lumotlarning eng kichik va eng katta qiymatlaridan kelib chiqadi.
OX toifalar (Категорий) o‘qi – diagrammadagi toifalarga mos nomlar aks etadi (52-rasm).
OY qiymatlar (Значений) o‘qi – diagrammadagi ma’lumotlarning sonli miqdoriga mos shkala (52-rasm). Agar hajmli diagramma qo’llansa, OY ma’lumotlar qatorlari (Рядов данных) o‘qi – diagrammadagi ma’lumotlarning qatorini, OZ esa qiymatlar o’qini aks ettiradi.
Afsona (Легенда) – diagrammadagi ma’lumotlarning rangiga moslangan izoh (51-rasm).
Sarlavhalar (Заголовки) – diagramma nomi, toifalar, qatorlar va qiymatlar o‘qlari nomi yoki izohlari (52-rasm).
|
| |