83
7. Navbatdagi topshiriqda esa o‘quvchilarga choliqushi, ya’ni chittak
qushning rasmini korsatiladi va o‘quvchilarga esklopediyadan
chittak qushi
haqidagi ma’lumotni o‘qib beriladi.
Chittaklar (Paridae)
—
chumchuqsimonlar
oilasi.
65
turni
birlashtirgan 10 urugʻi bor. Tanasining uz.
10—20 sm, ogʻirligi 7—25 g. Konussimon
tumshugʻi qisqa, burun teshiklari atrofi
kilsimon par bilan oʻralgan.
Oyoqlari
baquvvat, tirnogʻi ichiga qayrilgan. Nari va modasining rangi uxshash; boshi va
tomogʻi kora, kukragi kora yoʻlli sariq,
tanasining usti, korni va yoni
sargʻishkoʻkimtir. Ch. daraxt kovaklari va shoxshabbalariga uya quradi. Yilda bir
(jan. mintaqalarda ikki) marta 3—16 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini modasi 12—13
kun bosadi. Jujalarini nari bilan modasi birgalikda boqadi. Ch. faqat hasharotlar
bilan oziqlanadi; oʻrmon, park, bogʻ zararkunandalarini qirib fonda keltiradi.
Yevrosiyo, Afrika, Shimoliy Amerikada tarqalgan. Oʻzbekistonda oq chittak, sariq
tomoq chittak, katta chittak, vahimaqush (uyasini daraxt novdalariga osiltirib quradi)
kabi turlari yashaydi.
O‘quvchilarga quyidagi muammoni qo‘yiladi. “Nima sababdan Feride choliqushi
laqabini oldi? O‘quvchuilar adolatli tarzda ikki guruhga ajratiladi va har bir guruhga
bittadan A4 formatdagi list beriladi. O‘quvchilar guruh bo‘lib chittak qushi haqida
tinglagan ma’lumotlari va Feridening
harakterini solishtirishadi, o‘xshashliklarni
yozishadi. Yozib bo‘lganlaridan so‘ng, har ikki guruhdan bittadan o‘quvchi sardor
sifatida tanlab olinadi. Tanlab olingan o‘quvchilar doskaga chiqib, yozgan
ma’lumotlarini o‘qib berishadi. Ma’lumotlarga
asoslanib Feridega berilgan
“choliqushi” laqabi qanchalik to‘g‘ri berilganini isbotlashadi. Ushbu topshiriq
o‘quvchilarda guruh bo‘lib ishlash ko‘nikmasini rivojlantirishga hizmat qiladi.
8. Uyga topshiriq sifatida o‘quvchilar uchun “Feridega maktub” mavzusidaa inso
yozish beriladi. Ushbu topshiriq orqali o‘quvchilarning asarni qay darajada yaxshi
84
o‘zlashtirganliklarini sinash bilan bir qatorda, asar qahramoniga bo‘lgan
munosabatlarini bilib olishimiz mumkin. Ushbu topshiriq o‘quvchilarning yozma
nutq ko‘nikmasini rivojlantirishga ham hizmat qiladi.
Maqsad: O‘quvchilarda insoniy fazilatlar va his-tuyg‘ular (saxovatli, va’daga
vafo qilish, taqdirga rozi bo‘lish, shukronalik hissi)ni
xurmat qilish ruhida
tarbiyalash.