O‘yinlar shug‘ullanuvchilar organizmiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatish




Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/76
Sana04.12.2023
Hajmi4,66 Mb.
#110808
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   76
Bog'liq
DARSLIK

 
3.2. O‘yinlar shug‘ullanuvchilar organizmiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatish 
vositasi sifatida 
Sport, harakatli, milliy o‘yinlar ularga turli harakat faoliyatlarining xosligi bilan 
ajralib turadi. Ular tarkibiga yugurish, yurish, sakrashlar,uloqtirishlar, zarba berish, ilish va 
oshirishlar, turli kuch mash qlari kiradi.
Bu mashqlar jamoadosh o‘yinchilar va raqib jamoalari bilan birgalikdagi harakatlar 
sharoitida bajariladi. O‘yindagi harakatlarning samaradorligi o‘yin vaziyatlarini baholash 


42 
tezligi va o‘yinchilarning harakatlari, texnik usullar va taktik harakatlarning 
takomillashuvi, jismoniy holatning, umuman, sog‘likning darajasiga bog‘li qdir. 
O‘yinlar shug‘ullanuvchining organizmiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatadi. Ta’sir 
darajasi o‘yinning davomiyligi va talablari, jamoaning (sinfning)toifasi va boshqa 
shartlarga bog‘liq. O‘yinga harakat ko‘nikmalarini majmuali takomillashtirish hamda 
jismoniy sifatlarni rivojlantirish vositasi sifatida qarash kerak. 
Shug‘ullanuvchining o‘yin va qtidagi harakat faoliyati nihoyatda rang-barang
muntazam o‘zgarib turadigan vaziyatlarda bir texnik usl boshqasi bilan almashinaveradi. 
O‘yinchining harakatlari,odatda, aniqlik xususiyatiga ega. 
O‘yinning avtomatlashgan harakat ko‘nikmalari darajasiga etkazilgan asosiy texnik 
usullari o‘yin paytida o‘yinchi faoliyatini yengillashtiradi. Harakatlarning yangi shakllari, 
odatda, to‘satdan yuzaga kelib, ong nazorati ostida amalga oshiriladigan avtomatlashgan 
texnik elementlarning sintezlanishi natijasi hisoblanadi. 
O‘yinlarda mushak faoliyatining jadalligi o‘yinning davomiyligi va keskinligi
o‘yinchilar miqdori, maydonning o‘lchamlariga qarab ancha katta chegaralar oralig‘ida 
o‘zgarib turishi mumkin. O‘yin jadalligi bilan bog‘liq ravishda vegetativ funksiyalardagi 
siljishlar kattaligi ham o‘zgaradi. Ular mo‘‘tadil quvvat bilan bajariladigan ishga xos tarzda 
mo‘‘tadil, submaksimal va katta quvvat bilan bajariladigan ishga xos, ya’ni chegaraviy 
bo‘lishi mumkin. 
YUQS futbol, basketbol, xokkey o‘yinlaridan keyin 140-160 zarba/daq oralig‘ida 
o‘zgarib turadi, qon bosimining maksimal ko‘rsatkichi 180-190 mm sim.ust.gacha 
ko‘tariladi. Musobaqa o‘yinlari chog‘ida YUQS 200 zarba/daqiga yetib, undan ham 
oshadi. 
O‘yinchi-sportchilarda nafas funksiyasining o‘zgarishi ular faoliyatining o‘ziga xos 
xususiyatlariga bog‘liq. O‘pkaning tiriklik sig‘imi vaterpolchi va futbolchilarda eng yuqori 
darajagacha ko‘tariladi. Gorodokchilar va tennischilarda bu ko‘rsatkichlar ancha past. 


43 
O‘yinchi-sportchilarning faoliyat chog‘ida kislorod iste’mol qilishi o‘rta va uzoq 
masofalarga yuguruvchilarda, chang‘ichi, suzuvchilarda sezilarli darajada kam. Tennischi 
ayollarda ushbu ko‘rsatkich o‘yin vaqtida 2l/da q gacha, erkaklarda esa 2,5 l gacha etadi. 
Bosh qa sport turlariga ixtisoslashgan sportchilardagi kabi mahorat darajasi kislorod 
iste’mol qilish kattaliklari bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Musobaqa o‘yinlaridan so‘ngi qon tarkibi va ajratish organlari funksiyalarida jiddiy 
o‘zgarishlar yuz beradi. Qonda qand miqdori ortadi, bu organizmning uglevodlarga talabi 
pasaygan sharoitda jigarning kuchli safarbarlik faoliyati natijasidir. Siydikda shiddatli 
musobaqa o‘yinlaridan so‘ng ancha katta miqdorda (0,65 % gacha) oqsil borligi kuzatiladi. 
O‘yinlar bilan muntazam shug‘ullanish ta’sirida analizatorlar faoliyatida jiddiy o‘zgarishlar 
ro‘y beradi.Jamoadosh o‘rtoqlar va raqib o‘yinchilarning harakatlarini to‘xtovsiz ko‘rib, 
nazorat qilib borish, boshqa o‘yinchilar bilan yakkakurash sharoitida aldash harakatlari, 
burilish va h.k. lar bilan bog‘liq harkatlar chog‘idagi to‘pga egalik qilish texnikasining 
mukammalligi ko‘rishi harakat va vestibulyar analizatorlar faoliyatiga yuksak talablar 
qo‘yadi. 
Ko‘rib nazorat qilish makonda mo‘ljal olishni yengillashtiradi. Mushaklar 
sezgisining yuqori darajada bo‘lishi va uning makonda mo‘ljal olishga qiymatli baho bera 
bilish bilan to‘ldirilishi harakatlar aniqligini oshiradi. 
O‘yinlar bilan muntazam shug‘ullanish ta’sirida ko‘zni harakatlantirish apparati ham 
takomillashadi. Maqbul mushaklar muvozanati (ftoforiya) yuzaga keladi, ko‘rish hajmi 
ortadi, ko‘zning elektr sezgirligi bo‘sag‘alari pasayadi, kutilmaganda to‘xtashlar, keskin 
burilishlar, sakrashlar, ra qibdan qochishning turli yo‘llari vestibulyar apparat 
retseptorlarining ta’sirlanishi bilan kuzatib boriladi.
Bunda yuzaga keladigan reflekslar nigoh-aylanma harakatlar chog‘ida predmetni 
tanib olish va ko‘rib baholash imkonini beruvchi holatda joylashuviga ko‘maklashadi. 
 


44 

Download 4,66 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   76




Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 O‘yinlar shug‘ullanuvchilar organizmiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatish

Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish