Kurs ishi mavzusining metodlari.
Ilmiy-metodik manbalarni tahlil qilish,
ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va umumlashtirish, anketa, test, mashq,
pedagogik tajriba natijalarini matematik-statistik tahlil qilish.
Kurs ishining ilmiy yangiligi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jamoatchilik
ruhida tarbiyalash dоlzаrb pеdаgоgik muаmmо ekаnligini аsоslаb berildi;
- mаvzugа оid ilmiy, mеtоdik, pеdаgоgik, psiхоlоgik hаmdа tаriхiy-fаlsаfiy
mаnbаlаr o‘rgаnilib, tаhlil qilindi;
-
maktabgacha yoshdagi bolalarni jamoatchilik ruhida tarbiyalashning nazariy
asoslar asoslab berildi;
- jamoa haqida tushuncha, uning xususiyatlari va vazifalari ko‘rsatib o‘tildi;
- jamoa tushunchasining mutafakkirlar asarlarida talqini ochib berildi;
- maktabgacha yoshdagi bolalarni jamoatchilik ruhida tarbiyalashda yosh
xususiyatlari tahlil qilib berildi.
Kurs ishining ilmiy-amaliy ahamiyati.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni
jamoatchilik ruhida tarbiyalashganing amaliy shart-sharoitlarini asoslab berildi;
- maktabgacha yoshdagi bolalar jamoasini yaratish va rivojlantirish usullari va
texnologiyalarining avzalligi ko‘rsatib o‘tildi;
- bolalar jamoasini rivojlanish darajasini o‘rganish va diagnostika qilish metodlari
yo‘llari yoritib berildi;
- maktabgacha yoshdagi bolalarni jamoatchilik ruhida tarbiyalashdga doir tajriba-sinov
ishlari yuzasidan olingan natijalar asosida mеtоdik tаvsiyalаr ishlаb chiqildi.
Kurs ishining tuzilishi.
Kirish, ikki bob, besh fasl, xulosa, foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
6
I BOB.
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI JAMOATCHILIK
RUHIDA TARBIYALASH NAZARIYASOSLARI.
I.1. Jamoa haqida tushuncha, uning xususiyatlari va vazifalari
Jamoa (lotincha «kollektivus» so‘zining tarjimasi bo‘lib, yig‘ilma, omma,
birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo‘lib,
ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh demakdir.
Turkiyzabon xalqlarda, jumladan o‘zbeklarda jamoa azaldan ijtimoiy birlikni anglatib
kelgan. Odamlarning jamoa bo‘lib yashashi zaruriyatini Suqrot, Platon, Aristotel,
Markaziy Osiyo mutafakkirlari Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek, Alisher Navoiy
va boshqalar ilmiy asoslab berganlar. Ayniqsa, buyuk faylasuf olim Abu Nasr Farobiy
o‘zining asarlarida jamoa bo‘lib yashashga tabiiy moyillik inson turmush tarzining
mazmunini tashkil etishini uqtiradi. Farobiy bu haqda quyidagi fikr-mulohazalarni
bayon etgan: «Har bir inson o‘z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy
darajadagi etuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, u bir o‘zi
shunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi, ularga ega bo‘lish uchun odamlar jamoasiga
ehtiyoj tug‘iladi. SHu sababli yashash uchun zarur bo‘lgan, kishilarni bir-biriga etkazib
beruvchi va o‘zaro yordamlashuvchi ko‘p kishilarning birlashuvi orqaligina odam o‘z
tabiati bo‘yicha intilgan etuklikka erishishi mumkin. Bunday jamoa a’zolarining
faoliyati bir-butun holda ularning har biriga yashash va etuklikka erishuv uchun zarur
bo‘lgan narsalarni etkazib beradi. SHuning uchun inson shaxslari ko‘paydilar, natijada
inson jamoasi vujudga keldi». Jamoa odamlar maqsad-manfaatlarining umumiyligi,
o‘zaro hamkorlik qilishlari zarurligi, mehnat va maishiy hayotiy faoliyatlari
yo‘nalganligi zaminida o‘zaro birgalikda harakat qilishlarini taqozo etishdan vujudga
keladi. Odamlarning faoliyat turlariga mutanosib tarzda mehnat, ta’lim-tarbiya,
maishiy hayot, badiiy ijod, harbiy, jismoniy tarbiya, sport, oila kabi doiralarda jamoalar
vujudga kelishi va samarali amal qilishi mumkin.
Zamonaviy talqinda «jamoa» tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatiladi.
Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yo‘lida
7
birlashuvidan iborat tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish jamoasi,
zavod jamoasi, o‘quv yurti jamoasi, xo‘jalik jamosi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa
deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. Chunonchi, o‘quvchilar
jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi.
|