70
3.8b.- rasm.
pwcontrol.herokuapp.com
tizimi interfeysi
Dasturning funksional imkoniyati:
-signal o‘zgartkich apparat rejimlarini va
signallarini xisoblash va
ular asosida tadqiqotlar o‘tkazish;
-chiqish kuchlanishining grafigini shakllantirish;
-model asosida kuchlanish taqsimotini aniqlash.
3.2-§. Infokommunikatsiya obyektlarining energiya ta’minotini
masofadan monitoringi apparat-dasturiy majmuasini funksional
modullari va amaliy tadqiqi
Infokommunikatsiya obyektlari energiya ta’minoti qurilmalarini
masofadan monitoring qilishda markazlashtirilgan elektr tarmog‘iga
integratsiyalashda elektr
energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, saqlash
va iste’mol rejimlarini muvofiqlashtirish
uchun elektr parametrlari
qiymatlarini monitoring qilish talab etiladi. Buning uchun
iste’molchilarning taqsimlash qurilmalari shinalariga
kerakli datchiklar
o‘rnatiladi va ularning chiqish signallari boshqaruv tizimiga beriladi.
Mikrokontroller tarkibida turli xil signallarni qayta ishlash va elektr
qurilmalaridan olingan malumotlarni signal uzatish qurilmasi yordamida
uzoq masofalarda joylashgan boshqaruv obektlariga
yani serverlarga
yuborishga mo‘ljallangan kompleks qurilmalar mavjud. Yani yuqorida
aytib o‘tilgan axborotlarni qayta
ishlash blokidan keladigan
malumotlarni monitoring uchun mo‘ljallangan ilovalarda namoyish etish
uchun web ga asoslangan xamda maxsus manbalarni turiga ko‘ra
uzluksiz nazorati uchun mo‘ljallangan amaliy apparat-dasturiy
majmualarning funksional modullari ishlab chiqildi [6; 125-139, 12].
Apparat-dasturiy majmuaning funksional
modullari asosan uchta
satxdan tashkil topgan bo‘lib, manbalardan keladigan analog
ko‘rinishdagi signallarni qabul qilish hamda qayta ishlash moduli. AQIB
dan keladigan manbalar ish xolatini xududlar
kesimida joylashgan
infokommunikatsiya obyektlari energiya ta’minoti manbalari ishlab
chiqargan energiya quvvati va sarfi xaqidagi
malumotlarni doimiy
71
monitoring qilib boruvchi web interfeys xamda mobil ilovadan tashkil
topgan. Infokommunikatsiya obyektlarining energiya ta’minotini doimiy
monitoringi uchun mo‘ljallangan apparat-dasturiy majmualarning o‘zaro
bog‘langanligini asoslovchi funksional modullari shakllantirildi (3.9-
rasm) [80;85;86].