243-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari
Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha
quyidagilarga haqli:
1) hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz qoldirishga;
2) hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga;
3) hal qiluv qarorini o‘zgartirishga;
4) hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud arizani
(shikoyatni) to‘liq yoki qisman ko‘rmasdan qoldirishga;
5) ushbu Kodeks 244-moddasi beshinchi qismining 7-bandida nazarda tutilgan asos mavjud
bo‘lgan
taqdirda, hal qiluv qarorini bekor qilishga va ish materiallarini taalluqliligiga ko‘ra
boshqa
sudga yuborishga.
Ushbu Kodeks 244-moddasi beshinchi qismining 2, 3 va 6-bandlarida nazarda tutilgan asoslar
aniqlanganda kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida
ish yuritish qoidalari
bo‘yicha ko‘radi. Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘rishga o‘tish
haqida ajrim chiqarilib, unda bajarilishi lozim bo‘lgan harakatlar ko‘rsatiladi.
Sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risidagi masala hal qilinmaganligi yoki noto‘g‘ri hal
qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki o‘zgartirish uchun asos bo‘lmaydi. Bu holda
qarorning xulosa qismida sud xarajatlari ushbu Kodeksning 115-moddasida
nazarda tutilgan
tartibda taqsimlanishi ko‘rsatiladi.