II BO‘LIM. BIRINChI INSTANSIYA SUDIDA ISh YURITISh
16-bob. Ish qo‘zg‘atish
127-modda. Ish qo‘zg‘atish asoslari
Sud:
1) manfaatdor shaxslarning;
2) prokurorning;
3) davlat organlari va boshqa shaxslar yuridik shaxslar va fuqarolarning
huquqlari hamda
qonun bilan qo‘riqlanadigan
manfaatlarini, jamiyat va davlat
manfaatlarini himoya qilish
maqsadida qonun bo‘yicha sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan
hollarda,
shu davlat
organlarining va boshqa shaxslarning arizalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atadi.
128-modda. Arizaning (shikoyatning) shakli va mazmuni
Ariza (shikoyat) sudga yozma shaklda beriladi. U arizachi
yoki uning vakili tomonidan
imzolanadi.
Arizada (shikoyatda) quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) ariza (shikoyat) berilayotgan sudning nomi;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi), joylashgan yeri
(pochta manzili) yoki yashash joyi;
3) arz qilingan talablarga asos bo‘lgan holatlar (agar ular mavjud bo‘lsa);
4) arz qilingan talablarning asoslarini tasdiqlovchi dalillar;
5) arizachining qonunchilikka asoslab keltirgan talablari, talab bir nechta javobgarga nisbatan
taqdim etilganda esa ularning har biriga nisbatan talablar;
6) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati.
Arizada (shikoyatda) arizachining yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron
manzili ko‘rsatilishi mumkin.
Arizada (shikoyatda), agar nizoni to‘g‘ri hal qilish uchun zarur bo‘lsa, boshqa ma’lumotlar,
shuningdek arizachidagi mavjud bo‘lgan iltimosnomalar ko‘rsatiladi.
Arizachi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan
bir nechta talabni, agar ular ma’muriy sudga taalluqli bo‘lsa,
bitta arizaga (shikoyatga) birlashtirishga haqli.
129-modda. Arizaning (shikoyatning) va unga ilova qilinadigan hujjatlarning ko‘chirma