Sud tarafning hal qiluv qarorini qabul qilish chog‘ida
hal qilinadigan, dalillar maqbulligi
to‘g‘risidagi arizasiga bog‘lanib qolmaydi.
Sud hujjatning yoki boshqa yozma dalilning faqat ko‘chirma nusxasi
bilan tasdiqlanadigan
holatlarni, agar hujjatning asl nusxasi yo‘qotilgan hamda sudga topshirilmagan bo‘lsa, va ushbu
hujjatning nizolashayotgan taraflarning har biri tomonidan taqdim etilgan ko‘chirma
nusxalari
o‘zaro bir xil bo‘lmasa, va hujjatning asl mazmunini boshqa dalillar yordamida aniqlab bo‘lmasa,
isbot qilingan deb hisoblashi mumkin emas.
74-modda. Yozma dalillar
Ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan
hujjatlar, shartnomalar, ma’lumotnomalar, amaliy yozishmalar, shu jumladan faksimil, elektron yoki
boshqa aloqa vositasida yoxud hujjatning ishonchliligini aniqlash imkonini beruvchi boshqa usulda
olingan o‘zga hujjatlar va materiallar yozma dalillardir.
Yozma dalillar asl nusxada yoki tegishli tarzda tasdiqlangan ko‘chirma nusxada taqdim etiladi.
Agar ko‘rilayotgan ishga hujjatning faqat bir qismi aloqador bo‘lsa, uning tasdiqlangan ko‘chirmasi
taqdim etilishi mumkin.
Ish holatlari qonunchilikka muvofiq hujjatlarning faqat asl nusxalari bilan tasdiqlanishi lozim
bo‘lsa, shuningdek boshqa zarur hollarda sudning talabi bilan ularning asl nusxalari taqdim etiladi.
Sudga
taqdim etiladigan, to‘liq yoki qisman chet tilida tuzilgan yozma dalillarga ularning
tegishli tarzda tasdiqlangan tarjimalari ilova qilinadi.
Chet
davlatda olingan hujjat, agar u qonunchilikda belgilangan tartibda legallashtirilgan
bo‘lsa, sudda yozma dalil deb tan olinadi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan hollarda chet davlatda
olingan hujjat legallashtirilmasdan sudda yozma dalil deb tan olinadi.