• I-Bob.Qishloq xo’jaligi islohotlarini amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari 1.1 Arar islohotlarning huquqiy asoslari
  • Bitiruv malakaviy ishnning nazariy va amaliy ahamiyati




    Download 128,96 Kb.
    bet6/24
    Sana23.07.2021
    Hajmi128,96 Kb.
    #15751
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
    Bitiruv malakaviy ishnning nazariy va amaliy ahamiyati, shundan iboratki, unda bildirilgan ilmiy-nazariy fikrlar va ishlab chiqilgan asosiy xulosalar o‘rganilgan muammoning nazariyasini va qayta ishlash tarmoqlari samaradorligini oshirish hamda sotish kanallarini takomillashtirishga qaratilgan dasturlarini qo‘llash amaliyotini ma’lum darajada boyitadi.

    I-Bob.Qishloq xo’jaligi islohotlarini amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari

    1.1 Arar islohotlarning huquqiy asoslari

    Zamonaviy agrar iqtisodiyot mamlakatimiz iqtisodiy hayotida muxim o’rin tutadi. Uning rivojlanish holati doimiy e’tiborga molikdir. Mustaqillikning dastlabki yillarida O’zbekiston qishloq xo’jaligining iqtisodiy inqirozga yuz tutganligini bir kator sabablari mavjud:

    • ko’p yillar davomida erga nisbatan davlat mulki munosabatlari xukmronlik kilgani va kishilarda eski psixologiyaning xukmronlik qilishi iqtisodiy isloxotlarni amalga oshishiga salbiy ta’sir ko’rsatganligi;

    • qishloq xo’jalik ishlab chikarishiga fan-texnika yutuklarini qo’llash va uni amalga oshirishning qiyinlashib qolganligi;

    • qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida keragidan ortiqcha mehnat resurslarining yiғilib qolganligi, ularni bo’shatish va boshqa ish bilan ta’minlash xukumat oldiga yana bir ulkan muammoni qo’yganligi;

    • qishloq xo’jaligi texnikalarining eskiligi va tarmoqda mexanizastiyalashtirish darajasining pasayib ketganligi, yangi texnika sotib olish va ishlab chiqarishga jalb qilish qimmatligi va ishlab chiqaruvchilarda buning uchun kerakli mablaғning yo’qligi;

    • qishloq xo’jaligi korxonalarini rivojlantirish uchun kerakli mikdordagi ssuda va kreditlarning etishmasligi yoki ularni olishning haddan tashqari qiyinligi.

    Agrar siyosatning asosiy vazifasi - bu kabi muammolarga imkon qadar tezroq barham berish va iqtisodiy islohotlarning samarali amalga oshirilishiga erishishdir. Shu maqsadda keyingi yillarda mamlakat agrar tarmoғini rivojlantirish uchun bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Ular ichida eng muhimlaridan biri mamlakat agrar islohotining huquqiy asoslari yaratildi (1-chizma). O’zbekiston agrar islohotining huquqiy asoslarini quyidagilar tashkil etadi:



    • Er Kodeksi;

    • Mehnat Kodeksi;

    • Qishloq xo’jalik kooperativlari (shirkat xo’jaligi) to’ғrisidagi qonun;

    • Fermer xo’jaliklari to’ғrisidagi qonun;

    • Dehqon xo’jaliklari to’ғrisidagi qonun;

    • Qishloq xo’jaligini rivojlantirish, undagi ishlab chiqarish, moliya, soliq, kredit va boshqa munosabatlarni takomillashtirish borasidagi qonunlar, farmonlar, karorlar, me’yoriy hujjatlar va boshqa qonunostihujjatlari. Tanlangan yo’l asosida O’zbekistonda agrar sohani rivojlantirishning asosiy vazifalari belgilab olingan. Umuman olganda, O’zbekiston qishloq xo’jaligi rivojlanishining quyidagi ikki muhim strategik maqsadni amalga oshirish asosida qurilgan:

    • Paxta tolasini etishtirishning barqarorligini ta’minlash;

    • Don ishlab chikarishni ko’paytirish va don mustakillikka erishish.
      Qishloq xo’jaligida iqtisodiy isloxotlarni yanada chukurlashtirish, sohani barkaror rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari hamda Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili Davlat dasturida belgilangan tadbirlarning ijrosini tashkil etish, ularning o’z muddatlarida va to’laqonli bajarilishini ta’minlash maqsadida O’zbekistan Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligining Xay’at qarori bilan quyidagi maxsus ishchi guruhlari tashkil etildi:

    1. Tizimdagi korxonalarni modernizastiyalash va mahalliylashtirish, sifat va narxlar borasida raqobatbardosh sanoat maxsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish yo’li bilan ularning barqaror ishlashini ta’minlash masalalari bo’yicha.

    2. Eksport maxsulotlari ishlab chikarish va ularni xorijga sotish kulamini oshirish, import xajmini optimallashtirish masalalari bo’yicha.

    3. Xorijiy investistiyalarni jalb etish, ulardan maqsadli foydalanish va loyihalar monitoringini tashkil etish masalalari bo’yicha.

    4. Qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan tarkibiy o’zgarishlar jarayonida Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, viloyatlar Qishloq va suv xo’jaligi boshqarmalari hamda tumanlar Qishloq va suv xo’jaligi bo`limlari faoliyatini takomillashtirish masalalari bo’yicha.

    5. Qishloq infratuzilma ob’ektlari faoliyatini rivojlantirish hamda fermer xo’jaliklari bilan ta’minotchi, xizmat kursatuvchi, tayyorlov idoralari urtasida shartnoma majburiyatlarining bajarilishi ustidan monitoring yuritish masalalari bo’yicha.

    6. Suv tanqisligining salbiy ta’sirini yumshatish, suv resurslarini okilona boshqarish va suvdan samarali foydalanish xamda tomchilatib sug`orish tizimini tashkil qilish masalalari bo’yicha.

    7. Paxtachilik, g`allachilik va moyli ekinlar masalalari bo’yicha.

    1. Sabzavot, poliz, kartoshka, meva va uzum mahsulotlarini etishtirish, kayta ishlash, ichki iste’mol bozorini to`ldirish hamda eksport qilish hajmlarini kuchaytirish masalalari bo’yicha.

    2. O’simliklarni ximoya qilish, biolaboratoriyalar va agrokimyo-stanstiyalar faoliyatini takomillashtirish masalalari bo’yicha.

    1. Chorvachilik va qorako’lchilikni rivojlantirish masalalaribo’yicha.

    1. Parrandachilikni rivojlantirish masalalari bo’yicha.

    2. Baliqchilikni rivojlantirish masalalari bo’yicha.

    3. Asalarichilikni rivojlantirish masalalari bo’yicha.

    4. Pillachilik masalalari bo’yicha.

    15.«Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturi bo’yicha.
    Mazkur ishchi guruxlariga xududlarda yuqorida qayd etilgan yunalishlar bo’yicha belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlarni taxlil kilish, joylarda aniqlangan xato-kamchiliklarni mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari rahbarlari bilan birgalikda bartaraf eti shva iuammolarni hal qilish vazifalari yuklatilgan.

    Shaxsiy yordamchi, dexqon va fermer xo’jaliklari hamda tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari o’zlaridagi mavjud muammolar hamda ushbu yo’nalishlar bo’yicha vazirlik va uning tizim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish bo’yicha takliflarini Ishchi guruxlariga taqdim qilishlari mumkin.

    Shunga ko’ra, biz mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining joriy va istiqboldagi chora-tadbirlarini belgilashda jahon moliyaviy inqirozi oqibatlarining ta’sirini har tomonlama xisobga olishimiz, iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ushbu jarayonlar ta’siri nuqtai-nazaridan shakllantirishimiz va ularni izchil amalga oshirishimiz takrzo etiladi. Bu boradagi chora-tadbirlar birinchi Prezidentimiz I.Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» nomli asarlarida keng va batafsil bayon qilib berilgan. Asarda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining mazmun-mohiyati, namoyon bo’lish shakllari, kelib chiqish sabablari, uning O’zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri, mazkur inqiroz oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo’lgan omillar bayon qilib berilgan. Shuningdek, mamlakatimiz mehnatkashlari uchun ғoyat murakkab va oғir bo’lishiga qaramay 2010 yilda erishilgan ijobiy natija va yutuqlar baholanib, respublikamizdagi iqtisodiy salohiyatdan yanada kengroq foydalanish imkoniyatlari ko’rsatib berilgan. Asarda O’zbekiston uchun inqirozni bartaraf etish va jahon bozorida yangi marralarga chiqishning ishonchli yo’li sifatida 2011 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning quyidagi eng muhim ustuvor yo’nalishlari belgilab berilgan:

    - mamlakatimizda qabul qilingan 2009-2012 yillarda jahon iqtisodiy inqirozi oqibatlarining oldini olish va bartaraf qilish bo’yicha inqirozga qarshi dasturni amalga oshirish, shu asosda iqtisodiy o’sishning uzoq muddatli barqaror sur’atlarini va iqtisodiyotning muvozanatli rivojlanishini ta’minlash;

    - tarkibiy o’zgartirishlarni davom ettirish va iqtisodiyotni diversifikastiyalash, buni birinchi navbatda, xalqaro sifat standartlariga

    javob beradigan, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo’lgan raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishga yo’naltirilgan iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarini modernizastiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash yo’li bilan amalga oshirish;

    - qishloq turmushi sifatini va qiyofasini tubdan yaxshilashga, qishloq joylarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal rivojlantirishga, mulkdorning, tadbirkorlik va kichik biznesning maqomi, o’rni va ahamiyatini tubdan qayta ko’rib chiqishga, fermer xo’jaligini rivojlantirishni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan uzoq muddatli, o’zaro chuqur bog`langan chora-tadbirlar keng kompleksini amalga oshirish;

    - aholi bandligini ta’minlash, uning turmush sifatini oshirishning eng muhim omili sifatida xizmatlar ko’rsatish sohasi va kichik biznesni jadal rivojlantirish;

    - mamlakatni modernizastiya qilish va aholi bandligini oshirishning eng muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish;

    - banklar ishini yanada takomillashtirish, aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bo’sh mablaғlarini tijorat banklaridagi depozitlarga jalbqilishni rag`batlantirish.

    Prezidentimizning ushbu asarlarida belgilab berilgan O’zbekiston iqtisodiyotini barqaror va mutanosib rivojlantirish, jahon bozorlarida mustahkam o’rin egallash, shular asosida izchil iqtisodiy o’sishni ta’minlash, xalqimizning hayot darajasi va farovonligini yanada oshirish borasidagi vazifalarni to’liq va samarali amalga oshirish eng avvalo jamiyatimiz a’zolari tomonidan ularning mazmun-mohiyatini teran va chuqur anglab etilishini taqozo etadi. Shunga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining tavsiyasiga ko’ra birinchi Prezidentimiz I.Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» nomli asarlarini talabalar tomonidan chuqur va har tomonlama o’rganish, unda ko’rsatib o’tilgan dolzarb masalalarning tub mohiyatini anglash, 2011 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim yo’nalishlarini bilish maqsadida mazkur maxsus kursning joriy etilganligi muhim ahamiyat kasb etadi.

    O’zbekiston agrar siyosatining huquqiy asoslari yaratilgan, faqat uni to’g`ri amalga oshirish muhim, shundagina olib borilayotgan iqtisodiy isloxotlar kerakli darajadagi samarani berishi mumkin.

    Agrar islohot – qishloq xo’jaligini tashkil qilishga tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ta’sirlarning natijasidir. Agrar isloxotga asosan quyidagilar kiritiladi:

    - ishlatiladigan omillarning tarkibi, sifat tarkibi va taqsimlanishi;

    - tarmoqlarining ishlab chiqarish tarkibi;

    - agrar sohadagi xo’jaliklar tarkibi va taqsimotining soni;

    - qishloq xo’jaligi mahsulotlarining sotish sohasining tarkibi.

    O’z navbatida agrar isloxot texnik, iqtisodiy va ijtimoiy elementlardan tashkil topadi. Texnik elementlarga quyidagilar kiradi:

    - qishloq xo’jalik korxonalari;

    - ishlab chiqarish omillari: ekin turlarining bo’linishi,

    maydonlarning taqsimlanishi, transport bilan ta’minlanish, ekin turlarining mutanosibligi, dehqonchilik tizimi, mahsulot turlarining mutanosibligi;

    - hayvonlarni saqlash, ishlab chiqarish, xarid qilish, sotish shakllari. Iqtisodiy elementlarga quyidagilar kiradi:

    - agrar sektorning barcha korxonalari;

    - moliyalashtirish;

    - mehnatni raғbatlantirish;

    - daromad;

    - foyda.

    Ijtimoiy elementlarga quyidagilar kiradi:

    - turmush darajasi;

    - mehnat shart-sharoitlari;

    - maorif, madaniyat;

    - soғliqni saqlash;

    - axborot, aloqa.

    Agrar siyosatning qanday samara berishi ko’p jihatdan yuqoridagi elementlardan qanday foydalanishga boғliqdir.Mulk shaklining keskin o’zgarishi korxona tarkibiy siyosatining ham keskin o’zgarishiga olib keladi, shu jihatdan, korxona tarkibiy siyosatini tanlashda texnik elementlarni to’ғri tanlash muhimdir.

    Ma’lumki, qishloq xo’jaligi salohiyati, foyda miqdori va agrar isloxot o’rtasida mustahkam boғliqlik mavjud. Shunday ekan, agrar isloxot siyosatida iqtisodiy elementlardan to’ғri foydalanish ham iqtisodiy samaradorlikka ta’sir ko’rsatadi.

    Agrar-siyosiy tadbirlarning muvaffaqiyati bir qator ijtimoiy-siyosiy shart-sharoitlarning bajarilishi bilan boғliqdir:

    - ijtimoiy tadbirlar iqtisodiy omillarga mos holda amalga oshirilishi kerak, ya’ni, o’z tarkibi bo’yicha to’ғri bo’lishi kerak;

    - ijtimoiy maqsadlar iqtisodiy va siyosiy maqsadlarga to’ғri kelishi kerak;

    - ijtimoiy qarorlar o’z mohiyati bo’yicha to’ғri bo’lishi kerak, ya’ni texnik ketma-ketlik saqlanishi lozim;

    - ijtimoiy qarorlar kerakli vaqtda qabul qilinishi va amalga oshirilishi lozim, ya’ni o’z vaqtida bo’lishi lozim.

    Agrar isloxot siyosatining maqsadi mavjud sharoit va ishlab chiqarish darajasiga qarab belgilanadi. Agrar isloxot siyosatining maqsadi quyidagilar asosida kelib chiqadi:

    - tabiiy sharoitlar va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini yuritish murakkabligiga;

    - qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilarining ko’p yillik ishlab chiqarish an’analariga;

    - ishlab chiqarishni tashkil qilishga;

    - sodir bo’ladigan murakkabliklarga.

    O’zbekistonda agrar isloxot siyosatining asosiy maqsadlari quyidagilar bo’lib hisoblanadi:

    - aholiga kerakli miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari va qayta ishlash sanoati uchun xom ashyo etkazib berishni ta’minlaydigan ishlab chiqarish sharoitlarini ta’minlash;

    - iste’mol bozorlarini barqarorlashtirish;

    - qishloq aholisining ijtimoiy muammolarini muvaffaqiyatli hal qilish imkoniyatlarini shakllantirish;

    - agrar tarmoq samaradorligini ta’minlash va uning asta-sekinlik bilan mamlakat iqtisodiyotining barqaror bo’lishidagi hissasini oshirishga erishish.

    Bu maqsadlarga erishish uchun quyidagi asosiy vositalardan foydalanish lozim:

    1. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishidagi mulk shakllari turlaridan samarali foydalanish. Bunda raqobatga asoslangan mulkchilk tizimidan foydalanish, ya’ni, qaerda qaysi mulk shakli eng ko’p samara bersa, o’sha erda shu mulk shaklidan foydalanish tamoyili asosida ish yuritish muhim ahamiyat kasb etadi.

    2. Aholining daromadlarini oshishiga xizmat qiladigan agrar sektordagi mehnat unumdorligini oshirishga erishish.

    3. Ish jarayonlarini mexanizastiyalashtirish va avtomatlashtirish, bu o’z navbatida mehnat sharoitlari va ularning natijalarini o’zgartiradi.

    4. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari, qayta ishlovchi korxonalar ishchilari va ularni tashkil qiluvchilariga tizimli ravishda yo’l-yo’riqlar berib borish, shu bilan birgalikda ishlab chiqarishga ko’proq takomillashgan

    va tejamli omillardan foydalana borish, marketingni joriy qilish.

    5. Ichki agrar ishlab chiqarishni himoya qilish, moliyalashtirishni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash, davlat va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash.

    6. Qishloq hayoti va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi infrastrukturasini shakllantirish.

    7. Agrar-sanoat ishlab chiqarishida bozor mexanizmini takomillashtirish va korxonalar raqobatbardoshligini ta’minlash.

    8. Baho tizimini takomillashtirish orqali qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini barcha turlarini samarali bo’lishiga erishish, maxsus fondlarni tashkil qilish orqali esa qishloq xo’jaligining kam samarali, ammo hayot uchun zarur tarmoqlari ishlab chiqarishini barqarorligini saqlabqolish.

    9. Qishloq xo’jaligining ayrim tarmoqlari, ayrim hududlar ishlab chiqarishi yoki ayrim qishloq joylarini alohida yoki bir butun holda qishloq xo’jaligini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shu orqali er fondini, er unumdorligini, chorva mollari genetik salohiyatini, shuningdek, qishloq xo’jaligi mashinasozligi imkoniyatlarinioshirish.

    Agrar isloxot siyosatiga bir qator ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sir ko’rsatadi. Ob’ektiv omillarga asosan quyidagilar kiradi:

    - qishloq xo’jaligini mavjudlik va tashkil etish xususiyatlari;

    - agrar sektordagi bioklimat salohiyati darajasi;

    - qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining katta mehnat siғimiga ega ekanligi;

    - agrar sektorda bozor munosabatlarining to’la rivojlanmaganligi va uni qishloq aholisining qabul qilishi qiyin bo’layotganligi;

    - agrar soha faoliyatini tashkil qilish jarayoniga davlatning aralashuvining zarurligi.

    Agrar isloxot siyosatida sub’ektiv omillar ham muhim o’rin tutadi.

    Sub’ektiv omillarga kishilar, ya’ni ishlab chiqaruvchilar, rahbarlar, iste’molchilar va boshqalar kiradi. Shuningdek, agrar isloxot siyosatiga quyidagi umumiy omillar ham ta’sir ko’rsatadi:

    - korxona hajmi yiriklashuvining texnologik samarasi;

    - texnik rivojlanish (biologik, mexanik, tashkiliy-texnik);

    - tadbirkorlikning maxsus omillari;

    - qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish omillarini o’z vaqtida ta’sir ko’rsatishini ta’minlovchi jihatlar;

    - umumiy iqtisodiy rivojlanish (talabning o’sishi, tovar va xizmatlar bahosi);

    - siyosiy o’zgarishlar.

    Qishloq xo’jaligida hamma vaqt tashkiliy-siyosiy tadbirlar daromadlarning taqsimlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun moddiy resurslarni turli xo’jalik bo’ғinlari o’rtasida taqsimlash maqsadi va daromadlar siyosati bir-biriga qarama-qarshi emas.




    Download 128,96 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




    Download 128,96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bitiruv malakaviy ishnning nazariy va amaliy ahamiyati

    Download 128,96 Kb.