|
I. A. Karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi angren kon metallurgiya texnikumi foydali qazilmaqlarni boyitish ishlari o
|
bet | 230/241 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 4,83 Mb. | | #145433 |
Bog'liq UMK FQB amaliyotAu + 2CN- = Au(CN)2- + e (6.5)
Shunday qilib oltin ionining yo’qotilishi valent elektronning erkinlashishi oltinning elektronlarini berilishi bilan izohlanib u mikroelementda galvanik tok hosil qiladi va anodga aylanadi. Katod bo’limida kislorodning qaytarilishi kuzatiladi va natijada ma’lum miqdorda vodorod pereoksid hosil bo’ladi.
O2 + 2H2O + 4e = 4OH-, φ = + 0,4В (6.6) O2 + 2H2O + 2e = H2O2 + 2OH-, φ = - 0,15 В (6.7)
Yuqorida keltirilgan reaksiyalar orasida sekin boradigani bu kislorodni qaytarilishidir. Kumush yordamida bu jarayon ham tezlashadi. Bu jarayonning mohiyati shundan iboratki molekula holidagi kislorod parchalanib (dissotsiyalanib) atom holida o’tadi. Atom holidagi kislorod kumush bilan reaksiyaga kirishib oksid parda hosil qiladi. Natijada kumush kislorod molekulalarini dissotsiyalanishini tezlashtiradi va gidrooksid ionlari hosil bo’lishiga olib keladi. Sianlash jarayonida sian eritmasining 0,02-0,05 % li eritmasi ishlatiladi. Oltin kompleks holda erib eritmaga o’tadi, bunda asosiy komponentlardan biri kisloroddir. Kislorod o’rniga boshqa oksidlovchilar ishlatish mumkin.
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, kislorodning portsial bosimi 0,21 atm., bo’lganda sinil eritmasining chegaralangan konsentratsiyasi 0,02-0,1% bo’lmog’i kerak. Bu kattaliklar oltin saralash fabrika va zavodlarining ko’rsatgichlariga mos keladi. Agar sinil eritmasining omilkor konsentratsiyasini ushlash oson bo’lsa, kislorod uchun bu ish murakkkabdir. Tabiiy sharoitda, sanoatda ishlatiladigan ruda tarkibiga tez oksidlanadigan minerallar qatnashishi mumkin. Bu holda kislarodning anchagina qismi, yon-atrof reaksiyalarning borishiga befoyda sarf bo’lib ketadi. Agarda eritmani aralashtirish yetarli bo’lmasa, undagi kislarod, shu sharoitdagi harorat va partsial bosimga nisbatan oz miqdorda bo’ladi. Oltin va kumushning sinil erimasida erish yo’llarini bilib olgach, uning erish tezligi kinetikasini ham boshqarish mumkin. Shuni ham aytish kerakki, jarayon samarasini oshirishning asosiy yo’llaridan biri, eritmada erigan kislorod konsentratsiyasini oshirishdir. Kislorodning erishi esa, eritma ustidagi porsial bosimga to’g’ri proporsional bo’lganidan, eritmada ham sinil, ham oltin erish tezligini oshira borish kerakdir. I.N.Plaksin kabi olimlar tajribasi oltin erish tezligi sinil eritmasining yuqori konsentratsiyasida, kislorodning bosimi va erish tezligi bilan oshib boradi. Turli rudalar bilan olib borilgan tajribalar, kislorodning porsial bosimi oshirilganda, oltin erish tezligi ham osha borishini ko’rsatdi. Izlanishlar shuni ko’rsatdiki, harorat ortishi erish reaksiyalarining tezlashuviga olib keladi. Ammo harorat oshishi bilan ruda tarkibidagi boshqa minerallar ham erib, turli qiyinchiliklar tugidiradi. Harorat oshganda gidroliz yuz beradi va chumoli kislotasi ajraladi: CN + 2H2O= NH2 + HCOO- Shu sababdan bu texnologiyaga asoslangan fabrikalarda haroratni uncha oshirmagan, qishda esa 15-20% atrofida olib borishga harakat qiladilar. Diffuziya tezligi kimyoviy reaksiyalarning jadalligiga, mineral yuza qismi, diffuziya yuz beruvchi yuzaga bog’lik bo’ladi. Shuning uchun - nodir metallar minerallarining kattaligi va yuzasi ularning erish jadalligini ko’rsatadi. Mayda zarralarning solishtirma yuza maydoni, kattalarga nisbatan ko’p va katta bo’lgani uchun, ularning erish tezroq boradi. Yirik dona zarralarining to’la erish muddati, mayda zarralariga qaraganda 3-4 barobar oshib ketishi mumkin. Bu yirik zarralarni sinil eritmalarida eritish jarayonidan voz kechishgacha olib kelishi mumkin. Oltin rudalarini tegirmonda yanchishda, tug’ma metall zarralari o’ta maydalanmaydi,shu boisdan sinillab eritishdan avval gravitatsiya, amalgamatsiya yo’li bilan bu zarralar tutib qolinadi. O’ta mayda 1-5 mkm. ruda zarralarini yanchib,minerallar yuzasini «ochish» ancha og’ir ishdir. Bunday o’ta mayda zarrali rudalarni yanchishda ko’p elekrto energiya sarf bo’lishini hisobga olinsa, bunday rudalar qiyin boyitiluvchi (uporniy)beqaror rudalar tarkibiga kiradi. Solishtirma sirt yuzasi, bu minerallarning shakliga ham bog’liqdir. Oltin shakli sinillab eritishga to’g’ridan-to’g’ri ta'sir etadi. Bir xil o’lcham-og’irlikdagi soqqa shakl yuzasi, kub shakl yuzasi, kub shaklidagi yuzadan, kub esa yassi-lappak shakl yuzadan kichikdir. Tanlab eritish paytida metall yuzasi, to’xtovsiz kamayib boradi va uning erish tezligi vaqt birligida borgan sari kamayib boradi. Ba'zida mineral (metall)ruda tarkibida singganligiga (vkraplennost) erish tezligi ham turlicha bo’lishi mumkin. Ruda zarralari tegirmonlarda suv bilan aralashtirilib yanchiladi. Hosil bo’lgan bo’tana qovushqoqligi (Q:S nibati), uning diffuziya koeffitsiyentiga bog’liq. O’ta mayda mikron ruda zarralari -loyqa (quyqa)ni hosil qiladi. Loyqa esa amorf shaklda bo’lib undagi oltin juda yomon eriydi. Loyqalar ikki bosqichli bo’ladi. 1-chi bosqichdagi loyqalar kaolinlashgan (Al2O3 x 2SiO2 x 2H2O)larga va ular loyli rudalarni hosil qiladilar. Loyqa bilan aralashgan oltin rudalarini yana bir ikkilamchi turi jo’shli rudalardir. Bu rudalarda sariq rang ko’p bo’lib, u asosan temir 3oksidi : Fe2O3 x nH2O holida bo’ladi. Qadimda bunday rudali joylarni jo’shli yoki jo’shali deyilgan. Masalan: Toshkent viloyatining Angren shahri yonida Qorabog’soy, Qorabog’ qishlog’i yonida jo’shali-soy shu fikrimizga dalildir. Bu soyning tuprog’i asrlar bo’yi sariq tusli-jo’sh bo’lib kelardi. U yerdan 1980 yillardan boshlab oltin rudasi yer osti usulida qazib olinib, Angren oltin saralash fabrikasida qayta ishlanadi. Qovushqoqligi katta bo’lganidan bu rudalardagi oltin erish tezligi sust boradi. Shu sababdan bunday bo’tanasini bir necha barobar suyultirilgan holda sinillab eritiladi. Bo’tanani suyultirish dastgohlar miqdori va hajmini oshirishga va reagentlarning ortiqcha sarf bo’lishiga olib keladi. Bu rudalarda loyqa bo’lishligi keyingi jarayonlar: quyultirish, filtrlash ishlarini ham ogirlashtiradi. Shu sababdan loyqali rudalar qiyin boyitiladigan rudalarga kiradi. Oltinning eritmaga o’tishi shuningdek, ruda tarkibidagi nodir metallarning ligaturlik tarkibiga (qaysi shakli qancha miqdor, uning kimyoviy birikmalari, kabilar….) va undagi elektr o’tkazuvchi minerallar borligiga ham bog’liq bo’ladi. Odatda sof tug’ma oltin, kumush hamroxi missinil eritmalarida yaxshi eriydi. Shu boisdan uning mavjud bo’lishi oltinni sinillab eritishda birmuncha qiyinchiliklar tug’diradi. Oltin eritishda katta qiyinchilik tug’diradigan yana bir qo’shimcha unsur, bu tellurdir. U oltinni erishini juda ham susaytirib yuboradi. Jarayonni faollashtirish uchun oltin rudasini mayda yanchib, eritmada ishqor konsentratsiyasini oshirishga to’g’ri keladi. Telluridlarning sinil eritmasida oltin bilan o’zaro reaksiyasi quyidagacha bo’ladi: 2AuTe2 + 4CN + 6OH +4,5O2= 2Au(CN)2 +4TeO3 +3H2O Agarda ruda tarkibida tug’ma sof platina bo’lsa u erimay, to’giri chiqindiga o’tib ketadi. U oltin va kumush bilan qattiq eritma hosil qilgan bo’lsa ,ortiqcha sinil sarf qilish bilan sekin eriydi. Gravitatsiya va amalgamatsiya chiqindisi sinillab eritiladigan bo’lsa, bo’tana tarkibidagi yana bir unsur simob bo’ladi. Simob kam eriydi. Qo’shimcha manbaalarni NKMKning GMZ-1, GMZ-2, GMZ-3 zavodlar amaliy instruksiyalaridan olib foydalanish mumkin. Oltin rudalarini tanlab eritishda ishlatilayotgan ishqoriy metall sinillari aslida zaxarli bo’lgan sinil kislotasi HCN ning sinil tuzlari va kuchli ishqorlari (KOH, NaOH, Ca(OH)2)lardir.Shuning uchun ular suvda eritlganda ular yengil dissotsiyalanadi va sinil ionlari CN gidrolizlanib ishqor ionlari OH ga yo’l ochadi:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
I. A. Karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi angren kon metallurgiya texnikumi foydali qazilmaqlarni boyitish ishlari o
|