Nazorat savollari
1.
QueryBuilder interfeysi va komponentlarini aytib bering.
2.
QueryBuilder imkoniyatlarini aytib bering.
3.
Conditions, SQL, Results, Saved SQL bo‘limlari vazifalari?
4.
QueryBuilder yordamida so‘rov tuzishda jadval maydonlariga qanday
qilib “alias” lar o‘rnatiladi?
5.
QueryBuilderda shartlarni o‘rnatish
6.
QueryBuilderda yozuvlarni guruhlash?
7.
QueryBuilderda yozuvlarni tartiblash?
8.
QueryBuilderda jadvallar orasida bog‘lanishlarni o‘rnatish
8-LABORATORIYA ISHI
Ko‘rinishlar (VIEW)
Ishdan maqsad: Oracle ХЕ da ko‘rinishlar (view) yaratishni o‘rganish.
Topshiriqlar:
1. Oracle Application Express ilovasini
ishga tushiring hamda
ma’lumotlar bazasiga bog‘lanishni o‘rnating.
2. “Read Only” turidagi ikki xil ko‘rinish (view) yarating.
3. Yuqorida
yaratilgan
ko‘rinishlardan
birini
“yangilanuvchi”
ko‘rinishga keltiring.
4. Yangilanuvchi ko‘rinish yarating;
5. Yangilanuvchi ko‘rinishni bog‘lanish (JOIN )bilan yarating;
6. SQLda ko‘rinish yaratish buyruqlarini konspekt qiling;
7. 2–5 topshiriqlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni “Ko‘rinishlar”
nomli
hisobot tayyorlang.
8. Nazorat savollariga javob berib, laboratoriya ishini himoya qiling.
Nazariy ma’lumotlar
SQL da ko‘rinishlar (view) – jadvaldagi ma’lumotlarni ifodalovchi
ma’lumotlar bazasining obyekti hisobanadi. Ko‘rinishlarni virtual jadvallar
deb ham atash mumkin.
Ko‘rinishlarni quyidagi hollarda qo‘llash mumkin:
Jadvalning barcha satrlarini va maydonlarini ko‘rsatish,
biroq ayni
paytda tegishli jadvalning haqiqiy nomini yashirish. Misol uchun,
STUDENTS jadvalidagi barcha talaba yozuvlarini ifodalovchi STUD nomli
ko‘rinishni yaratishingiz mumkin;
Jadvalning yozuv yoki maydonlaridagi ma’lumotlarning biror qismini
ko‘rsatish orqali ma’lum jadvalning ma’lumotlarini himoya qilish. Masalan,
Iqtisodiyot fakultetida tahsil olayotgan
talabalar uchun STUDENTS
jadvalining faqat LASTNAME, FIRSTNAME
va PHONE maydonlarini
ko‘rsatadigan STUD_CA deb nomlangan ko‘rinish yaratishingiz mumkin;
Ilova yaratish jarayonini soddalashtirish. Bir nechta jadvallarni
bog‘lash natijasida bitta ko‘rinishga murojaat qilib ishlash imkoniyati. Misol
uchun, STUD_STIPENDIA ko‘rinishini
yaratishingiz mumkin, unda
STUDENTLAR va STIPENDIA jadval yozuvlari birlashtirilgan bo‘lishi
mumkin;
Jadvallarda
aslida
saqlanmagan
ma’lumotlarni
ifodalash
(hisoblanuvchi maydonlar). Misol uchun,
STIPENDIA jadvalining
ko‘rinishini barcha yozuvlarning qiymatlari yig‘indisi hisoblangan TOTAL
maydonidan yaratishingiz mumkin.
Yuqoridagilarga ko‘ra, ko‘rinishlar bazaviy jadvallardan ma’lumotlarni
mos shaklda ko‘rsatishning moslashuvchan usuli hisoblanadi.