miniEHM lar egallay boshladi. Mini EHM larning o’rniga 80-yillarning
o’rtalariga kelib hisoblash quvvatlari va imkoniyatlari uzluksiz ortib borayotgan
personal kompyuterlar (PK) qo’llanila boshlandi. Elektron sxemalarning tahlili
bo’yicha PK larning dasturiy ta`minoti faqat hisoblashlarning algoritmlari va
sonli tahlil usullarini rivojlantirish yo’nalishidagina emas, balki har xil turdagi
sxemalar (analogli, raqamli, raqamli-analog, impuls va boshqalar) bilan tajribalar
o’tkazish uchun virtual muhitni yaratish imkoniyatini beruvchi foydalanuvchi
uchun qulay interfeysni yaratish yo’nalishida ham rivojlandi.
2.1.-rasm. Multisim dasturiy ta’minoti ishchi oynasi.
Alohida ta`kidlash kerakki, Shaxsiy kompyuterning foydalanuvchi interfeysini
yaratish sohasidagi yutuqlar shu darajada ta`sirliki, ular sxemalarni tadqiq
qilishga bo’lgan uslubiy qarashning keskin o’zgarishiga olib keldi. Personal
kompyuterdan foydalanish an`anaviy o’quv laboratoriyalariga alternativ - virtual
laboratoriyalarning yaratilishiga olib keldi. Virtual laboratoriya, umuman
olganda, tadqiqotchining real laboratoriyadagi harakatlarini (ishini) imitatsiya
qiluvchi interfeysga ega bo’lgan sonli hisoblash dasturidir. Yuqori tezkorlik va
katta hajmdagi xotiraga ega bo’lgan zamonaviy shaxsiy kompyuterlarda
hisoblashlarning sonli usullari yordamida murakkab modellarni ham aniqligi real
ob`ektlarda o’tkaziladigan tajribalarda olinadigan natijalarning aniqligidan
qolishmaydigan aniqlikda tadqiq qilish mumkin.
Elektrotexnika va elektronikani o’rganish jarayoni sxemalarni tahlil va tadqiq
qilish bilan bog`liq. Ushbu jarayonni kompyuter maksimal darajada
engillashtirishi kerak. Virtual muhit kompyuterda elektr va elektron sxemalar
ustida tajribalar o’tkazish uchun etarli sharoitlar yaratilgan laboratoriyani amalga
oshirishi va olinadigan natijalarning aniqligi real sharoitlarda olinadigan natijalar
aniqligidan qolishmasligi kerak.
Modellash real jarayonga maksimal darajadi yaqinlashtirilgan bo’lishi, ya`ni,
sxemani tuzish, unga o’lchash asboblari va ostsillografni ulash, sxema
elementlarining parametrlarini hamda ishlash rejimlarini o’rnatish va natijalarni
olish jarayonlarini o’z ichiga olishi kerak. Foydalanuvchiga bunday
imkoniyatlarni beruvchi dasturlardan biri ElectronicsWorkbench dasturi –
kompyuterda virtual elektron laboratoriya bo’lib hisoblanadi. Unga asos qilib
professional modellash dasturi PSPICE olingan bo’lishiga qaramasdan