• Tushuntiruvchi-namoyish etuvchi
  • Muammoli o’qitishda
  • Uchinchi bosqich
  • Guruh: pp-105 Bajardi: Dushayeva Sh. A




    Download 176,15 Kb.
    bet3/11
    Sana24.01.2024
    Hajmi176,15 Kb.
    #144502
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Ta\'limni tashkil etish shakllari va turlari

    tushuntiruvchi-namoyish etuvchi ta’lim. Bu an’anaviy yoki axborot beruvchi ta’lim deb ataladi;
  • muammoli o’qitish;


  • dasturlashtirilgan ta’lim yoki kompyuterli o’qitish.

    Bugungi kunda o’rta asrda keng qo’llanilgan ta’lim turlari dogmatik va sholastik o’qitish elementlari ham saqlanib kelinmoqda.
    Tushuntiruvchi-namoyish etuvchi ta’lim turi. Uning asosiy metodi ko’rgazmalilik asosida tushuntirishdan iborat bo’lib, uning asosini tinglash va eslab qolish tashkil etadi. Bu ta’lim turi vaqtni tejash, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning vaqtini tejash, qiyin bilimlarni tushunishini osonlashtirish, ta’lim jarayonini optimal boshqarishni ta’minlaydi. Biroq bu ta’lim turida ayrim kamchiliklar mavjud, ya’ni, “tayyor” bilimlarni berish va ta’lim oluvchilarni bilimlarini o’zlashtirishida mustaqil hamda mahsuldor fikrlashdan ozod etish, o’quv jarayonini individuallashtirish va differentsiyallashtirish imkoniyatlarining kamligi.
    Muammoli o’qitishda o’quv muammolarini hal etish jarayonida bilimlarni mustaqil egallash, ta’lim oluvchilarning ijodiy fikrlashlari va idrok etish faoliyatlarini rivojlantirish yo’li bilan ta’lim tashkil etiladi. Bundagi ta’lim texnologiyasi turli tumanligi bilan ajralib turmaydi, chunki ta’lim oluvchilarni faol ishtirok etish faoliyatiga jalb etish bir necha bosqichlardan iborat bo’ladi. Ular ketma-ket tartibda va kompleks amalga oshirilishi kerak. Bunday o’qitishda muammoli vaziyatni yaratish muhim bosqich hisoblanadi, chunki mazkur jarayonda fikrlash jarayonida qiyinchilik his qilinadi.
    Muammoli o’qitishda muammoni ilgari surish dastlabki bosqich hisoblanadi. Muammoni hal etishning keyingi bosqichida ta’lim oluvchilar berilayotgan savol bo’yicha mavjud muammoni aniqlaydilar, tahlil qiladilar, javob topish uchun ularning etarli emasligini aniqlaydilar va etishmayotgan axborotni topishga intiladilar. Uchinchi bosqich muammoni yechish uchun zarur bo’lgan bilimlarni turli usullar bilan egallashga qaratilgan faoliyat bo’lib, u ta’lim oluvchida mustaqil fikr shakllanishi orqali aniqlanadi. Shundan keyin muammoni hal etish, olingan natijalarni tekshirish, dastlabki gipoteza bilan solishtirish, egallangan bilimlar, malakalarni tizimlashtirish va umumlashtirish jarayonlari amalga oshiriladi.
    Muammoli topshiriqlar savollar, o’quv masalalari, amaliy

    vaziyatlardan iborat bo’lishi mumkin. Muammoli savolda javoblar izlash turli variantlarda bo’lishi mumkin.
    Muammoli masala esa uni yechish yo’llarini mustaqil izlashga intilishni yuzaga keltiruvchi o’quv-o’rganish topshirig’idir. Muammoli masala asosini mavjud bilimlar o’rtasidagi qarama- qarshiliklar tashkil etadi.
    O’qish jarayonida muammoli vaziyat sub’ekt (ta’lim oluvchi) o’zi uchun qiyin bo’lgan masalani yechishga qiziqishi, ammo unga ma’lumotlar yetishmasligi va uning o’zi ularni izlab topishi zarurligini ko’zda tutiladi.

    Download 176,15 Kb.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 176,15 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Guruh: pp-105 Bajardi: Dushayeva Sh. A

    Download 176,15 Kb.