5-topshiriq.
Said Ahmad va Saida Zunnunova ijodiy faoliyati xronologik jadvalini
tuzing.
Nazorat savollari
1.
Nutq uslublari necha turga bo‘linadi?
2.
Badiiy uslubga xos bo‘lgan xususiyatlarni aytib bering.
3.
Badiiy tasvir vositalari – bu ….
4.
Ilmiy uslubning boshqa uslublardan farqi.
5.
Rasmiy-isoraviy uslubda nimalar yoziladi?
6.
Publitsistik uslub deganda nimani tushunasiz?
103
11-mavzu.
Annotatsiya yozish
Nazariy ma’lumot.
Annotatsiya
- badiiy, ilmiy, metodik asarlarning muallifi, mavzusi,
manbasi, unda ko‘tarilgan asosiy masalani ko‘rsatishga qaratilgan qisqa xabardir.
Annotatsiya o‘zining kamso‘zligi, hajm jihatidan nihoyatda kichikligi bilan
bayonning boshqa turlaridan ajralib turadi. Batafsil yozilgan annotatsiya
quyidagi savollarga javob bera olishi lozim.
Annotatsiya - kitob, maqola, matn mazmunining yozma shaklda qisqacha
bayoni. Annotatsiya - bu ikkinchi darajali matn bo‘lib, uning o‘rtacha hajmi
bibliografik tavsifisiz 40-50 so‘zlardan iborat. Annotatsiyaning har bir ma’noli qismi
til klishelari yordamida amalga oshiriladi.
Annotatsiyaning mohiyati va maqsadi axborot manbaining qisqacha tavsifini
beradi va ilmiy matnda aytilganidek, savolga javob beradi. Annotatsiyadagi
nutqning asosiy turi - bu ta’rifdir. Annotatsiya ilmiy matnning mazmuni haqida eng
umumiy fikrni beradi va shu bilan kerakli ma’lumotlarni topish va tanlashda
yordam beradi.
Matn annotatsiyasining to‘liq tuzilishi:
1. Asosiy matnning bibliografik tavsifi.
2. Asosiy matn mazmunining qisqacha bayoni.
3. Matn qabul qiluvchisi (adresati).
Annotatsiyaning birinchi tarkibiy komponenti - bibliografik tavsif - matn
muallifining ko‘rsatmasi bilan boshlanadi.
|