207
3. Oraliq bo‘g‘inlarni tugatish. Birgalikda harakatlanish qobiliyatining
rivojlanishi axborot mahsulotlari almashish jarayonining takomillashuviga,
so‘ngra, axborot manbai yo‘lidan iste’molchiga qarab oraliq bo‘g‘inlar tugatiladi.
4. Globallashtirish. Tashkilot yo‘ldosh aloqa va Internet tarmog‘ida
foydalanib axborot texnologiyalari yordamida xohlagan joyda va xohlagan paytda
ish olib borish mumkin.
5. Konvergensiya (uyg’unlashish). Konvergensiya AATning zamonaviy
rivojlanish jarayonining oxirgi bosqichi sifatida ko‘rib chiqiladi. Bunda
mahsulotlar va xizmatlar, axborot va dam olish, shuningdek, ovozli, raqamli
hamda videosignallarni uzatish kabi ish rejimlari o‘rtisidagi farq yo‘qoladi.
Matn yuzasidan topshiriqlar:
1. Matnni o‘qing.
2. Matndan tayanch so‘zlarni aniqlab, ko‘chirib yozing.
3. Matnga taqriz yozing.