• VII- A guruhcha elementlariga umumiy tavsifnoma
  • 1. Ftorni birikmalari va xossalari
  • Galogenlar va ular birikmalarining qo‘llanilishi




    Download 94,54 Kb.
    bet1/5
    Sana01.02.2024
    Hajmi94,54 Kb.
    #150111
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Galogenlar va ular birikmalarining qo‘llanilishi

    Galogenlar va ular birikmalarining qo‘llanilishi


    Reja:

    1. Ftorni birikmalari va xossalari
    2. Xlorni tabiatda uchrashi, olinishi va xossalari
    3. Xlorning vodorodli va kislorodli birikmalari
    4. Brom va Iod


    VII- A guruhcha elementlariga umumiy tavsifnoma

    Ftor, xlor, brom, iod va astat (VII)- A guruhcha elementlarini tashkil etadi, bularni galogenlar (grekcha tuz hosil qiluvchilar) deyiladi. Galogen so’zini tipik tuzlar ftoridlar, xloridlar, bromidlar va iodidlar hosil qilgani uchun berilgan. Galogenlarni tashqi energetik pog’onasida ns2np5 elektronlar, ya'ni 7 tadan elektron bo’ladi. Qavat to’lishiga bitta elektron yetishmaydi, shuning uchun ftor, xlor, brom va iod kuchli oksidlovchilardir. Galogenlar 1ta elektron biriktirib ns2np6 elektron tuzilishga ega bo’ladilar. Shuning uchun galogenlar tipik metallmaslardir. Ftordan astatga tomon atom radiuslarini ortishi bilan, galogenlarni elektronga moyilligi kamayib boradi, shuning uchun iod va astat elementlarida metallik xossalari namoyon bo’ladi. Ftor o’zining birikmalarida faqat –1 oksidlanish darajasini namoyon qila oladi, chunki uning nisbiy elektromanfiyligi juda katta bo’lishi tufayli o’z elektronini boshqa elementlarga bermaydi. Qolgan galogenlar esa –1, +1, +3, +5, +7 oksidlanish darajalarini namoyon qiladilar. Oddiy sharoitda galogenlar ikki atomdan tashkil topgan molekula holida bo’ladilar.
    1. Ftorni birikmalari va xossalari

    Ftorni shvetsiyalik olim Sheele va frantsiyalik A. Muassan kashf etgan. Tabiiy ftor 919F izotopi holida bo’ladi. Uning uchta sun’iy izotoplari olingan. Litosferani 0,066%-ni ftor tashkil etadi. Ftorni kimyoviy faolligi yuqori bo’lgani uchun, tabiatda faqatgina metallar bilan hosil qilgan birikmalari uchraydi. Ftorni tabiatda eng ko’p uchraydigan minerallari: kalsiy flyuorit- CaF2, kriolit Na3AlF6 va ftorappatitlar Ca3(PO4)2·CaF2 dir. Odatdagi sharoitda ftor yashil-sariq rangli zaharli gazdir, tq=–188,20C, tc=–2180C. 1l suvda 0,8 mg ftor bo’ladi. O’simliklardan piyozda ftor eng ko’p miqdorda uchraydi. Ftor suyak va tish emalining tarkibiga kiradi. Ftorni olish uchun ozgina LiF qo’shilgan KF·2HF aralashmasining suyuqlanmasini 1000C da po’latdan yasalgan elektrolizyorda grafit anodli qismida olinadi. Ftor hamma metallar bilan va ko’pchilik metallmaslar bilan odatdagi sharoitda reaksiyaga kirishadi. Bu reaksiyalarda ko’p miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Masalan:
    2Al + 3F2 = 2AlF3 + 2989 кДж
    2Fe+ F2 = 2FeF3 +1974 кДж
    H2 + 3F2 = 2HF + 547 кДж
    Si + F2 = SiF4 +1615кДж
    Ftor o’zidan keyin turgan galogenlarni tuzlaridan siqib chiqaradi:
    F2 + 2NaCl = 2NaF + Cl2
    F2 + 2NaBr = 2NaF + Br2
    F2 + 2NaJ = 2NaF + J2 Ftor atmosferasida hatto suv va qum ham yonadi:
    2H2O + 2F2 = 4HF +O2 ёки 3F2 + 3H2O = F2O ↑+4HF + H2O2
    SiO2 + 2F2 = SiF4 +O2
    qizdirilganda inert gazlar bilan ham reaksiyaga kirishadi:

    Download 94,54 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 94,54 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Galogenlar va ular birikmalarining qo‘llanilishi

    Download 94,54 Kb.