• Tayanch tushunchalar
  • Firmaning turlari va ularni o’rganish uslubiyati




    Download 18,59 Kb.
    bet1/3
    Sana24.03.2017
    Hajmi18,59 Kb.
    #1620
      1   2   3

    Firmaning turlari va ularni o’rganish uslubiyati
    REJA:

    1. Firmalarning klassifikasiyasi.

    2. Firmani o’rganish uslubi.
      Uslub - tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda birbirlaridan maʼlum darajada farq qiladilar.



    Tayanch tushunchalar: xo’jalik faoliyatning harakteri va turi, sanoat

    firmasi, savdo firmasi, kommandit o’rtoqlik, sindikat, qartel, moliyaviy guruhlar, firma balansi.
    Har hil prinsiplarga asoslangan firmalarning klassifikasiyasi asosida, aniq bir firmani o’rganish natijasida uning tashkiliy qonuniylik sharoiti, harakteri va faoliyatining kengligi, jahon bozoridagi o’rni haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lamiz. Ko’rinishi va xo’jalik faoliyatining harakteriga asosan firmalar quyidagi turlarga bo’linadi:

    - sanoat;

    - savdo;

    - transport;

    - sugurta;

    - transport–ekspeditorlik;

    - turistik;

    - arenda.

    Sanoat firmalarning faoliyati mahsulot chiqarishga asoslangan.
    Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.
    Firma oborotining 50% dan ziyoti sanoat mahsuloti ishlab chiqarishga to’g’ri kelsa, unda ushbu firma sanoat firmasi hisoblanadi. Yirik firmalarning hal qiluvchi roli shundaki, ular nafaqat ishlab chiqarishda va tijorat eksportida xukmronlik qiladi, bundan tashqari ular patent va lisenziyalarni sotishda hamda texnika xizmatlarini berishda ham xukmronlik qiladi.
    Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui.


    Savdo firmalari asosan tovarlarni oldi – sotdi operasiyalari bilan shug’ullanadi. Ular yuridik mustaqil bo’lib faoliyat ko’rsatishlari mumkin yoki yirik sanoat firmalarning tizimida ham faoliyat ko’rsatishi mumkin. Firmalar qisqa yo’nalishli yoki keng yo’nalishli bo’lishi mumkin. Savdo firmalar orasida yirik monopolistik birlashmalar mavjud. Ular ayrim mamlakatlarning tashqi savdo oborotida va jahon bozorida ba’zi bir tovarlarning savdosida xukmronlik qiladi. Bu tovarlarga asosan shakar, rangli metall, don, kauchuk, paxta, teri, taxta va boshqalar kiradi. Lekin, ba’zi bir savdo firmalari savdo qilish bilan birga ishlab chiqarish bilan ham shug’ullanadi.
    Metallar (yun. metalleuo - qaziyman, yerdan qazib olaman) - oddiy sharoitda yuqori elektr oʻtkazuvchanligi, issiq oʻtkazuvchanligi, elektr oʻtkazuvchanligi, elektr magnit toʻlqinlarini yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan oddiy moddalar. M.
    Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
    Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.


    Transport firmalari passajirlarni va yuklarni halqaro miqyosda tashish bilan shug’ullanadi. Bu firmalar 4 qismga bo’linadi: aviasiya, dengiz, temir yul, avtomobil.

    Havo transporti keng rivojlangandan keyin aviakompaniyalarning yuk tashish bo’yicha faoliyati rivojlanib ketdi.

    Masalan, AQShning 5ta yirik aviakompaniyalarning ulushi mamlakat ichida havoda yuk tashish hajmining 2/3 qismini tashkil etadi, jahonda esa 1/3 qismini tashkil etadi.

    Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh, ingl. United States of America) - Shimoliy Amerikadagi mamlakat. Poytaxti - Vashington shahri, BMT aʼzosi. Amerika Qoʻshma Shtatlari Sharqdan Atlantika, gʻarbdan Tinch okeani, janubi-sharqdan Meksika qoʻltigʻi bilan oʻralgan.


    Sug’urta firmalarning jahon bozoridagi roli juda kattadir. Ular asosan yuklarni xalqaro yuk tashish bo’yicha sug’urta qiladi. Sug’urta operasiyalarning asosiy qismi yirik sug’urta kompaniyalarning qo’lidadir.

    Transport – ekspeditorlik firmalari asosan sanoat, savdo va boshqa firmalarning buyurtmasiga binoan tovarlarni yetkazib berish bilan shug’ullanadi. Bu firmalarning funksiyalari turlichadir. Bular tovarlarning upakovkasi va tarasining holatini, markirovkasini va xujjatlarning to’g’riligini, yuk tashish to’lovlarini tekshiradi va ta’minlaydi. Bundan tashqari yukni ortish, tushirish, saqlash, sug’urta qilish, yuk yetib kelganligi haqida haridorlarga xabar berish, bojxona xizmatidan foydalanish va boshqa ishlar bilan shug’ullanadi. Chet mamlakatlarda xamma firmalar o’zining xuquqiy holatiga ko’ra 2 turga bo’linadi:

    - xususiy korxonaga;

    - tadbirkorlar birlashmasiga;

    Xususiy korxona bir kishining yoki oilaning mulki hisoblanadi. Xususiy korxonalar savdo reyestorida mustakil korxona deb yoki shu tadbirkorga qarashli biron bir boshqa korxonaning filiali deb qayd etiladi. Korxonani boshqarish bilan uning egasi shug’ullanadi yoki shunday huquq berilgan menejer shug’ullanadi. Odatda xususiy korxonalarga mayda va o’rtacha firmalar kiradi. Lekin, juda katta oilaviy xususiy firmalar va kompaniyalar mavjud.

    Hozirgi zamonda tadbirkorlar uyushmasining ahamiyati juda katta. Chet mamlakatlarda tadbirkorlar uyushmasining yagona klassifikasiyasi mavjud emas. Ular asosan mulkga va kapitalga qarab taqsimlanadi. Ko’p mamlakatlarda tadbirkorlik uyushmasining turlari quyidagicha:



    - to’liq o’rtoqlik;

    - kommandit o’rtoqlik;

    - mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ);

    - aksiyadorlar jamiyati.

    O’rtoqlik bu shaxslarning birlashmasi, jamiyat esa kapitallarning birlashmasidir.

    To’liq o’rtoqlik bu foyda olish maqsadida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan ikki va undan ko’prok shaxslarning birlashmasidir.

    Birlashmaning umumiy zarari va foydasi shu shaxslarga proporsional ravishda taqsimlanadi. Ular o’z faoliyatining (xo’jalik va moliyaviy) natijalarini keng ommaga e’lon qilishi shart emas.

    O’rtoqlik a’zolarining soni chegaralanmagan. Agar uning bir a’zosi a’zolikdan chiqmoqchi bo’lsa, to’liq o’rtoqlik tarqatilishi mumkin. Odatda bir a’zo o’zining ulushini boshqa a’zolarning roziligisiz yangi a’zoga sotishi mumkin emas. Agar yangi a’zo qabul qilinsa, o’rtoqlikni tuzish haqida yangi shartnoma tuziladi. Shu o’rtoqlikning ishlarini olib borish xamma a’zolarning zimmasiga tushadi. Lekin, nizom asosida yoki ishtirokchilarning kelishuvi asosida ish yuritish bir yoki bir necha kishilarga yuklatiladi.

    Kommandit o’rtoqlik bu ikki va undan ko’prok shaxslarning birlashmasidan iborat bulib, bunda ba’zi birlari (to’liq o’rtoqlik) birlashma oldida o’zining vkladlari va mulki bilan javobgar, ba’zi birlari esa (kommanditistlar, vkladchiklar) faqat o’zlarining vkladlari bilan javobgar. O’rtoqlikning vakili sifatida harakat qilish va o’rtoqlik nomidan har hil ishlarni bajarish faqat to’liq a’zolarga yuklatiladi.

    Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.
    Kommandit o’rtoqlik keng omma oldida hisobot berishi majbur emas.

    MChJ – kapitallarni birlashtiruvchi jamiyatdir. Jamiyat a’zolari fakat o’zlarining vkladlari buyicha javobgarlidir. Ushbu jamiyatning kapitali ishtirokchilarning ulushi, ya’ni jamiyat a’zolarining «payidan» iborat. Pay, o’zining egasiga paychilarning umumiy majlisiga qatnashish, dividentlar olish va mabodo kompaniya tarqatilsa, uning mulkining bir qismini olishi mumkin. Odatda, bu jamiyat a’zolari uncha ko’p bo’lmaydi, bir birini juda yaxshi taniydi yoki bir biri bilan qarindosh bo’ladi. Bu jamiyatni boshqarish bir necha kishiga yuklatilishi mumkin. Ular jamiyatning a’zosi bo’lishi mumkin va bo’lmasligi ham mumkin. Ular ham keng ommaga hisobot berishi majbur emas.

    Aksiyadorlar jamiyati – aksiya chiqarish orqali kapitallarni birlashtiradigan jamiyatdir. Aksiya muhim hujjat hisoblanadi va u bir kishidan ikkinchi kishiga bemalol o’tishi mumkin. Jamiyatning majburiyati buyicha hissador-aksiyadorning javobgarligi faqat aksiyalar uchun to’langan mablag’ bilan belgilanadi. Jamiyatning faoliyatini boshqarish va vakolatlik firma boshqaruvining a’zosi bo’lgan 1-ta yoki bir nechta boshqaruvchiga yuklatiladi. Raxbarlar o’z xarakatlari uchun, firmaga keltirilgan zarar uchun o’zlarining mulki bilan javobgardirlar. Aksiyadorlik jamiyati o’zining yillik hisobotini yil oxirida e’lon qiladi. Jamiyatning nizomi jamiyat ta’sischilari tomonidan ishlab chiqiladi va davlat tomonidan tasdiqlanadi. Nizomda aksiyalar chiqarilishining maksimal summasi, ya’ni nizomli kapitali va aksiyalarning nominal narxi qayd etiladi.

    O’zaro Hamkorlik (YeS) davlatlari o’rtasida firmalarning huquqiy holatlari bo’yicha yagona klassifikasiya ishlab chiqilgan. Bu klassifikasiya asosida 2 hil kompaniyalar mavjud: ommaviy va xususiy turdagi kompaniyalar. Ommaviy turdagi kompaniya o’zining huquqiy holati bo’yicha aksiyadorlik jamiyatga mos keladi. Xususiy kompaniya esa Mas’uliyati Cheklangan Jamiyatga (MChJ) mos keladi. Mulkining harakteriga ko’ra firma quyidagi turlarga bo’linadi:



    - xususiy;

    - davlat;

    - kooperativ.

    Jahonda o’zining maqsadiga binoan ishtirokchilar orasidagi munosabatlarga ko’ra, mustaqillik darajasiga ko’ra birlashmalarning bir necha turlari mavjud, bu kartellar, sindikatlar, trestlar, konsernlar, pullar, sanoat xoldinglari, moliyaviy guruxlar.

    Kartel – bu bir tarmoq yo’nalishidagi firmalar birlashmasi, ularning o’zaro kelishuvi - savdoni boshqarish. Lekin, ular orasida yashirincha faoliyat ko’rsatadiganlari bor, chunki ular qonunga hilof ravishda faoliyat ko’rsatishadi.

    Sindikat - firmalar mahsulotlarini sotish maqsadida yagona tashkil qilingan aksiyador jamiyat yoki mas’uliyati cheklangan jamiyat ko’rinishidagi tashkilot. Sindikatlar kon metallurgiya, ximiya tarmoqlarida ko’p tarqalgan.

    Metallurgiya (yun. metallurgeo -yerdan qazib chiqaraman) - rudalardan yoki tarkibida metall boʻlgan moddalardan metallar ajratib olish va metall qotishmalarga tegishli xossalar "berish" haqidagi fan; sanoat tarmogʻi.
    Ular odatda sindikat katnashchilari, ya’ni firmalar uchun hom ashyo sotib olish uchun ham xizmat qiladi.

    Pullar – kartel turdagi birlashmalarga o’xshashdir. Pul bu tadbirkorlar birlashmasi bo’lib, ular daromadining taqsimlanishi quyidagicha: foyda oldin umumiy qozonga tushadi va oldindan kelishilgan asosda (proporsiyada) taqsimlanadi.

    Trest – bu o’zining yuridik va xo’jalik mustaqilligini yo’qotgan holda, har hil tadbirkorlarga qarashli bo’lgan korxonalar birlashmasi bo’lib, yagona ishlab chiqarish majmuani tashkil qiladi. Trestning boshqa birlashmalardan farqi shundaki, bunda ishlab chiqarish faoliyatining bir turliligi, ya’ni bir yoki bir nechta mahsulot chiqarish bilan chegaralangan. Shu trestga har xil tarmoqlarning korxonalari birlashishi mumkin. Ular o’z hissasini ketma-ket qo’shishi mumkin.

    Pay - biriktiruvchi toʻqimadan iborat pishiq tuzilma. Shakli va uzunligi (lenta yoki plastinka) har xil; muskullar P. yordamida suyaklarga birikadi. P.ning pishiq yoki choʻziluvchanligi, qayishqokligi u paydo boʻlgan biriktiruvchi toʻqimaga bogʻliq. P.

    Konsern – bu mustaqil korxonalarning birlashmasidir. Konsernga birlashgan korxonalar aksiyador jamiyat shaklida yuridik shaxs sifatida saqlanadi. Ular o’zaro ishlab chiqarish hamkorligi bo’yicha, patent-lisenziya kelishuvlari bo’yicha, moliyalashtirish bo’yicha birlashishi mumkin.

    Sanoat xoldingi – bu bir necha kompaniyalar va korxonalarning faoliyatini nazorat qiladigan va ishlab chiqarish bilan shug’ullanmaydigan tashkilot. Bu tashkilotga kirgan korxonalar xuquqiy va xo’jalik mustaqildir. Ular o’z nomidan har xil tijorat kelishuvlarini amalga oshirishadi. Lekin faoliyatlarining asosiy masalalarini hal qilish sanoat xoldinglariga tegishli.

    Moliyaviy guruhlar – bu turli tarmoqlarga (sanoat, savdo, transport, kredit va h.k.) taaluqli bo’lgan, huquqiy va xo’jaligi mustaqil bo’lgan, , korxonalarni birlashtiradigan tashkilotlar. Bu tashkilot boshida bitta yoki bir nechta banklar turadi. Ular shu korxonalarning moliyaviy va boshqa kapitallarini boshqaradi.

    Firmalarni o’rganish uslubi.

    O’rganilayotgan firmalar odatda 3 guruhga bo’linadi: harakat qilayotgan kliyentura (kontragentlar); taxmin qilinayotgan (potensial) kliyentura; raqib firmalar. Har bir kiziqtirayotgan firma EHMning ma’lumotlar bazasiga (roster) yoki kartotekaning tegishli bo’limiga kiritiladi. Har bir qiziqtiradigan firmalar bo’yicha quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

    - Firma haqidagi umumiy ma’lumotlar: firmaning nomi, manzili, ro’yxatga olgan mamlakat, qayd etish raqami, teleks yoki telefaks nomeri.

    - Firmaning iqtisodiy va moliyaviy holatini xarakterlaydigan ko’rsatkichlar: aksiyador kapitalning, aktivlarning, sotuvlarning o’lchovi; band bo’lganlar soni; o’z mamlakatida ilg’or kompaniyalar orasida egallab turgan o’rni va dunyodagi yirik kompaniyalar orasidagi o’rni.

    - Firma xo’jalik faoliyatining turi: sanoat; savdo; transport-ekspeditorlik; injiniringli va h.k.

    - Firma mulkining xarakteri: xususiy; davlat; yarimdavlat; kooperativ.

    - Firmaning huquqiy holati: aksiyador jamiyat; korporasiya (AQSh); ommaviy kompaniya; mas’uliyati cheklangan jamiyat; xususiy kompaniya; to’liq o’rtoqlik; kommandit o’rtoqlik; shaxsiy firma.

    - Kapital va nazorat bo’yicha firmani taaluqligi: milliy; xorijiy; aralash.

    - Firmani tashkillanish tarixi va rivojlanish xususiyatlari: tashkil etilgan yili; asosiy birlashuvlar, qamrab olishlar; nomini o’zgarishlari.

    - Firma kiradigan birlashmaning turi va unda firmaning holati: asosiy kompaniya (materinskaya kompaniya); filial; qizlik kompaniya (dochernyaya); assosiasiyali kompaniya.



    • Ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot nomenklaturasi:

    asosiy tovarlar yoki tovarlar guruhi; mutaxassislik yo’nalishi; eksport va import nomenklaturasi.

    - Muhim ishlab chiqariladigan mahsulotlar bo’yicha firmani dunyo bozoridagi o’rni: asosiy tovarlarni milliy (dunyo bo’yicha) ishlab chiqarish (sotish)da firmaning (udelnыy ves); mamlakatning eksporti va importidagi ulushi.

    - Firma tashqi iqtisodiy faoliyatining ahamiyati va xarakteri: xorijdagi qizlik kompaniyalarning soni, shu jumladan ishlab chiqaruvchi, ularning joylashishi, faoliyat turi; firmaning (butunlay va muhim mahsulotlari bo’yicha) faoliyatida ishlab chiqaruvchi mamlakatdan eksportning ahamiyati (ulushi); firma faoliyatida import operasiyalarning ahamiyati, ularni geografik yo’nalganligi.

    - Firmaning ishlab chiqarish va moddiy-texnik bazasi: ishlab chiqarish korxonalarning soni, joylashishi va ularning quvvati; sotuv korxonalarining, skladlarning va texnik xizmat ko’rsatish stansiyalarning soni, ularning joylashishi.

    - Chiqariladigan yoki sotiladigan mahsulotlarning asosiy turlari bo’yicha muhim firmalar-kontragentlar va raqib firmalar.

    - Boshqa firmalar bilan ishlab chiqarish-texnik va boshqa xo’jalik aloqalar (firmalarning nomlari, aloqa shakllari ko’rsatiladi).



    - Firma boshqaruv apparatining tarkibi: direktorlar kengashi va boshqarmaning sonli tarkibi; ishlab chiqarish bo’limlarning nomlari, ularga biriktirilgan mahsulot nomenklaturasi, xo’jalik mustaqillik va javobgarlik darajasi.

    • Aksiyador kapital: mulkdorlar orasida aksiyalarni taqsimlash;

    aksiyalarning asosiy paketi, ularning taaluqliligi va egalari.

    - Firmani banklar bilan aloqasi va bu aloqalarning xarakteri.

    Download 18,59 Kb.
      1   2   3




    Download 18,59 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Firmaning turlari va ularni o’rganish uslubiyati

    Download 18,59 Kb.