• Biogaz olish uchun hom ashyo
  • Farmatsevtik biotexnologiya




    Download 4,16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet99/134
    Sana07.06.2024
    Hajmi4,16 Mb.
    #261246
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   134
    Bog'liq
    biotex

    Biogaz tarkibi va sifati 


    116 
    Biogaz 50-87% metan, 13-50% CO
    2
    , H
    2
     va H
    2
    S lardan tashkil topgan. Biogaz CO
    2
    dan 
    tozalangandan keyin biometan olinadi. Biometan tabiiy gaz bilan bir hil, faqatgina ikkalasining 
    hosil bo'lish sabablari har hil. 
    Biogazning asosiy qismini metan tashkil etgani uchun gazning sifati, unumi va miqdori 
    tavsiflanayotganda bu ko'rsatkichlar metanga nisbatan olinadi. Gazlarning hajmi temperatura va 
    bosimga bog'liq. Yuqori temperaturada gazlar kengayadi, issiqlik berish darajasi (kaloriyasi) esa 
    aksincha kamayadi. Namlik ko'p bo'lsa ham gazning issiqlik berish darajasi kamayadi. 
    Gazlarning chiqish unumi o'zaro taqqoslanganda temperatura 0°C, atmosfera bosimi 1,01325 
    bar, nisbiy namlikni 0% deb qabul qilish zarur. Biogaz ishlab chiqarishda o'lchov birligi sifatida 
    1kg quruq organik moddaga nisbatan litr (l) yoki metr kub (m
    3
    ) qabul qilingan.
    Biogaz olish uchun hom ashyo 
    Biogaz ishlab chiqarish uchun ishlatish mumkin bo'lgan organik chiqindilar ro'yhati: 

    qoramol go'ngi; 

    parranda go'ngi; 

    spirt ishlab chiqarishdan so'ng hosil bo'lgan donli yoki melassa
    21
    li barda; 

    pivo sanoati chiqindisi (arpaning qoldiqlari); 

    shakar olishda ishlatilgan qand lavlagi qoldilqari; 

    turli najosatlar; 

    baliq sehlari va qushhonalar chiqindilari; 

    o'tlar, ko'katlar; 

    maishiy chiqindilar

    sutni qayta ishlash zavodi chiqindilari (sut zardobi); 

    biodizel' sanoati chiqindilari; 

    sharbat sanoati chiqindilari; 

    suv o'tlari; 

    krahmal sanoati chiqindilari; 

    kartoshkani qayta ishlashdan keyin hosil bo'lgan chiqindilar; 

    chips ishlab chiqarish chiqindilari; 

    kofe sanoati chiqindilari
    Biogaz faqat chiqindilardan emas, balki mahsus o'stirilgan o'simliklardan ham olinadi. 
    Masalan, makkajo'hori, sil'fiy
    22
    , suv o'tlari. Bu kul'turalarning har bir tonnasidan 300 m
    3
    gacha 
    biogaz olish mumkin. Biogazning chiqish unumi hom ashyo turiga va hom ashyodagi quruq 
    moddaning miqdoriga bog'liq. Yirik shohli qoramolning 1 tonna go'ngidan 50-65 m
    3
    (uning 60% 
    metan), 1 tonna o'simlikdan 150-500 m
    3
    (70% metan) biogaz chiqadi. Biogaz eng ko'p 
    chiqadigan hom ashyo - yog'. 1 tonna yog'dan 1300 m
    3
    (87% metan) biogaz olinadi. Bugungi 
    kunda fermentlar va ul'tra tovushli kavitatorlar
    23
    yordamida hom ashyodan biogazning chiqish 
    unumini oshirish yo'lga qo'yilgan. Shu sababli hozirda eng oddiy biogaz qurilmasida biogazning 
    chiqish unumini 60% dan 95%gacha oshirish imkoni bor. 
    Biogazni hisob-kitob qilish uchun quruq modda (QM, nemischa varianti – TS ya'ni 
    TrockenSubstanz
    ) yoki quruq qoldiq tushunchasi kiritilgan. Chunki biomassadagi suv gaz hosil 
    bo'lishida ishtirok etmaydi. Amalda 1kg quruq moddadan 300dan 500litrgacha biogaz olinadi. 
    Ma'lum bir hom ashyodan qancha biogaz chiqishini bilish uchun tajriba o'tkazish yoki hom 
    ashyodagi yog'lar, uglevodlar, oqsillar miqdorini spravochniklardan aniqlash lozim. Uglevodlar 
    miqdori tekshirilayotganda ular qaysi guruhga mansubligiga ahamiyat berish shart. Masalan, 
    fruktoza, saharoza, krahmal tez parchalanadigan uglevodlarga kiradi. Sellyuloza, gemisellyuloza, 
    lignin kabi uglevodlar qiyin parchalanadigan uglevodlar toifasiga mansubdir. Biomassada 
    qanday moddalar borligi va ularning miqdori aniqlangandan so'ng, hom ashyodan chiqishi 
    mumkin bo'lgan umumiy gazning miqdorini topishni iloji bo'ladi. Avvallari biogaz ko'proq 
    21

    Download 4,16 Mb.
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   134




    Download 4,16 Mb.
    Pdf ko'rish