• ZUHRAXON ABDULLAYEVA Fan
  • Jihozlar: Kompyuter
  • Uy ishini nazorat qilish.
  • 4-slayd Yangi mavzu yuzasidan kichik ma’ruza 5-slayd
  • 6-slayd Kichik guru h larda ishlash 7-slayd
  • 8-slayd 6 daqiqa 7-bosqich Uy ishi 9
  • Jarayon 1-bosqich. Tashkiliy q ism.
  • O’quv suhbati. 3-slayd
  • 3 -bosqich. Yangi mavzuga olib kirish va bayon q ilish. Yangi mavzuga kirish.
  • Yangi mavzu yuzasidan kichik ma’ruza.
  • 4-bosqich. Nazariy ma’lumotlarni mustahkamlash.
  • Shunday bo’lishiga Bunday bo’lishi Odamlarning hozirgi ishonish qiyin mumkin emas turmush tarzi shunga olib keladi
  • Shunday bo’lishiga Bunday bo’lishi Odamlarning hozirgi i shonish q iyin mumkin emas turmush tarzi shunga olib keladi
  • Kichik guruhlarda ishlash.
  • 5-bos q ich. Kichik guruhlar t aqdimot i.
  • Uy ishi. 9-slayd
  • Farg`ona viloyati Qo`shtepa tumani 38-umumiy o`rta ta`lim maktabti




    Download 75,5 Kb.
    bet1/11
    Sana25.03.2017
    Hajmi75,5 Kb.
    #2567
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11


    Farg`ona viloyati

    Qo`shtepa tumani

    38-umumiy o`rta ta`lim maktabti
    8-sinfda geografiya fanidan

    Mashinasozlik istiqbollari”



    mavzusida

    DARS ISHLANMASI

    GEOGRAFIYA FANI O`QITUVCHISI

    ZUHRAXON ABDULLAYEVA

    Fan: Geografiya

    Sinf: 8 2-chorak

    Mavzu: Mashinasozlik istiqbollari

    Dars turi: Yangi ma’lumotlarni o’rganish darsi

    Metodlar: O’quv suhbati, klaster, kichik guruhlarda ishlash

    Vaqt: 45 daqiqa

    Dars maqsadlari: O’quvchilar

    *O’zbekistondagi mashinasozlik tarmoqlari bilan tanishadilar va ularning rivojlanish istiqbollarini bilib oladilar

    *O’zbekiston mashinasozligining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish orqali vatanparvarlik ruhini his etadilar

    *Ma’lumotlarni tahlil qilish hamda guruhlarda hamkorlik malakalarini hamda o’z fikrini asoslab berish ko’nikmalarini rivojlantiradilar


    Jihozlar: Kompyuter, videoproyektor, sinf o’quvchilari soniga ko’ra 1 tadan kartochka(Ilovaga qarang)


    Darsning texnologik haritasi

    Bosqichlar

    Bosqichlar amaliyoti

    Vaqt

    1-bosqich

    Tashkiliy qism

    2 daqiqa

    2-bosqich

    O’rganilgan mavzu yuzasidan uy ishini nazorat qilish hamda nazariy ma’lumotlarni takrorlash va mustahkamlash.

    1. Uy ishini nazorat qilish. 2-slayd

    2. O’quv suhbati. 3-slayd

    8 daqiqa

    3-bosqich

    Yangi mavzuga olib kirish va bayon qilish.

    1. Yangi mavzuga kirish. 4-slayd

    2. Yangi mavzu yuzasidan kichik ma’ruza 5-slayd

    10 daqiqa

    4-bosqich

    Nazariy ma’lumotlarni mustahkamlash

    1. Individual topshiriq. 6-slayd

    2. Kichik guruhlarda ishlash 7-slayd

    10 daqiqa

    5-bosqich

    Kichik guruhlar taqdimoti

    5 daqiqa

    6-bosqich

    Mashg’ulot muhokamasi 8-slayd

    6 daqiqa

    7-bosqich

    Uy ishi 9-slayd

    2 daqiqa

    8-bosqich

    Baholash

    2 daqiqa


    Jarayon

    1-bosqich. Tashkiliy qism.

    O’quvchilar bilan salomlashish. O’quvchilar davomatini aniqlash, darsning maqsad va vazifalarini taqdim etish.


    2-bosqich. O’rganilgan mavzu yuzasidan uy ishini nazorat qilish hamda nazariy ma’lumotlarni takrorlash va mustahkamlash.

    1. Uy ishini nazorat qilish. 2-slayd O’qituvchi “Qishloq xo’jalik mashinasozligi” mavzusi yuzasidan berilgan uy vazifasini nazoratdan o’tkazadi. Buning uchun sinf o’quvchilari navbat bilan Vatanimizda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo’jalik mashinalaridan 5 tasini nomini va qanday maqsadlarda foydalanishi to’g’risidagi ma’lumotlarni ishchi daftardan o’qib eshittiradilar.

    2. O’quv suhbati. 3-slayd O’tgan darsda o’rganilgan “Qishloq xo’jalik mashinasozligi” mavzusini mustahkamlash uchun o’qituvchi o’quvchilarni quyidagi savollarga javob berishga chorlaydi:

    *O’zbekiston iqtisodiyoti uchun an’anaviy ixtisosli sohalarni sanab bering.

    *Qishloq xo’jalik texnikalari qanday vazifalarni bajaradi?

    *O’zbekistonda qishloq xo’jaligi mashinasozligining asosiy korxonalarini sanab o’ting.

    *O’zbekistonning qaysi shaharlarida qishloq xo’jaligi texnikalari ishlab chiqariladi?

    Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.

    *Bog’dorchilik, uzumchilik va polizchilikda qo’llaniladigan texnikalar qayerda ishlab chiqariladi? Sizningcha, bu texnika vositalari qanday yumushlarni bajaradi?

    *Irrigastiya nima? Bu soha mashinalari qayerda ishlab chiqariladi?


    O’qituvchi bugungi mashg`ulot ham mashinasozlik bilan bog`li` ekanligini aytadi va yangi mavzu bilan bog`laydi.

    3-bosqich. Yangi mavzuga olib kirish va bayon qilish.

    1. Yangi mavzuga kirish. 4-slayd O’qituvchi klaster metodidan foydalanib “Siz mashinasozlikning qaysi tarmoqlarini bilasiz?” savolini sinf doskasiga yozadi va o’quvchilarni shu savol yuzasidan o’z fikrlarini bayon qilishga chorlaydi. O’quvchilarning javoblari sinf doskasiga ustun shaklida yoziladi.






    1. Yangi mavzu yuzasidan kichik ma’ruza. Barcha o’quvchilarning javoblari sinf doskasida yozib bo’lingach, o’qituvchi o’quvchilar aytib o’tmagan ma’lumotlar bilan doskadagi ro’yhatni to’ldiradi va “Mashinasozlik istiqbollari” mavzusi yuzasidan quyidagi reja asosida kichik ma’ruza qiladi:

    “Mashinasozlik istiqbollari” 5-slayd

    R E J A


    1. Toshkent aviastiya ishlab chiqarish birlashmasi faoliyati

    2. Elektrotexnika sanoati va uning korxonalari

    3. Radioelektronika sanoati – istiqbolli sanoat

    4. Kimyo va neft-kimyo mashinasozligi

    5. Kommunal xo’jaligi mashinasozligi


    4-bosqich. Nazariy ma’lumotlarni mustahkamlash.

    O’qituvchi o’quvchilarni O’zbekiston mashinasozlik sanoatining kelajagiga sayohat qilishga taklif etadi va ularni individual ishlashga chorlaydi. Har bir o’quvchiga mashinasozlik istiqbollari haqidagi kartochkalardan biri tarqatiladi:




    Kartochka №1

    O’zbekiston mashinasozligida paxtachilik sohasida foydalaniladigan texnika turlari yetakchi o’rinni egallab boraveradi. G’o’zapoya maydalaydigan, ko’sak chuviydigan traktorlar ommalashib ketadi. Paxta teruvchi kombaynlar paxtani chanog’ida qoldirmay terish quvvatiga ega bo’ladi, ulardan yerga paxta deyarli to’kilmaydi.

    Paxta Paxta, chigitli paxta - gʻoʻzaning tola va chigitdan iborat asosiy mahsuloti. Paxta tozalash korxonasida P.ga dastlabki ishlov berish jarayonida chigitdan, avval, toʻqimachilik sanoatining ehtiyoji uchun asosiy mah-sulot - tola (uz. 20 mm dan uzun)
    Shuning uchun paxtaning navi va sifati buzilmaydi. Hovlilarda asfalt qilingan maydonlar kamayib, ularning o’rnida maysalar ekilgan gazonlar(beklar gilami) paydo bo’ladi. Oqibatda mahalliy sharoitimizda o’t o’ruvchi kichik kombaynlar ishlab chiqara boshlanadi. Tomorqalarda yer chopish mini-traktorlari, mevali va manzarali darahtlarga shakl beruvchi moslamalar ishlab chiqariladi. Qishloq aholisi texnikadan keng foydalana boshlagani uchun qo’l meqnatiga ehtiyoj kamayadi, odamlarning bo’sh vaqtlari dam olish va hordiq chiqarishga imkoniyatlar bo’ladi.



    Shunday bo’lishiga Bunday bo’lishi Odamlarning hozirgi

    ishonish qiyin mumkin emas turmush tarzi shunga olib keladi




    Kartochka №2

    “O’zbekto’qimachilikmash” birlashmasi O’zbekistondagi barcha to’qimachilik korxonalarini kerakli jihozlar bilan ta’minlaydi. Paxta va pilla xom ashyosidan o’ta yuqori sifatli ip va ipak mahsulotlari ishlab chiqaruvchi stanoklar yaratiladi, sintetik matolar ishlab chiqarishga moslashtirilgan stanoklar soni kamayib boradi.

    Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.
    Barcha stanoklar kompyuter markazidan boshqariladi, uning oqibatida to’qimachilik korxonalarida mehnat samaradorligi ortib boradi. Pilladan ipak ajratib oluvchi stanoklar oynalar bilan izolyastiya qilinadi, korxonada yoqimsiz hid ajralib chiqishi yo’qoladi, to’quvchilarning salomatligi keskin yaxshilanadi. Korxonada ekologik vaziyat yaxshi bo’lgani uchun hozirgi kundagiga o’xshab ishchilarga korxona tomonidan qo’shimcha haq to’lashga hojat qolmaydi.



    Shunday bo’lishiga Bunday bo’lishi Odamlarning hozirgi

    ishonish qiyin mumkin emas turmush tarzi shunga olib keladi




    Kartochka №3

    Avtomobilsozlik - mustaqillik mevasidir.

    Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
    U O’zbekiston mashinasozligining muhim tarmog’i bo’lib, avtomobillar, avtomobillar uchun ehtiyot qismlari, turli jihozlar ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi. Avtomobilsozlikka oid barcha korxonalar “Uzavtomash” uyushmasiga qarashli bo’ladi. Tarmoqning yirik korxonasi hisoblangan Asakadagi “UZDEU” avtomobil zavodi milliylashadi. Korxona turli modeldagi, jumladan, 2 kishilik va sport rusumidagi avtomobillarni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Hozirgi kunda Turkiya bilan hamkorlikdagi Samarqand avtobus zavodi shahar ichida harakatlanuvchi va elektr quvvatida ishlovchi ekologik kamzarar avtobuslar ishlab chiqaradi. Odamlarning ekologiyani toza saqlash to’g’risidagi bilimlari ortib, asosan shu elektrobuslardan foydalanadilar. Bizning milliy avtobuslarimiz Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turmaniston shaharlarida xizmat ko’rsata boshlaydi.
    Samarqand Samarqand - Samarqand viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938 yildan). 1925-30 yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning jan.gʻarbida, Zarafshon vodiysining oʻrta qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan.
    Tojikiston (toj. Тоҷикистон), Tojikiston Respublikasi (tojikcha. Ҷумҳурии Тоҷикистон) - Oʻrta Osiyoning janubi-sharqida joylashgan davlat. Maydoni 143.100 ming km². Aholisi 8,486,300 kishi (2014). Gʻarbiy va shimoli-gʻarbiy tomonidan Oʻzbekiston bilan, shimoliy tomonidan Qirgʻiziston, sharqiy tomonidan Xitoy bilan va janubiy tomonidan Afgʻoniston davlatlari bilan chegaradosh.
    Bu avtobuslarni eksport qilish orqali davlat byudjeti boyiydi.



    Shunday bo’lishiga Bunday bo’lishi Odamlarning hozirgi

    ishonish qiyin mumkin emas turmush tarzi shunga olib keladi




    Kartochka №4

    Elektrotexnika sanoati O’zbekiston mashinasozligining muhim tarmog’i hisoblanadi. Transformatorlar, kabellar, generatorlar, panellar kabi 200 dan ortiq mahsulotlar o’zimizda ishlab chiqariladi. Radiolampalar ishlab chiqarish kamayadi, ularning o’rnini asta-sekin mikrosxemalar qoplab boradi. Barcha elektrotexnikalar kam quvvatli energiya bilan ishlashga moslashtiriladi. Kompyuter ishlab chiqaradigan korxonalar ochilib, o’zimizning kompterlardan har bir xonadonda foydalaniladi. Maishiy texnikaning yangi turlari ixtiro qilinadi: uy bekalarining yumushlarini yengillashishi oqibatida ayollar salomatligi yaxshilanadi. Ayrim korxonalarda elektr energiyasi bilan ishlaydigan trenajerlarni ko’proq ishlab chiqarishga ehtiyoj tug’iladi. Bunday elektrotexnikaga talab kuchayib boradi.



    Shunday bo’lishiga Bunday bo’lishi Odamlarning hozirgi

    ishonish qiyin mumkin emas turmush tarzi shunga olib keladi




    Kartochka №5

    1941 yilda tashkil topgan Toshkent aviastiya zavodi tarmoqlari kengayadi. Kichik hajmdagi xususiy samolyotlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi. Bunday samolyotlarni ko’plab oilalar sotib oladilar. Yirik shaharlarda xususiy samolyotlar turish joylari tashkil etiladi. Xususiy samolyotlar ko’p qatnay boshlagani uchun neft mahsulotlarining narxi ortib boradi. Neft zahiralarining yangi konlari kashf etiladi. Xususiy samolyotlarlarning qatnovini nazorat qilish markazlari tashkil etiladi. Katta hajmdagi yuk va yo’lovchi samolyotlarini ishlab chiqarish asta-sekin yo’lga qo’yiladi.



    Shunday bo’lishiga Bunday bo’lishi Odamlarning hozirgi

    ishonish qiyin mumkin emas turmush tarzi shunga olib keladi




    Kartochka №6

    Kimyo va neft-kimyo mashinasozligiga mamlakatimizda 1941 yilda asos solingan. Qog’oz sanoati korxonalari uchun ishlab chiqariladigan texnika turlari ekologiyaga kam zarar yetkazish jihatdan takomillashadi. Bu sohada ishlaydigan texnikalar har 3 yilda yangilashga ixtisoslashadi, muddati tugagan jihozlar avtomatik tarzda ishdan chiqadi. Shahar atrofidagi chiqindi uyumlari kamayadi. Kimyo sanoatida ham shunday bo’ladi. Bu sohada ishlagan stanoklar va moslamalarni qayta ishlovchi korxonalar qayta ishlab yangi texnika ishlab chiqaradi. Neft va gazning yangi konlari ochilgani uchun bu sohaga zarur zamonaviy jihozlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi.



    Shunday bo’lishiga Bunday bo’lishi Odamlarning hozirgi

    ishonish qiyin mumkin emas turmush tarzi shunga olib keladi




    1. Individual topshiriq. 6-slayd Kartochkadagi ma’lumotni mustaqil o’qib chiqing. Keyin kartochkaning quyi qismida berilgan 3 ta javobdan birini doiraga oling.

    2. Kichik guruhlarda ishlash. O’qituvchi sinf o’quvchilarini kichik guruhlarga birlashishga chorlaydi. Buning uchun mazmun jihatdan bir hil kartochkaga ega bo’lgan o’quvchilar bir guruhga birlashadilar.

    Kichik guruhlar uchun topshirq. 7-slayd Guruhlarda o’rtoqlaringiz bilan suhbatlashib nima uchun aynan shu javobni tanlaganingizni asoslab bering hamda guruhda birgalashib 1ta umumiy javobni tanlang. Guruhda qabul qilingan javobni boshqa rangdagi ruchkada doiraga oling.
    5-bosqich. Kichik guruhlar taqdimoti. Har bir guruhdan 1 nafar o’quvchi o’z guruhida muhokama etilgan kartochkadagi ma’lumotni o’qib eshittiradi hamda guruhning umumiy javobini o’qib eshittiradi.
    6-bosqich. Mashg’ulot muhokamasi 8-slayd

    *Mashg’ulot sizga yoqdimi? Nima uchun?

    *Kartochkani o’qiganda nimani his etdingiz?

    *Javobni tanlash qiyin bo’lmadimi?

    *Guruhda javobni tanlashga nima yordam berdi?

    *Mashinasozlikning qaysi tarmoqlarini bilib oldingiz?

    *Sizningcha, nima uchun ular tarmoqlarga bo’linadi?

    *Mashinasozlik sohasining kelajagi haqida o’ylash sizga yoqdimi?



    *Mashg’ulotdan qanday hulosalar chiqardingiz?


    Izoh. Kartochkalardagi ma’lumotlarni o’rganish paytida o’quvchilar ayrim jumla yoki so’zlarni izohlab berishni o’qituvchidan so’rashlari mumkin. Guruhlarda ishlash jarayonida o’quvchilar umumiy hulosaga kelishlari qiyin bo’lishi mumkin. Sababi, ayrim o’quvchilar o’z javoblarini o’zgartirishni hohlamasliklari mumkin. U holda o’qituvchi yo’naltiruvchi savollar yordamida bir hulosaga kelishishga chorlaydi.


    Uy ishi. 9-slayd Darslikdan mavzuga oid ma’lumotlarni o’qib chiqing va O’zbekistondagi mashinasozlik korxonalarini qaysi viloyatda joylashganligini aniqlab, yozuvsiz xaritaga tushiring.
    Baholash. O’qituvchi kartochkadagi javobni tanlashda yetarli dalillar keltirgan guruhlar o’quvchilarini reyting asosida baholaydi. Undan tashqari, darsning barcha bosqichlarida faol ishtirok etgan o’quvchilarni baholash zarur.

    Download 75,5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 75,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Farg`ona viloyati Qo`shtepa tumani 38-umumiy o`rta ta`lim maktabti

    Download 75,5 Kb.