|
Farg’ona politexnika instituti qurilish fakulteti c21 A20 guruh talabasi
|
bet | 3/3 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 2,03 Mb. | | #230916 |
Bog'liq BETON VA TEMIRBETON TEXNOLOGIYASI gulomovTemirbetonning afzalliklari: oʻta mustahkamligi; koʻpga chidamliligi; olovbardoshligi; zilzilabardoshligi; mahalliy materiallardan foydalanish imkoniyati; konstruksiyaga istalgan shakl berish mumkinligi va h.k. Vazni ogʻirligi, issiqlik va tovushni oson oʻtkazishi; mustahkamlash va tuzatishning qiyinligi; yorilishi mumkinligi; beton yotqizilgach, armatura holatini tekshirish qiyinligi kabi omillar uning nuqsonlaridir. Betonda yoriq paydo boʻlishining oldini olish uchun armatura oldindan zoʻriqtiriladi. Bir qavatli binolar Ushbu turdagi sanoat binolarining konstruktiv sxemalariga temir yoki temir-beton ustunlar kiradi. Qo'llab-quvvatlovchi elementlar bilan birgalikda ular ko'ndalang ramkalar hosil qiladi. Bundan tashqari, tuzilmalarda turli xil uzunlamasına komponentlar qo'llaniladi. Ilgari betonning mustahkamlik darajalari markalar (M) orqali farklanar edi. Xalqaro standartlarning yangi tizimi boʻyicha beton mustahkamligi sinflar (V) orqali belgilanadi. Mas., beton va Temirbeton uchun ogʻir betonning siqilish mustahkamligi boʻyicha quyidagi sinflar mavjud: V3,5; V5; V7,5; V10; V12:5; V15; V20; V25; VZO; V35; V40; V45; V50; V55; V60. Ogʻir betondan ishlanadigan Temirbeton konstruksiyalarda mustahkamlik sinfi V7,5 dan kam boʻlgan betonlarni qoʻllash mumkin emas. Takroriy yuklar taʼsir etadigan konstruksiyalarda sinfi V15 dan yuqori boʻlgan betonlar qoʻllaniladi. Siqiluvchi Temirbeton elementlari V15 dan kam boʻlmagan, katta yuk ostida boʻladigan konstruksiyalarda esa (mas., koʻp qavatli binolarning quyi qavat ustunlarida) sinfi V25 dan kam boʻlmagan betonlar qoʻllash tavsiya etiladi. Zoʻriqtirilgan beton uchun V20… V60 boʻlgan beton sinflari qabul qilinadi. TEMIRBETON BUYUMLARI:
|
| |