|
II. O‘lchash uslubining va qurilmasining tavsifi
| bet | 3/5 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 105,71 Kb. | | #107723 |
Bog'liq L3-laboratoriyaII. O‘lchash uslubining va qurilmasining tavsifi
Elektrolizda tok oqimi kimyoviy ajralis,h bilan birgalikda keladi. Ajralgan modda miqdori elektrolit orqali o'tgan zaryad miqdoriga Q proporsional bo'ladi. Tashilgan zaryad Faradey doimiysi F yordamida hisoblanishi mumkin. Bu doimiylik, elementar zaryad e va Avogadro soni NA orasida quyidagi bog'liqlik bor:
(1).
Bu esa Faradey doimiysi F 1 mol elektronlarning zaryad miqdori ekanligi anglatadi.
Ajralgan modda miqdori n va ajralgan ionlarning valentligi z ni kiritib, tashilgan zaryad uchun quyidagi bog'liqlikni hosil qilamiz:
(2).
Bu tajribada Faradey doimiysi elektroliz yordamida aniq miqdordagi vodorodni hosil qilish orqali aniqlanadi. Elektrolizda ajralgan vodorod gazi tashqi bosim p va xona temperaturasi T da yig'iladi.
So'ngra uning hajmi V o'lchanadi. Hosil bo'lgan vodorod molekulalari miqdori n1 ideal gaz holat tenglamasi yordamida hisoblanadi:
(3)
Bu yerda (universal gaz doimiysi)
Har bir H+ ioni elektrolit tokidagi elektron bilan neytrallanadi,bunda vodorod ionlarining valentligi z 1 ga teng. 1 mol H+ ionlarini neytrallash 1 mol elektronlarni talab qiladi va 1 mol H2 olish uchun 2 mol elektron kerak. Olingan vodorod atomlarining modda miqdori n1 talab etilgan elektronlarning mol miqdoriga to'g'ri keladi:
(4)
Shu paytda doimiy kuchlanish U0 da bajarilgan ish W ham o'lchanadi. Unda zaryad miqdori quyidagicha aniqlanadi
(5)
Faradey doimiysi esa (2), (4) va (5) tenglamalarga ko'ra quyidagicha
(6)
Izoh: Suvni elektroliz qilish qismi tajribadan keyin ham to'la qolishi va undan darhol boshqa tajriba uchun foydalanish mumkin.
1 – rasm. Tajriba qurilmasining prinspial qurilmasi.
Tajriba qurilmasi 1 rasmda ko'rsatilgan.
Suvni elektroliz qilish qismi:
-
Suvni elektroliz qilish qismini qo'llash varag'iga (666 446) binoan yig'ing va uni patnisga qo'ying.
-
Darajalash idishini (a) gaz jo'mragi (b) balandligigacha ko'taring va har ikkala jo'mrakni oching.
-
Darajalsh idishi suyultirilgan sulfat kislota (1mol/l atrofidagi) bilan suyuqlik sathi gaz jo'mraklari balandligiga yetgunicha to'diring.
-
Har ikkala gaz jo'mraklarini yoping.
Elektr simlar:
-
O'zgarmas quvvat manbaining musbat va manfiy qutblarini (c) joul-vattmetrva voltmetrga (o'lchash sohasi: 30V-) rozetkalariga parallel ulang.
-
Suvni elektroliz qilish qismining elektrodlarini joul-vattmetr rozetkalariga (d) ulang.
III. Ishni bajarish tartibi
Eslatma xavfsizlik belgisi: Distillanga suvning elektr o'tkazuvchanligi pastligidan suvning elektrolizida 1 mol/l konsentratsiyali suyultirilgan sulfat kislota qo'llaniladi. Suyultirilgan sulfat kislota ko'z va teriga tushsa yallig'laydi.
Ko'zga sulfat kislota tekkanda yaxshilab oqar suvda yuving va shifokorga murojaat qiling.
|
| |