12
Funksiyalar so’zni to’laligicha yoki so’zning qismlarini ishlatishi yoki ularni
o’zgartirishi mumkin. Umumiy holda aytilganda, har xil kompyuterlar har xil
foydalanadigan funksiylar to’plamiga ega bo’loladi.
Biroq ushbu to’plamlar
ko’pincha funksional tomondan qisman yoki butunlay
mos tushadi va faqatgina
amalga oshirish texnikasi bilan farqlanadi. Ayniqsa, sonlar ustida oddiy
arifmetik
amallar (qo’shish, ayirish, ko’paytirish vahokazo), bitlar ustida mantiqiy
operatsiyalar (konyunksiya, dizyunksiya vahokazo) keng tarqalgan funksiyalardir.
Odatda kompyuter terminologiyasida barcha funksiyalar operatsiyalar deb
nomlanadi, argument qiymati, ba’zan argumentning o’zi ham va hattoki argument
ichidagi so’z adresi operandlar hisoblanadi.
Xotiradagi operatsiyalardan tashqari, kompyuter ma’lumotlarni
qayta ishlovchi
tashkiliy jarayonlar bilan bog’langan amallarni ham bajarishi kerak.
Kompyuterning mumkin amallari tizimining mashina buyrug’ida yoziladi. Har
qanday ma’lumot, mashina buyrug’i ham so’zlar kabi yoziladi. Buyruq ta’rifi
operatsiya kodlari va operandlarni o’z ichiga oladi.
Bir qancha mashina buyruqlari qat’iy ko’rsatilgan joyda joylashgan (misol uchun
fiksirlangan registr) so’zlar ustida amallar bajaradi. Bunday buyruqlar aniq
ko’rsatilgan operandlar talab qilmaydi. Tizim komandasi quyidagicha ishlaydi,
ya’ni bajarilgan buyruqdan keyin undan keyin keladigan buyruqlarni aniqlab
boradi. Har qanday ma’lumotlarni qayta ishlovchi jarayonlar shu kompyuter uchun
mumkin bo’lgan sonlar, ya’ni aniq mashina buyruqlari jamlanmasi yordamida
ta’riflanadi. Bu jamlanma mashina kodi yoki ichki dasturi kodi deb nomlanadi.
Ta’kidlash joizki, jarayonlar mashina tili buyruqlarida yoziladi, boshqacha bo’lishi
mumkin emas.
Mashina kodining strukturasi doimo kompyuter strukturasiga mos bo’ladi va
foydalanuvchi bajarishi uchun mo’ljallangan amallar
strukturasiga umuman
o’xshash bo’lmasligi mumkin. Qoida shunday,fondalanuvchi o’z amallarini yuqori
darajali tillarda yozadi. Kompyuterlar ularni “tushunmaydi”. Shuning uchun, ular
bajarilishi uchun ularning hammasi dastlab ekvivalent mashina kodiga o’girilishi
13
kerak. Kompliyator juda murakkab va u juda katta hajmdagi ishni bajaradi.
Foydalanuvchi
dasturining
unumdorligini
olinadigan
mashina
kodi
va
protsessorening masalani yechish unumdorligi belgilaydi. Mashina kodi
bajarilgunga qadar barcha buyruqlar va kerakli ma’lumotlar xotiraga yuklangan
bo’lishi kerak. Bu kiritish qurilmalari deb nomlangan maxsus buyruqlar orqali
amalga oshiriladi. Ularga misol qilib ma’lumotli disklarni o’quvchi disketlar,
lazerli disklar,
skanerlar, klaviaturalar va boshqalarni olish mumkin.
Kompyuterdagi natijalar maxsus buyruqlar yordamida chiqarish qurilmalari orqali
xotiradan chiqariladi. Bularga misol qilib ma’lumotlarni diskka yozuvchi
qurilmalar, printerlar, ekran va boshqalarni olish mumkin. Xotiraga mashina kodi
va ma’lumotlar yuklangandan keyin komyuter o’z ishini boshlashi mumkin.
Bularning barchasini boshqarish qurilmasi amalga oshiradi. U registrlar,
hisoblagichlar va boshqa elementlardan tashkil topgan va u xotira, arifmetik
mantiqiy qurilma, kiritish-chiqarish qurilmasi, kompyuterning boshqa qismalari
orasidagi ma’lumotlar uzatilishini ta’minlaydi. Boshqarish qurilmasi 2 ta o’zaro
zid topshiriqni bajarishi kerak. Bir tomondan boshqarish qurilmasi, topshiriqlarni
yechish jarayonlari to’xtab qolmasligi uchun u yetarli darajada tez ishlashi kerak.
Boshqa tomondan esa, boshqarish qurilmasi turli xil qurilmalarni boshqaradi, shu
jumladan, bir vaqtda ishlaydigan va bir-biridan uzoqda
ishlaydigan qurilmalarni
ham boshqaradi. Shuning uchun boshqarish qurilmasi iyerarxik va taqsimalangan
arxitektura yordamida tashkil qilinadi. Eng tezkor sath – bu elektron sxema
hisoblanadi. Elektron sxema navbatdagi buyruqlarni rasshifrovka qiladi, operator
adreslarini va operatsiya kodlarini belgilaydi, analiz uchun navbat turgan bitta yoki
bir nechta buyruqlarni tanlaydi. Boshqarish qurilmasining boshqa sathi – bu,
masalan,
sxemalar, arifmetik-mantiqiy qurilmadagi jarayonlarni boshqaradi.
Boshqarish qurilmasi, arifmetik-mantiqiy qurilma va tezkor xotira bloki
jamlanmasi markaziy protsessor deb nomlanadi.