• Servis (xizmat ko„rsatish)
  • Strategik marketing
  • Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet171/195
    Sana10.01.2024
    Hajmi3,14 Mb.
    #134246
    1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   195
    Bog'liq
    1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing

    Reklama auditoriyasi - muayyan axborot manbalari orqali e‘lon qilingan 
    reklama xabarlarini eshitishi, ko‗rishi va o‗qishi mumkin bo‗lgan barcha shaxslar. 
    Reklama samaradorligi - reklama vositalarining ishlab chiqaruvchi yoki 
    vositachilari manfaatlari yo‗lida iste‘molchilarga ta‘sir ko‗rsatish darajasi. 
    Reklama murojaatidan oldin va keyin aniqlanadi. Reklamaning savdo natijalariga 
    ko‗rsatuvchi ta‘sirini aniqlash (iqtisodiy samaradorlik) reklama xarajatlarini 
    avvalgi faoliyat natijalari bo‗yicha tovar sotish hajmiga nisbati yordamida 
    aniqlanadi. Bu usulning aniqligi yuqori emas, chunki savdo natijalariga 
    reklamadan tashqari boshqa ko‗plab omillar ham ta‘sir ko‗rsatadi. 
    Servis (xizmat ko„rsatish) - korxona marketing faoliyatining mashinalar, 
    asbob-uskunalar va transport vositalarini sotish va ekspluatatsiya qilishni 
    ta‘minlovchi bo‗limi, quyi tizimi. 


    340 
    Sifat - tovarning muayyan iste‘molchilar ehtiyojini qondirish qobiliyatini 
    belgilab beruvchi, qo‗yilgan talablarga mos keluvchi xususiyatlari majmui. Oldi-
    sotdi shartnomalarida tomonlar sifat ko‗rsatkichlari, uni tekshirish tartibi, tovar 
    sifatining belgilangan talablarga mos kelishini tasdiklovchi hujjatlarni taqdim etish 
    tartibi kelishib olinadi, zarur hollarda tovarni sifati bo‗yicha qabul qilish va 
    topshirish shartlari, shuningdek tovar sifati yoki uni saqlash muddati bo‗yicha 
    kafolatlar belgilab qo‗yiladi.
    Strategik marketing - 1) asosiy iste‘molchilar guruhlari talab va 
    ehtiyojlarini muntazam, tizimli tahlil qilish, shuningdek, kompaniyaga 
    xaridorlarning tanlab olingan guruhlariga raqobatchilarga qaraganda yaxshiroq 
    xizmat ko‗rsatish va shu tariqa raqobatchilik ustunligiga ega bo‗lish imkonini 
    beruvchi tovar va xizmatlar konsepsiyasini ishlab chiqish; 2) tashkilotlar va 
    jismoniy shaxslar ehtiyojlarini tahlil qilish; 3) firmaning maqsadlarini belgilab 
    olish, rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va muvozanatlangan tovar portfeli 
    tuzilmasini ta‘minlash; 4) strategik majmua-miks hamda muntazam o‗zgarib 
    turuvchi marketing muhiti omillarini hisobga olgan holda firmaning tovar, narx, 
    kommunikatsiya, taqsimlash va sotish sohasidagi strategik siyosatining asosiy 
    yo‗nalishlarini ishlab chiqish jarayoni. 

    Download 3,14 Mb.
    1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   195




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish