225
siljitish – mahsulot taklifiga oid ishontiruvchi axborotlarni reklama va
boshqa vositalar orqali tarqatish
aloqa – kerakli xaridorlarni topish va ular bilan aloqa o‗rnatish
muvofiqlashtirish – talab va taklifni bir-biriga moslashtirish
muloqotlar – mahsulotni narxi, etkazib berish sharti va taklifning boshqa
punktlari bo‗yicha muloqotlar o‗tkazish
jismoniy taqsimlash – tovarni transportirovka qilish va saqlash
moliyalashtirish – kanal faoliyatini ta‘minldashga bog‗liq xarajatlarni
koplash
tavakkalchilik – mahsulotni sotib olib keyinchalik zarar bilan sotish.
Birinchi besh funksiya shartnoma tuzish uchun xizmat qiladi, qolgan uchtasi
esa shartnomani bajarish uchun xizmat qiladi.
Taqsimot kanalining bosqichi - bu tovar va unga egalik huquqini pirovard
xaridorga yaqinlashtirish yo‗lida u yoki bu ishni bajaradigan har qanday
vositachidan iboratdir. Taqsimot kanalining quyidagi bosqichlari bor: