3 – BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ELEKTR
TEJAMKORLIKNI BOSHQARISH
3.1. O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika majmuasining tavsifi
O‘zbekiston Respublikasi energetika siyosatining asosiy maqsadi IEM
sohalarining optimal ishlashi va rivojlanishining mexanizmini shakllantirish va
yo‘llarini qidirishdan iborat hamda atrof – muhit ekologik xavfsizligini saqlagan
holda, rivojlangan Yevropa davlatlari yuqori hayot darajasi va sifati standartlariga
yetishish va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta’minlaydigan, aholi
va iqtisodiyotning barcha sohalarini ishonchli va samarali energiya bilan
ta’minlashni texnik amalga oshirishdan iborat.
Yoqilg‘i energetika majmuasi (YoEM) aholi hayot darajasini ko‘tarish va
iqtisodiyot ishlashini ta’minlaydigan O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligining
eng muhim strukturasini tashkil etuvchisidir. YoEM o‘z ichiga energiya
tashuvchilarning barcha turlari: gaz, neft va uni qayta ishlash mahsulotlari, qattiq
yoqilg‘i, elektr va issiqlik energiyalarini qazib olish, uzatish, saqlash, ishlab
chiqarish va taqsimlashni oladi. Majmua sohalari respublika xalq xo‘jaligida muhim
o‘rin egallaydi.
O‘zbekiston energiya tizimining 2018 yil uchun asosiy ko‘rsatkichlari 3.1.
jadvalda keltirilgan.
3.1- jadval 2018 yildagi O‘zbekiston energetik tizimi sistemasi ko‘rsatkichlari
O‘rnatilgan quvvat
11958 MVt
Energetika ministriligi tomonidan 2018 yilda ishlab chiqarilgan
elektr energiya
63,36 mlrd. kVt.s