darajasi, ishlayotgan va yaratilayotgan texnikaning mamlakatda erishilgan iqtisodiy
oqlangan rivojlanish darajasiga to‘g‘ri kelishi kerak va bunda atrof-muhitni
himoyalash talablari ham qondirilishi zarur. Bu daraja, mahsulot ishlab-chiqarish va
xizmatlarni amalga oshirishdagi, haqiqiy solishtirma elektr sig‘imi xarajatlarini,
ularning me’yoriy qiymatlariga nisbati bilan aniqlanadi. Bunda ba’zi tuzatishlarni
ham hisobga olish zarur. Bu eng kam (minimal) solishtirma yoqilg‘i sarfi
ta’minlanishi kerak bo‘lgan energetika korxonalari uchun katta ahamiyatga ega.
Energiya tejashning iqtisodiy samaradorligi, qazib chiqarishni tezlashtirish va
energiya resurslarni ishlab-chiqarishga nisbatan shunchalik kattaki, uni amalga
oshirish bir vaqtda asosiy fondlarni yangilashni va modernizatsiya qilishni, iqtisodiy
va sotsial muammolarni yechadi, yoqilg‘i va energiya ishlab chiqarishni, qazib
chiqarishni ko‘paytirish uchun sharoitlar yaratadi, agarda bu uzoq kelajakda talab
etilsa ham. Bunda iste’molchida iqtisod qilingan bir tonna shartli yoqilg‘i kamida
1,3-2 tonna qazib olingan shartli yoqilg‘iga teng bo‘ladi. Mutaxassislarning
baholashi bo‘yicha energiya tejam qilingandan olingan foyda unga qilingan sarfdan
uch barobar yuqoridir [1,2].
Shu narsa ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat moliyaviy va mineral
resurslari yetishmovchiligi tufayli asosiy fondlarni keng yangilash va
modernizatsiyalashni kon qazish ishlarini va energiyaresurslarni ishlab chiqarishni
ko‘paytirishni amalga oshiradi, amalda energiya tejash siyosatini olib boradi,
ekologik va sotsial muammolarni birgalikda va zarur masshtablarda yechishni
amalga oshiradi. Ammo bu masalani nazorat ostida ushlab turish, kerak bo‘lgan
huquqiy, me’yoriy hujjatlarni va majmuaviy davlat dasturlarini ishlab chiqish zarur.
Mazkur ishlar hozirda bizning respublikamizda amalga oshirilmoqda.