|
Kuchlanish transformatorlarini (KT) tanlashBog'liq RELE o\'quv qo\'llanma (2)4.2.2. Kuchlanish transformatorlarini (KT) tanlash
Agar rele himoyasini hisoblashlarida quvvat yo‘naltirilgan rele yoki minimal kuchlanish relesi qo‘llanilgan bo‘lsa, u holda kuchlanish transformatorlarini tanlash amalga oshiriladi.
Ishlash davomida KT turlarini tanlash va hisobiy yuklamada KT xatoligi uning ruxsat etilgan qiymatidan oshmasligini tekshirish talab etiladi.
Rele himoyasida aniqlik sinfi 1 va 3 li, ya’ni xatoliklari (ΔU %) mos ravishda 1 va 3 % li KT larini ishlatish ruxsat etiladi. Bunda l aniqlik sinfli KT lariga barcha turdagi relelar va shit asboblari uchun ruxsat beriladi, xatoligi 3 % li KT larini esa faqat minimal kuchlanish relelar, izolyasiyani tekshirish relelari va signalizatsiya relelarida ishlatiladi.
Xatolikni baholash uchun KT ning bitta fazasidagi yuklamani aniqlash talab etiladi. Bu holda agar rele faza kuchlanishiga ulangan bo‘lsa, KT ning faza yuklamasi alohida relelarning quvvatlari yig‘indisi kabi aniqlanadi. Agar rele liniya kuchlanishiga ulangan bo‘lsa, bitta fazaga ulangan yuklama quyidagicha aniqlanishi mumkin:
(4.11)
bu yerda, , ko‘rilayotgan fazaga ulangan ikkita liniyali yuklamalarning mos ravishdagi katta va kichik qiymati.
Agar bo‘lsa, u holda .
Hisobiy faza yuklamasi mos aniqlik sinfidagi KT ning nominal faza quvvati bilan taqqoslanadi. Agar uch fazali KT ishlatilsa, u holda .Agar bir fazali КT ishlatilsa va ular yulduz ulansa, u holda .
Qoidaga asosan, uch fazali KT larini ishlatishga intilinadi. Agar qiymati dan oshib ketsa uch fazali KT ni bir fazali KT lar guruhiga almashtiriladi, ularning quvvati katta hisoblanadi.
Operativ tok manbalarini tanlashga oid umumiy ko‘rsatmalar
Kurs ishini bajarish davomida rele himoyasi qurilmalari, avtomatika va o‘chirgichlarni masofadan turib boshqaruvi ta’minoti zanjirida o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokdan foydalanish ko‘rib chiqiladi. Bunda shuni yodda tutish kerakki o‘zgarmas operativ tokdan elektr stansiyalarda, kuchlanishi 110 va undan yuqori bo‘lgan bir qancha birlashmalari bo‘lgan podstansiyalarda, ba’zida esa 35 kVli podstansiyalarda foydalanish tavsiya etiladi. o‘zgaruvchan operativ tok qolgan podstansiyalarda ishlatiladi, ularning yuqori kuchlanish tomonida o‘chirgichlar bo‘lmaydi.
O‘zgaruvchian operativ tok qo‘llanilganda quyidagi sxemalardan foydalanish tavsiya etiladi:
elektromagnit boshqaruvni shuntlash sxemasi tokli, differensial yo‘naltirilgan va distansion himoyalarda qo‘llaniladi, “yengil” yuritmali PRBA-10, NG-10, PGM-10, MPM-10, PP-61 va h.k. turdagi o‘chirgichlarda elektromagnit o‘chirish va qo‘shish davomida ularning talab qiladigan quvvati TT berayotgan quvvatdan oshmaydi. Ushbu sxemalar 6-110 kVli podstansiyalarda keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Bunda distansion boshqaruv, signalizatsiya zanjirlarini ta’minotida shaxsiy ehtiyoj transformatorlari ishlatilishi mumkin.
to‘g‘rilangan operativ tok ta’minot sxemasi katta quvvat talab etadigan elektromagnitli va boshqa yuritmalari bilan jihozlangan o‘chirgichlar, bundan tashqari yarim o‘tkazgichlardan iborat asboblarning himoyasini ta’minlashda qo‘llaniladi. To‘g‘rilangan tokni olish uchun TT ga ulangan tokli ta’minot blogi, kuchlanishni olish uchun esa KT ishlatiladi. Eng ko‘p tarqalgani bu kombinatsiyalashgan blokdir, u esa tokli va kuchlanishli bloklardan iborat.
oldindan zaryadlangan kondensator bilan ta’minlangan sxemasi, himoya qilinayotgan element va podstansiyalarda kuchlanish yo‘q paytda rele himoyasi qurilmasi ishga tushishi kerak (masalan, sodda podstansiyalarda bo‘lgichlarni uzish sxemasi minimal kuchlanish himoyasi va h.k.). Ushbu usulning avzalligi ta’minot manbasidan kam quvvat iste’mol qilishi va “og‘ir” yuritmali o‘chirgichlarda qo‘llanilishi mumkinligi hisoblanadi.
|
| |