|
-modda. Aniq maqsaga qaratilgan milliy, tarmoq va mintaqaviy dasturlar hamda loyixalar
|
bet | 47/71 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 3,27 Mb. | | #140050 |
Bog'liq Ma\'ruzalar matni-2021 12-modda. Aniq maqsaga qaratilgan milliy, tarmoq va mintaqaviy dasturlar hamda loyixalar
Energiyadan oqilona foydalanish sohasida aniq maqsadaga qaratilgan milliy, tarmoq va mintaqaviy dasturlar hamda loyixalar energiyadan oqilona foydalanish bo’yicha davlat siyosatini amalga oshirishda majburiydir.
Quyidagilar tegishlicha aniq maqsadga qaratilagan milliy, tarmoq, mintaqaviy dasturlar va loyixalarni ishlab chiqish tashabbuskori bo’ladilar.
O’zbekiston Respublikasi Hukumati;
vazirlar va idoralar;
Qoraqolpog’iston Respublikasi Hukumati, viloyatlar va Toshkent shaxar davlat xomkimyati organlari.
Aniq maqsadga qaratilagn milliy, tarmoq va mintaqaviy dasturlar hamda loyixalarbesh yil va undan uzoqroq muddat uchun yoki uzoqroq muddat uchun ishlab chiqariladi. O’zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tasdiqlangan va ustivor xisoblanadi. Ularni ro’yobga chiqarish ma’ulyati tegishincha O’zbekiston Respublikasi Hukumati vazirliklar va idoralar,maxalliy davlat xokimyati organlari zimmasiga yuklatiladi.
13-modda. Energetika tekshiruvlari
Energetika tekshiruvlari energiya xosil qlish va uni sarflash samaradorligini baxolash maqsadidi o’tkaziladi.
Har yili umumiy xajmi olti ming tonnadan ortiq shartli yoqilg’i yoki bir ming tonnadan ortiq motor yoqilg’isiga teng energiya resurslarini sarflaydigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar majburiy energetika tekshiruvi o’tkaziladi.
Energetika tekshiruvlarini o’tkazish tartibi va muddatini O’zbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydi.
14-modda. Energiyani xisobga olish.
Hosil qilinadigan va sarflanadigan energiya jami hajmi albatta hisobga olinadi.
Energiyani xisobga olish tartibi va uni asboblar bilan taminlash qoidalari, elektr va issiqlik energiyasidan, tabiy gazdan, neftni qayta ishlash maxsulotlaridan foydalanish qoidalari O’zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi.
Energiya hisobi to’g’ri yuritilishi uchun javobgarlik korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlariningyoki shunga vakolat berilagan boshqa shaxslaring zimmasiga yuklatiladi.
|
| |