|
Issiqlik energiyasini uzatish
|
bet | 35/71 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 3,27 Mb. | | #140050 |
Bog'liq Ma\'ruzalar matni-20216.1. Issiqlik energiyasini uzatish
Issiqlik energiyasining asosiy iste’molchilari bo’lib, uy-joy kommunal xo’jaliklari va sanoat korxonalari hisoblanadi. Ishlab chiqarish va kommunal iste’molchilar uchun issiqlik energiyasi, bug’ yoki issiq suv ko’rinishida talab etiladi.
Issiqlik ta’minot tizimi deb, issiqlikni ishlab chiqaruvchi, uzatuvchi va foydalanuvchi kompleks qurilmalarga aytiladi.
Iste’molchilarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash (isitish tizimlarini, shamollatishni, issiq suv ta’minotini va texnologik jarayonlarni) 3ta o’zaro bog’langan jarayonlardan iborat: issiqlik tashuvchiga issiqlikni uzatish, issiqlik tashuvchini transportda tashish va issiqlik tashuvchining issiqlik potentsialidan foydalanish. Issiqlik ta’minot tizimlari markazlashgan va markazlashmagan (mahalliy) bo’lishi mumkin.
Markazlashgan issiqlik ta’minot tizimlari shunday tizimlarki, ularda bitta issiqlik manbaidan issiqlik, bir nechta imoratlarga, kvartallarga, tumanlarga beriladi.
Markazlashmagan issiqlik ta’minot tizimlari shunday tizimlarki, ularda 3 ta asosiy zveno birlashgan va bitta yoki qo’shni xonalarda joylashgan bo’ladi. Bunda issiqlikni olish va uni xona havosiga uzatish, bitta qurilmada birlashgan va isitiladigan xonalarda joylashgan bo’ladi.
Issiqlik energiyasini manbadan iste’molchilarga uzatish issiqlik tarmoqlari orqali amalga oshiriladi.
Issiqlik tarmoqlarining asosiy elementlari: kavsharlash yordamida o’zaro ulangan po’lat quvurlardan iborat quvur o’tkazgich, quvur o’tkazgichning tashqi yemirilishdan va issiqlikni yo’qotishdan saqlashga mo’ljallangan izolyatsion konstruktsiya va quvur o’tkazgichning og’irligini va ishlatish natijasida hosil bo’ladigan zo’riqishni qabul qiladigan konstruktsiyalardir.
Eng ma’suliyatli element quvur bo’lib, u yetarli darajada mustahkam, katta bosimlarda germetik va issiqlik tashuvchi yuqori haroratlariga chidamli, issiqlikni saqlashga olib keladigan devorlarining yuqori termik qarshilikka ega bo’lishi, yuqori harorat va bosimlarning uzoq vaqtli ta’sirida material xususiyatlarini o’zgarmas bo’lishi kerak.
Hozirda sovuq va issiq suv ta’minoti tizimida plastmassa quvurlar ko’p qo’llanilmoqda. Ularning xizmat muddati sovuq suv uchun 50 yil, issiq suv uchun 30 yildan iborat. Po’lat quvurlar 7-15 yil, cho’yan quvurlar 15-20 yil xizmat qilishi mumkin.
Issiqlik tashuvchini uzatganda, issiqlik yo’qotishlarni pasaytirish uchun issiqlik izolyatsiya quvur o’tkazgichlarga o’raladi. Magistral va kvartal ishlatiluvchi issiqlik tarmoqlarida issiqlik energiyasining sarfi ko’p jihatdan izolyatsion materiallarning sifati, ularni qo’llash texnologiyasi va quvur o’tkazgichlarni ishlatish sharoitlari bilan belgilanadi.
Issiqlik tarmoqlari uchun izolyatsion material sifatida shisha paxta, mineral paxta keng qo’llaniladi. Ular mexanik yuklama ta’sir qilmaydigan quvurlarni isitish uchun ishlatiladi. Vibratsiya bo’ladigan joylardagi quvur va konstruktsiyalarni issiqlik izolyatsiyasi uchun kigiz va metall to’rlar ishlatiladi. Namlanish bo’lishi mumkin bo’lgan joylarda mineral paxta va qo’shimcha alyumin zarqog’oz, metall to’r ustidan suvash va boshqalar qo’llaniladi.
Izolyatsion konstruktsiya yuzasidagi harorat 60oS dan yuqori bo’lmasligi kerak.
Quvur o’tkazgichlarni yotqizish, yer usti yoki yer osti usullarida amalga oshirilishi mumkin. Yer ostida yotqizish, tuproqdagi va tashqi suvlar yuqorida joylashganda, sanoat korxonalarida jarlar va daryolar kesishgan joyda, ko’p izli temir yo’llarda qo’llaniladi. Yer osti yotqizishida, quvur o’tkazgichlar yoki bevosita tuproqda (kanalsiz yotqizish), yoki o’tib bo’lmaydigan, yarim o’tadigan, o’tadigan kanallarda joylashtiriladi.
Quvur o’tkazgichlarni kanalsiz yotqizishda mavjud konstruktsiyalar 3 guruhga bo’linadi: 1) yaxlit qobiqlarda; 2) to’kiladigan; 3) quyilgan monolit qobiqli. Quvur o’tkazgichlarning izolyatsiyasi sifatida bilum-perlit, bitum-keramzit va bitum asosidagi boshqa materiallar qo’llaniladi. To’kiladigan quvur o’tkazgichlarning izolyatsiyasini tayyorlash quvur o’tkazgich trassasida amalga oshiriladi. Quvurlar asfalt bilan yopiladi 140-150 S gacha qizitilib bir vaqt shu haroratda ushlab turiladi, bu 3 qavat izolyatsiya olish imkonini beradi. Quyilgan kanalsiz quvur o’tkazgichlar oldindan himoyaviy yemirilishga qarshi qavat (asfaltli mastika) bilan yopiladi, transheyada montaj qilinib, suyuq penobetonmassa quyiladi. Qotgandan so’ng tuproq tortiladi.
Oxirgi vaqtda issiqlik trassalarini kanalsiz yotqizishda oldindan izolyatsiya qilingan quvurlar (OI-quvurlar) keng qo’llanilmoqda, ular polietilen yoki metall qobiqdan iborat butun konstrutsiyani tashkil etadi. Uning ichida shisha plastik yoki poliroplen quvur bo’lib, quvur bilan qobiq orasida zichligi 80 kg/m bo’lgan issiqlik izolyatsiya materiali bilan shunday to’ldirilganki, beriladigan va himoyaviy quvur kuchli tutashish bilan bog’liq.
Kanalli quvur o’tkazgichlar kanallari yig’ma temir beton elementlardan quriladi. O’tkazish kanallarining asosiy afzalligi quvur o’tkazgichga yaqinlashib tuproqni ochmasdan uni taftish (tekshirish, reviziya) qilishdan iborat.
O’tuvchi kanallar (kollektorlar) – ko’p quvur o’tkazgichlar mavjudligida quriladi. Boshqa yer osti kommunikatsiyalar – elektr kabellar, suv o’tkazgichlar, gaz o’tkazgichlar, telefon kabellari, shamollatish qurilmalari va kichik kuchlanishli elektr yoritish kabellari bilan jihozlanadi.
Yarim o’tuvchi kanallar uncha ko’p bo’lmagan quvurlarni yotqizishda qo’llaniladi (ishlatish sharoitlari bo’yicha tuproqni ochish mumkin bo’lmagan joylarda 2-4 quvur yotqaziladi va katta diametrdagi quvur o’tkazgichlarni yotqizganda (800-1400 mm).
O’tuvchi va yarim o’tivchi kanallarda quvur o’tkazgichning izolyatsiyasini quyidagicha amalga oshiriladi: tashqi yuzasi zanglashga qarshi qatlam bilan yopiladi (emal, izol, brizol va h.k.) asosiyni ustidan issiqlik izolltsiya qatlami qo’yiladi, undan keyin quvur o’tkazgichda po’lat bandajlar bilan maxkamlangan asbotsement g’ilof kiydiriladi.
O’tib bo’lmas kanallarni bir xil temir-beton elementlaridan tayyorlanadi. Ular ustida temir-beton plita bilan berkitiladigan tozsimon lotoklardan iborat lotoklarning tashqi devorlari bitummastikali ruberoid bilan yopiladi. Izolyatsiya simlardan bukilgan to’r joylashtiriladi, ustidan zanglashga qarshi kimyoviy qatlam, issiqlik izolyatsiya qatlami (mineral paxta yoki ko’pikli shisha) metall asbotsement suvoq qurilishidan himoyaviy mexanik qoplamadir.
6.2. Elektr energiyani uzatish
Elektr energiyani ishlab chiqaruvchi korxonalardan bevosita iste’molchilarga uzatish elektr tarmoqlari yordamida amalga oshiriladi. Elektr tarmoqlari nimstantsiyalar (kuchaytiruvchi va pasaytiruvchi) taqsimlash qurilmalari va ularni o’rovchi elektr liniyalar (havo yoki kabel) dan iborat bo’lib, bular tuman aholi punktlari, elektr energiya iste’molchilari hududida joylashgan.
Elektr energiyani ishlab chiqaradigan va taqsimlaydigan asosiy qurilmalarga quyidagilar kiradi:
elektr energiyani ishlab chiqaruvchi sinxron generatorlar (IES larda - turbogeneratorlar);
elektr energiyani generatorlardan qabul qilib olib iste’molchilarga taqsimlaydigan yig’ma shinalar;
kommutatsion apparatlar – normal va avariya sharoitlarida zanjirlarni o’chiradigan va yoqadigan o’chirgichlari, elektr qurilmalarini o’chirilgan qismidan kuchlanishini oladigan va zanjirlarini ko’zga ko’rinarli uzilishini hosil qiladigan ajratgichlar;
o’z ehtiyojlari elektr qabul qilgichlari (nasoslar, ventilyatorlar, avariyali elektr yoritgichlar va h.k.).
Yordamchi qurilmalar o’lchash, signallashtirish, himoya va avtomatika va h.k. vazifasini bajarishga mo’ljallangan. Energetika tizimi (energiya tizim), o’zaro ulangan elektr va issiqlik energiyani ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilishning uzluksiz jarayoni va umumiy rejimi bilan bog’langan, hamda bu rejimda umumiy boshqariladigan elektr stantsiyalar, elektr tarrnoqlari va elektr energiya iste’molchilar yig’indisidan iboratdir.
Elektr tizimi – energiya tizimning qismi bo’lib, unga issiqlik tarmoqlari va issiqlik iste’molchilari kirmaydi. Elektr tarmog’i nimstantsiyalar, taqsimlash qurilmalari, elektr uzatishning havo va kabel liniyalaridan iborat, elektr energiyani taqsimlaydigan elektr qurilmalari yig’indisidan iborat. Elektr tarmog’i bo’yicha elektr energiyani elektr stantsiyalardan iste’molchilarga taqsimlash amalga oshiriladi. Elektr uzatish liniyalari (havo va kabel) – elektr stantsiya yoki nimstantsiyalar chegarasidan tashqariga chiqadigan va elektr energiyani masofaga uzatishga mo’ljallangan elektr liniyasidir.
Bizning mamlakatimizda chastotasi 50 Gts bo’lgan uch fazali 6-750 kV diapazonda, hamda 0,66; 0,38 kVli standart nominal (fazalararo) kuchlanish qo’llaniladi. Generatorlar uchun 3-21 kV nominal kuchlanish qo’llaniladi.
Elektr energiyani elektr stantsiyalaridan elektr uzatish liniyalari bo’yicha uzatish generator kuchlanishidan ancha katta bo’lgan 110-750 kV kuchlanish bilan amalga oshiriladi. Elektr nimstantsiyalar bir kuchlanishli elektr energiyani boshqa kuchlanishli elektr energiyaga o’zgartirish uchun qo’llaniladi. Elektr nimstantsiyalar - bu elektr energiyani o’zgartiruvchi va taqsimlovchi elektr qurilma. U transformatorlar, yig’ma shinalar kommutatsion apparatlar hamda yordamchi qurilmalar — rele himoyasi va avtomatikasi qurilmalari hamda o’lchash asboblaridan iborat. Nimstantsiyalar generator va iste’molchilari elektr uzatish liniyalari bilan bog’lashga mo’ljallangan.
Elektr tarmoqlarning tasniflari tok turi, nominal kuchlanish, bajarilgan funktsiyalari, iste’molchi xarakteri, tarmoq sxemasining ishlashi va h.k.lar bo’yicha amalga oshiriladi. Tok turi bo’yicha tarmoqlar o’zgaruvchan va o’zgarmas tokka; kuchlanish bo’yicha o’ta yuqori (Unom>330kV), yuqori (Unom=3,... , 220 kV), past (Unom<1kV) Kuchlanishli tarmoqlarga bo’linadi. Sxemasining bajarilishi bo’yicha tarmoqlar yopiq va ochiq turga bo’linadi.
Bajariladigan funktsiyalari bo’yicha tizim xosil qiluvchi, ta’minlovchi va taqsimlovchi tarmoqlarga bo’linadi. Kuchlanishi 330-1150 kV bo’lgan tizim hosil qiluvchi tarmoqlar, katta quvvatli elektr stantsiyalarni o’z ichiga oladigan, birlashgan energiya tizimlarni shakllantirish funktsiyasini amalga oshiradi, ularni bir butun boshqaruv ob’ekti bo’lib ishlashini va bir vaqtda quvvatli elektr stantsiyalardan elektr energiyani uzatishni ta’minlaydi. Ularni o’zi tizimli bog’lanishlarni, ya’ni juda katta uzunlikdagi energiya tizimlar orasidagi bog’lanishlarni amalga oshiradi. Asosiy tizim hosil qiluvchi tarmoqlar 330 kVli, taqsimlovchilari esa 0,4-110 kV bo’ladi.
Taqsimlovchi liniyalar elektr energiyani tizim hosil qiluvchi tarmoq nimstantsiyalaridan uzatish uchun va qisman elektr stantsiyalarning 110-120 kV shinalardan taqsimlash tarmoqlari, ta’minot markazlariga, tuman nimstantsiyalariga uzatishga mo’ljallangan.
Havo elektr uzatish liniyalari (HL) elektr energiyani masofaga simlar bo’yicha uzatishga mo’ljallangan. HL asosiy konstruktiv elementlari, bu elektr uzatuvchi simlar, HLlarni momaqaldiroq o’ta kuchlanishidan saqlovchi troslar, simlar va troslarni ma’lum balandlikda ushlab turuvchi tayanchlar, simlarni tayanchlardan izolyatsiya qiluvchi izolyatorlar va liniya armaturalaridan, qaysiki, ular yordamida simlar izolyatorlarga, izolyatorlar esa tayanchlarga mahkamlanadi.
Eng ko’p tarqalgan simlar alyuminiy, po’lat alyuminiy, hamda alyuminiy qotishmalaridir. Kuchli kabellar bir-biridan va yerdan izolyatsiyalangan bir va bir nechta tok, o’tkazuvchi tolalardan tashkil topgan. Tok o’tkazuvchi tolalar bir simli (kesimi 16 mm gacha bo’lgan) yoki ko’p simli alyuminiydan tashkil topgan. Mis tolali kabel portlashga xavfli binolarda qo’llaniladi.
Izolyatsiya maxsus mineral moy bilan shimdirilgan kabel qog’oz ko’rinishida bajarilgan bo’lib, u tok o’tkazuvchi tolalarga lend ko’rinishida o’raladi, yani izolyatsiya rezinali yoki polietilenli bo’lishi mumkin. Mexanik shikastlanishlardan himoyalash uchun po’lat simlardan to’qilgan zirx xizmat qiladi. Qobiq va zirx orasida ichki va tashqi himoya yopinchig’i joylashadi. Ichki himoya yopinchig’i (zirx ostidagi yostiq) – shimdirilgan paxta ipdan bo’lgan jut (kanop qavatchasi yoki sulfatli kabel qog’ozidan iborat. Tashqi himoyaviy) yopg’ich zanglashga qarshi tarkib bilan qoplangan jutdan iborat
|
| |